jamoat infratuzilmasi — ko‘char va ko‘chmas mulk, intellektual faoliyatning muhofaza qilinadigan natijalari, intellektual huquqlar yoki ushbu obyektlarning jamlanmasi; - jamoat infratuzilmasi — ko‘char va ko‘chmas mulk, intellektual faoliyatning muhofaza qilinadigan natijalari, intellektual huquqlar yoki ushbu obyektlarning jamlanmasi;
- davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim obyekti — sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida jamoat infratuzilmasi, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, tashkil etish, jihozlash, modernizatsiya qilish, moliyalashtirish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish hamda sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish davomida taqdim etiladigan tovarlar, bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar, shuningdek, tatbiq etiladigan innovatsiyalar;
- davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha to‘lovlar — davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimiga muvofiq davlat sherigi xususiy sherikka to‘laydigan va (yoki) xususiy sherik davlat sherigiga to‘laydigan to‘lovlar;
g‘olib — boshqa talabgorlarning tender takliflariga nisbatan eng yaxshi shartlarni taklif etgan va tender komissiyasi tomonidan tender g‘olibi deb topilgan talabgor; - g‘olib — boshqa talabgorlarning tender takliflariga nisbatan eng yaxshi shartlarni taklif etgan va tender komissiyasi tomonidan tender g‘olibi deb topilgan talabgor;
- aralashish huquqi — davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim va (yoki) aralashish huquqi to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muayyan holatlar yuzaga kelganda, davlat sherigi va kreditorning xususiy sherik huquqini olish yoki qabul qilish, xususiy sherik yoki xususiy sherik rahbariyatini o‘zgartirish huquqi;
- talabgor — davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qiziqish bildirgan va (yoki) tenderda ishtirok etish uchun ariza (tender arizasi, tender taklifi) taqdim etgan xususiy tadbirkor yoki yuridik shaxs, shu jumladan chet ellik yoki shaxslar guruhi, shu jumladan chet ellik shaxslar guruhi;
- zaxiradagi g‘olib — tender komissiyasining qaroriga asosan tender g‘olibining tender taklifidan so‘ng eng yaxshi tender taklifini bergan deb e’tirof etilgan talabgor;
Do'stlaringiz bilan baham: |