3-mavzu: Iqtisodiyotning turli sohalarida davlat-xususiy sherikligining amalga oshirilishi


Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar amal qilishining quyidagi muddatlari belgilangan


Download 58.51 Kb.
bet8/15
Sana30.01.2024
Hajmi58.51 Kb.
#1817244
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
3-mavzu

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar amal qilishining quyidagi muddatlari belgilangan:

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar amal qilishining quyidagi muddatlari belgilangan:

  • madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalarning binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer uchastkalari ajratish bitimi — kamida 30 yil;
  • mavjud davlat madaniyat va san’at muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish va jihozlash, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan madaniyat va san’at yo‘nalishidagi nodavlat muassasalari obyektlarini qurish uchun bepul asosda yer uchastkalarini taqdim etish bitimi — kamida 30 yil;
  • bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini, jumladan, faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat madaniyat va san’at muassasalarining binolarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “nol” xarid qiymatida sotish bitimi — kamida 30 yil;
  • davlat madaniyat va san’at muassasalarining foydalanilmayotgan binolarini (yoki ularning bir qismini) ijara haqining “nol” stavkasida maqsadli foydalanish uchun xususiy sheriklarga berish bitimi — 30 yilgacha;
  • konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish bitimi — 15 yilgacha;
  • xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini moddiy-texnik, moliyaviy va metodik ta’minlash bitimi — kamida 10 yil;
  • otaliq shaklidagi xayriya faoliyatini olib borish bitimi — kamida 1 yil.
  • Davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etilgan madaniyat va san’at nodavlat muassasalari:
  • asosiy faoliyati bo‘yicha barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan;
  • o‘zlarining ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan texnik vositalar va boshqa jihozlar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 3 yil muddatga bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinadi.

Download 58.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling