Qizil qalpoqcha pishirig`i
Download 1.48 Mb.
|
Qizil qalpoqcha pishirig
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorlanishi
Qizil qalpoqcha pishirig`i Zarur masalliqlar: xamiriga: 500 gr. un, 250 ml. sut, 100 ml. o`simlik yog`i, 2 osh qoshiq shakar, 10 gr. quruq xamirturush, 2 dona tuxum, tuz; qiymasiga: 300 gr. qaynatilgan mol go`shti, 1 bosh piyoz, yarim bog` ko`kpiyoz, tuz, murch; ustiga surtishga: 1 dona tuxum sarig`i, 1 osh qoshiq sut. Tayyorlanishi: 1. Quruq mahsulotlarni aralashtiring. Iliq sut, o`simlik yog`i va tuxumni qo`shib, yumshoqqina xamir qoring. Zuvala yasagach, o`simlik yog`idan surtib, ustini sellofan va sochiq bilan yoping-da, 1 soatga issiq joyga qo`ying. 2. Oshgan xamirni yana bir bor qorib, ustini yoping-da, 30-40 daqiqa kuting. 3. Qaynatilgan mol go`shtini go`shtqiymalagichdan o`tkazing. Piyozni esa maydalab to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida yaxshilab qovuring. So`ngra go`shtni qo`shib, tuz, murch sepib aralashtiring. 4. Past olovda go`shtni dimlagach, maydalangan ko`kpiyozni solib, bir aralashtiring-da, olovdan oling. 5. Xamirni 12 bo`lakka bo`ling. Qo`lingiz bilan ozgina yoyib, o`rtasiga qiymadan soling-da, tuging. 6. Pishiriqlarni pishiriq qog`ozi solingan patnisga terib, ustiga tuxum sarig`i va sutni aralashtirib surting. 220 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo`ying. 2 soatu 25 daqiqa Tantana pirogiZarur masalliqlar: 250 gr. shakar, 3 stakan un, 150 gr. sariyog`, 4 dona tuxum, 1 osh qoshiq smetana, 10 gr. xamiryumshatgich, pichoq uchida vanilin; ichiga solishga: 400 gr. konservalangan shaftoli mevasi, 80 gr. yong`oq mag`zi, 2 o`ram vanilinli puding. Tayyorlanishi: 1. Tuxum sarig`ini 50 gr. shakar bilan aralashtiring. 2. Eritilgan sariyog` sovigach, smetana bilan tuxum sarig`iga solib, un va xamiryumshatgichni ham qo`shing. So`ngra xamirni aylana shakldagi yog`langan qolipga soling. 3. Tuxum oqini qolgan shakar bilan ko`pirtiramiz. Vanilinli pudingni ham solib, mikser bilan aralashtirishda davom etamiz. 4. Xamir ustiga konservalangan shaftolilarni terib chiqing. So`ngra tuxum oqili aralashmani quying-da, maydalangan yong`oq mag`zidan seping. Pirog 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqada pishadi. 2 soat Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling