davlat-xususiy sheriklik loyihasi — sog‘liqni saqlash sohasida davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni echish maqsadida, investitsiyalar kiritilishini, tovarlar taqdim etilishini, ishlar bajarilishini va xizmatlar ko‘rsatilishini nazarda tutuvchi, davlat sherigi va xususiy sherik tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan yoki amalga oshirilayotgan loyiha; - davlat-xususiy sheriklik loyihasi — sog‘liqni saqlash sohasida davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni echish maqsadida, investitsiyalar kiritilishini, tovarlar taqdim etilishini, ishlar bajarilishini va xizmatlar ko‘rsatilishini nazarda tutuvchi, davlat sherigi va xususiy sherik tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan yoki amalga oshirilayotgan loyiha;
- davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim — davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida tuzilgan, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, xavf-xatar taqsimlanishini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning boshqa shartlarini belgilovchi yozma shartnoma;
- aralashish huquqi to‘g‘risidagi bitim — ma’lum hollarda va shartlarda davlat sherigi, xususiy sherik va (yoki) kreditor (kreditorlar) aralashish huquqini amalga oshirishi mumkinligini belgilovchi davlat sherigi, xususiy sherik va kreditor (kreditorlar) o‘rtasida tuzilgan bitim;
- davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tomonlari (keyingi o‘rinlarda — tomonlar) — davlat sherigi va xususiy sherik;
- tender komissiyasi — sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani tuzish huquqi uchun tender o‘tkazish maqsadida tashkil qilingan komissiya;
- xususiy sherik — davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolaydigan shaxs yoki shaxslar guruhi, shu jumladan chet ellik hamda g‘olib tomonidan tashkil etilgan maxsus loyiha kompaniyasi.
Sog‘liqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |