3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari bozori asosiy savollar: Mehnat bozori


Download 55.78 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi55.78 Kb.
#1832910
  1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu


3-MAVZU. ISHLAB CHIQARISH OMILLARI BOZORI

Asosiy savollar:
3.1. Mehnat bozori
3.2. Kapital bzori
3.3. Er bozori
3.4. Raqobatli omillar bozorlarida muvozanat: iqtisodiy renta

Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, yer va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif iste′mol tovarlari bozori ta′sirida shakllanadi. Shuning uchun ham resurslarga bo`lgan talab hosila talab bo`lib, firmaning ishlab chiqarish hajmidan va uning xarajatlariga bog`liq. Ishchi kuchiga bo`lgan talabni alohida firma uchun qaraymiz. Bozor (tarmoq) talabini aniqlash uchun tarmoqqa qarashli firmalar talablari yig`ib chiqiladi.


Faraz qilaylik, firma ishlab chiqarish omillaridan foydalanib mahsulot ishlab chiqaradi. Boshqaruvchi firmaga yana qo`shimcha qancha ishchi kuchini yollashni aniqlamoqchi. Buning uchun firma har bir qo`shimcha ishchi kuchini yollashdan qancha daromad olishni va ushbu birlik yollangan ishchi kuchidan foydalanish uchun qancha xarajat ketishini bilishi kerak bo`ladi. Qo`shimcha yollangan bitta ishchi kuchidan olinadigan qo`shimcha daromad mehnatning chekli daromadliligi deyiladi va u MRPL orqali belgilanadi.
Mehnatning chekli daromadliligi MRPL ning iqtisodiy ma′nosi shundan iboratki, ya′ni u qo`shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo`shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini (MPL) , qo`shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan olinadigan qo`shimcha daromad MR ga ko`paytirish orqali aniqlanadi: MRPL MPL MR (1), bu yerda MRPL
- mehnatning chekli daromadliligi; MPL - mehnatning chekli mahsuloti;
MR - chekli daromad.
Ushbu muhim bo`lgan (1) munosabat iste′mol bozori
raqobatlashganmi yoki yo`qmi har qanday raqobatlashgan omillar bozori uchun o`rinlidir. Masalan, kapital bozori uchun: MRPK MPK MR, bu yerda MRPK - kapitalning chekli daromadliligi; MPK - kapitalning chekli mahsuloti; MR - chekli daromad. Yer bozori uchun:
MRPt MPt MR.
Raqobatlashgan bozor sharoitida chekli daromad bozor narxiga teng, ya′ni MR P bo`lgani uchun, chekli mehnat daromadliligi quyidagicha aniqlanadi: MRPL MPL P, (2).
Chekli daromadning kamayish qonuniga ko`ra, mehnatning chekli mahsuloti ish vaqti uzayishi bilan kamayib boradi. Demak, MRPL chizig`i narx o`zgarmasa ham pastga qarab yo`nalgan bo`ladi (17.1-rasm).

Ish vaqti (soatlarda)

Download 55.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling