3-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llaniladigan qurilmalarning strukturasi va sinflanishi Reja


Download 59.75 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi59.75 Kb.
#1636856
  1   2   3
Bog'liq
3-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llaniladigan qurilmalarning strukturasi va sinflanishi


3-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llaniladigan qurilmalarning strukturasi va sinflanishi
Reja:
1.Oziq-ovqat sanoati korxonalari qo‘l mexanatini mexanizatsiyalashtirish .
2. Boshqarishni avtomatlashtirishga xizmat qiladigan uskunalar, oziq – ovqat va texnik mahsulotlarni qayta ishlashdagi operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish.
3. Uskunalari va texnologik qurilmalar tavsiflari.
Mavzu bo‘yicha asosiy tushuncha va iboralar: mexanizatsiyalashtirish , biotexnologiya, mahsulotning vaqt birligidagi miqdori, avtomatlashtirish Uskunalari va texnologik qurilmalar.


Ma`ruza mavzusi bayoni
Oziq-ovqat sanoati korxonalari qo‘l mexanatini mexanizatsiyalashtirish va uni boshqarishni avtomatlashtirishga xizmat qiladigan uskunalar bilan jiozlangan.
Qishloq xo‘jalik xom ashyosini oziq – ovqat va texnik mahsulotlarga qayta ishlashdagi operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish uskunalari texnologik qurilmalar deb ataladi.
Ishlov berilayotgan mahsulot o‘z fizik–mexanik va boshqa xossalarini saqlagan holda faqat shaklini, o‘lchamlarini va shunga o‘xshash jihatlarini o‘zgartiradigan texnologik qurilma mashina deb ataladi. Mashinaning konstruktiv jihatdan ajralib turishi–mahsulotga mexanik ta’sir ko‘rsatuvchi xarakterlanadigan ishchi organlarining borligi.
Ishlov berilayotgan mahsulot o‘z fizik–mexanik, biokimyoviy xossalarini yoki agregat holatini o‘zgartiradigan texnologik uskuna – apparat deb ataladi. Apparat konstruksiyasining o‘ziga xosligi – mahsulot xususiyatlarin o‘zgartirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan reaksion bo‘shliq (hajm) yoki ishchi kameraning (rezervuar) mavjudligidir.
Bundan tashqari apparat faoliyat ko‘rsatishi uchun issiqlik va sovuqlik tashuvchi har xil suyuqliklardan (issiq suv, sovuq, yaxna suv, bug‘ va boshqalar) foydalaniladi.
Ishchi suyuqlik va ishlov berilayotgan mahsulot apparat ichida bir – biri bilan bevosita kontaktda yoki yoki kontaktsiz holda bo‘lishi mumkin. Ikkinchi holda, aksariyat o‘zaro ta’sir ajratib turuvchi yuza (qism) orqali (metall devor) amalga oshiriladi.

Download 59.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling