Kelishuvga asosan tegishli tijorat bankiga maxsus hisobvaraqdan ajratilgan mablag‘lar xususiy sheriklarga tuman va chekka qishloq joylarida faqatgina teatr, kinoteatr, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, konsert zallari, hayvonot bog‘lari va boshqa madaniyat obyektlari asosida nodavlat madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sheriklik bitimi obyektlarini qurish, rekonstruksiya, ta’mirlash va jihozlash loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit berish maqsadlariga yo‘naltiriladi.
Barchamizning orzularimiz bor. Ammo orzularni voqelikka aylantirish uchun ulkan jasorat, fidokorlik, intizom va kuch kerak.
ⓒ Djessi Ouens
Budjetdan subsidiyalar quyidagi hollarda ajratiladi: - Budjetdan subsidiyalar quyidagi hollarda ajratiladi:
- madaniyat va san’at nodavlat muassasalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun yillik daromadlari va xarajatlari hajmidan, madaniy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tuziladigan shartnomalardan kelib chiqib;
- qonunchilikda belgilangan tartibda madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarida tuzilgan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan normalar va talablar asosida qurilish (rekonstruksiya, mukammal ta’mirlash) va jihozlash ishlari to‘liq yakunlanib, belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgan madaniyat va san’at nodavlat muassasalariga.
- Madaniyat va san’at nodavlat muassasasiga budjetdan subsidiyalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va madaniyat va san’at nodavlat muassasasi o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida imzolangan shartnomada ko‘rsatilgan muddat davomida ajratiladi.
Bosqichlar
| |
Subyektlar
| |
Tadbirlar
| |
Bajarish
muddati
|
| | | | | | |
1-bosqich
| |
Nodavlat madaniyat va san’at muassasasi
| |
Subsidiyalar ajratish uchun moliya organiga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi.
| |
Zaruratga ko‘ra
|
| | | | | | |
2-bosqich
| |
Moliya organi
| |
Ariza moliya organiga kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida uning belgilangan talablarga mosligini o‘rganib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda nodavlat madaniyat va san’at muassasasiga budjetdan subsidiyalar ajratish yoki arizani rad etish to‘g‘risida asoslantirilgan holda yozma shaklda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
Shuningdek, nodavlat madaniyat va san’at muassasasiga budjetdan subsidiyalar ajratish moliya organi rahbarining tegishli buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi hamda buyruqda budjetdan subsidiyani ajratish grafigi va miqdori ko‘rsatiladi.
| |
5 ish kuni davomida
|
| | | | | | |
3-bosqich
| |
Nodavlat madaniyat va san’at muassasasi
| |
Tegishli tuman (shahar) moliya bo‘limlariga o‘tgan oyda haqiqatda ishlatilgan mablag‘lar to‘g‘risida hamda Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq budjetdan subsidiyalar olish uchun buyurtmanomani tegishli madaniyat bo‘linmalari bilan kelishilgan holda moliya organlariga taqdim etadi.
| |
hisobot
oyidan
keyingi
oyning
5-sanasigacha
|
| | | | | | |
4-bosqich
| |
Tuman (shahar) moliya bo‘limlari
| |
Nodavlat madaniyat va san’at muassasalari tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarni umumlashtirib, budjetdan subsidiyalarni ajratish uchun belgilangan tartibda budjetdan subsidiyalar ajratiladigan nodavlat madaniyat va san’at muassasalarining reyestrini tuzadi hamda g‘aznachilik bo‘linmasiga to‘lovni amalga oshirish uchun va yuqori moliya organiga ma’lumot uchun taqdim etadi.
| |
hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha
|
| | | | | | |
5-bosqich
| |
G‘aznachilik bo‘linmasi
| |
G‘aznachilik bo‘linmasi viloyat, tuman (shahar) moliya boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan reyestr asosida tegishli nomadaniyat va san’at muassasasining tijorat banklardagi hisobvaraqlariga subsidiyalarni belgilangan tartibda o‘tkazadi.
| |
hisobot oyidan keyingi oyning 12-sanasigacha
|
Do'stlaringiz bilan baham: |