Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi: - jamoat manfaatlarining ustuvorligi;
- qonuniylik;
- davlat-xususiy sheriklik haqidagi ma’lumotlarning ochiqligi va oshkoraligi, davlat siri va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni tashkil etadigan ma’lumotlar bundan mustasno;
- kamsitmaslik, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tomonlarining teng huquqliligi;
- davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha majburiyatlarning tomonlar tomonidan vijdonan bajarilishi;
- xavf-xatar va majburiyatlarning davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tomonlari o‘rtasida adolatli taqsimlanishi;
- davlat-xususiy sheriklik tomonlari o‘zaro munosabatlarining tortishuv va shartnomaga asoslanishi.
Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi qarorda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart: Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi qarorda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart: - loyihani davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish asosi;
- sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari;
- davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq xususiy sherik tomonidan loyihalashtirilayotgan, yaratilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, moliyalashtirilayotgan, foydalanilayotgan yoki xizmat ko‘rsatilayotgan jamoat infratuzilmasining tarkibi va parametrlari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan (xususiy sherikka er uchastkasi ajratilishi ko‘zda tutilgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘yicha) vakolatli organlar va tashkilotlarning er uchastkasi tanlash bo‘yicha hujjatlari va xulosalari, er uchastkasining maydoni va joylashgan joyi;
- xususiy sherik tomonidan kiritilishi kutilayotgan investitsiyalar hajmi va O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetidan taxminiy moliyalashtirish hajmi;
- davlat va xususiy sheriklar majburiyatlari;
- xususiy sherikka taqdim etiladigan davlat yordami;
- yakuniy muzokaralar o‘tkazish muddatlari;
- davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim ob’ektidan foydalangan holda taqdim etiladigan xizmatlardan yakuniy iste’molchilarning foydalanish shartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |