Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi G‘aznachiligida alohida ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i mablag‘larini jamlash va undan foydalanish nizomda belgilangan. Maxsus hisobraqam quyidagi mablag’lar asosida shakllanadi: Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi G‘aznachiligida alohida ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i mablag‘larini jamlash va undan foydalanish nizomda belgilangan. Maxsus hisobraqam quyidagi mablag’lar asosida shakllanadi: - O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan ekvivalenti 100,0 million AQSh dollari miqdoridagi kreditlar;
- davlat madaniyat va san’at muassasalari negizida madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida tijorat banklaridan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining 7 foizdan oshgan qismini qoplab berish uchun har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablag‘lari;
- xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning xayriyalari, kreditlari (qarzlari) va grantlari;
- maxsus hisobvaraqning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Kelishuvga asosan tegishli tijorat bankiga maxsus hisobvaraqdan ajratilgan mablag‘lar xususiy sheriklarga tuman va chekka qishloq joylarida faqatgina teatr, kinoteatr, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, konsert zallari, hayvonot bog‘lari va boshqa madaniyat obyektlari asosida nodavlat madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik bitimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya, ta’mirlash va jihozlash loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit berish maqsadlariga yo‘naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |