Yaxna taomlar tushunchasi va ularning turlari Yaxna taom va tamadilar tayyorlanishi Sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlar


Download 24.48 Kb.
bet1/4
Sana31.03.2023
Hajmi24.48 Kb.
#1313612
  1   2   3   4
Bog'liq
YAXNA TAOM VA TAMADILARNI TAYYORLASH JARAYONINI TEXNOLOGIYASI



YAXNA TAOM VA TAMADILARNI TAYYORLASH JARAYONINI TEXNOLOGIYASI


Reja:

1 Yaxna taomlar tushunchasi va ularning turlari
2 Yaxna taom va tamadilar tayyorlanishi
3 Sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlar.

  1. Yaxna taomlar haqida tushuncha va ularning turlari



Yaxna (fors.toj. — sovitilgan) — qadimiy taomlardan biri. Dastlab olov kashf qilinib, qozon paydo boʻlganidan keyin suvda qaynatib pishirib sovitilgan holda isteʼmol qilinadigan taomlar; sovitilgan ichimliklar. Ya. taomlarga hayvonot masalliqlaridan tayyorlanadigan qazi, qarta, qorin, xasip, dumbajigar, kallapocha, sutli oʻpka, liqliq, yaxna goʻsht va boshqalar kiradi. Ya. ovqatlarni sabzavotlardan ham tayyorlash mumkin. Ya. goʻsht tayyorlash uchun yaxlit goʻsht boʻlaklari qaynab turgan suvga yoki shoʻrvaga solinadi, 1 — 1,5 soat mildiratib qaynatiladi, qozonga tuz, archilgan butun piyoz, sabzi, sarimsoqva b. solinadi. Goʻsht pishgach, suvdan olinib, havoda sovitiladi, qalamlab yoki yaproqlab kesib, murchli piyoz yoki sabzavotlar bilan dasturxonga tortiladi.
Yaxna til
Mol va qo'y tilidan olib yaxshilab yuvib, sovuq, suvli idishga solib, butun piyoz, sarimsoq, sabzi, ukrop shoxlari, lavr yaprog'i bilan birga mildiratib qaynatasiz. Pishish muddati qo'y tili uchun 1 soat, mol tili uchun 2 soat. Tayyor bo'lgach, qozondan olib sovuq, suvga bir bor pishib olasiz va po'stini archasiz, sovigach, yaproq - yaproq qilib kesib, likopchalarga terasiz va yangi sabzavotlardan garnir qilib mehmon dasturxoniga keltirasiz. Qalampir, tuz va uzum sirkasi alohida idishlarda qo'yiladi. Masallq: 1 kg mol yoki qo'y tili uchun 2 bosh piyoz, bir bosh sarimsoq; 2 dona sabzi, 1 bog' ukrop, lavr yaprog'i, 10 dona murch, ta`bga kura tuz kerak bo'ladi.
Dumba - jigar
Qo'yning dumba yogi va jigaridan olib alohida - alohida idishlarda qaynatib pishirasiz va olib, shabadada sovutasiz. So'ngra jigarni 4x4 yoki 5x5 sm kattalikdagi to'rtburchak, romb shakllarida kesasiz, qalinligi esa 0,5 sm bo'lsin. Dumbani ham xuddi shu shakllarda, lekin bir oz kichikroq qilib kesing, bir bo'lak jigar ustiga bir bo'lak dumba yogi qo'yib likopchaga terib chiqasiz, yuziga mayin tuz va murch sepib, dasturxonga tortasiz. Masalliq: 600 gr jigar, 300 gr dumba, ta`bga ko'ra tuz va murch sepiladi.

Download 24.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling