3-Mavzu. Ishlab chiqarish xonalarida zaruriy havo almashinish karraligini aniqlash va moslama tanlash. Ishning maqsadi


Download 404.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana14.10.2023
Hajmi404.36 Kb.
#1702789
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 Amaliy

Tabiiy shamollatish (aeratsiya). 
Tabiiy shamollatish tashqaridan bino ichiga kiigan sovuq havo bino ichidagi 
issiqlik hisobiga issiqlik qabul qilib, isigandan keyin hajmi kengayganligi sababli 
yengillashib binoning yuqori tomonlariga qarab harakatlanadi va agar biz binoning 
yuqori qismida havoning chiqib ketishi uchun truba yoki tirqishlar hosil qilsak, 
unda biz,havoni tashqariga chiqarib yuborish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Biz 
jarayon har qanday sanoat korxonasi binosida, shuningdek, har qanday binoda, 
ayniqsa, sovuq faslda uzluksiz davom etadi va bu hodisani aeratsiya deb yuritiladi. 
Mashinasozlik sanoati korxonalarida, ayniqsa, ko'p miqdorda issiqlik ajralishi bilan 
kechadigan jarayonlarda tabiiy shamollatishning ahamiyati nihoyatda katta bo'iadi. 
Chunki bu sexlarda almashtiriladigan havoning miqdori juda katta bo'lganligi 
sababli mexaniq shamollatishga juda katta mablag' sarflashga to'g'ri keladi. 
Bunday issiq sexlarda ajralib chiqayotgan issiqlikni tabiiy shamollatish yo'li bilan 
chiqarib yuborish anchagina iqtisodiy samara berishini hisobga olish kerak. Bunda 
asosiy e'tiborni havoni kirish yo'nalishlari va chiqish joylarini ta'minlash katta rol 
o'ynaydi. Ma'lumki, issiq havo yuqoriga qarab ko’tariladi, sovuq havo esa pastga 
yo'naladi. Shuning uchun ko'p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi sexlarda sovuq 
havoni poldan 4 m balandlikdan berish maqsadga muvoflq hisoblanadi. Sovuq 
havo pastga , qarab yo'nalishi borasida issiq havo bilan aralashadi, isiydi va 
vujudga kelgan tabiiy oqimlar harakatiga qo'shilib uzluksiz harakat hosil qiladi. Bu 
uzluksiz harakat davomida oqimlarga yangidan-yangi miqdorlar qo'shilishi 
natijasida yuqori to’siqlar tomon yo'naladi va bir qismi tabiiy shamollatish 


tirqishlaridan tashqariga chiqib ketadi, bir qismi esa sovib yana pastga qarab 
yo'naladi va bu bilan havoning xona ichidagi aylanma harakatini kuchaytirishga o'z 
hissasini qo'shadi. Shunday qilib, binolarning ichida havo harakatining tutash 
oqimlari vujudga keladi. Agar tashqarida havo nihoyatda issiq bo'lsa, (30—40 °C 
atrofida) tabiiy shamollatish ehtiyoji oshadi. 
Aeratsiya (grekcha) ayog - vozdux - havo degani - shamollatish havoga 
to’yintirish mazmuniga egadir. 
Aeratsiya - deb oldindan hisoblangan va tashqi metereologik sharoitga qarab 
o’zgartiriladigan - tabiiy tashkillashtirilgan havo almashtirish, shamollatishga 
aytiladi. 
Aeratsiyalash ventilyatorlarsiz havoni harakat kuchi va shamol evaziga havo 
almashtirish tashkil qilinadi. Bu usul issiq sexlarda katta samara beradi lekin 
yozning issiq kunlarida samaradorligi bir oz kamayadi. 
Sovuq kunlarda issiqlik chiqishi binoni isitishga sarflanadigan issiqlikdan 4-5 
marta katta bo’lsa aeratsiya samarador bo’ladi. Binoni o’rab o’tuvchi shamolning 
ta’sirini ko’rsak (4- rasmga qarang) binoni yuzasida musbat va manfiy bosimlar 
hosil qilinadi. 
Rasm-4. Binoga shamol ta’sirida hosil bo’luvchi aerodinamik havo oqimlari. 
Binoni shamol tarafida bosim zonasi (musbat bosim) hosil bo’lib, binoni orqa 
tomonida - manfiy bosim (aerodinamik soya) hosil bo’ladi. Agar manfiy bosim 
tomonida tuynuk bo’lsa, binoni ichki qismidagi havo bu tuynuk orqali surib 
chiqiladi. Binodagi yorug’lik-aeratsiya fanarlari yoritishdan tashqari havoni 
chiqarib yuborish vazifasini ham bajaradi. Shamoldan binoga hosil bo’ladigan 
kuchni aniqlash uchun model tuzilib bu model aerodinamik quvurga o’rnatiladi. 
Sinash natijasida aerodinamik koeffitsent  aniqlanadi. 
 = R/v
sh
2
/2 
bu yerda,
R - binoning tashqi qismida hosil bo’luvchi musbat bosim yoki manfiy bosimli 
bo’shlik, Pa;
v
sh
- shamolning tezligi, m/s;
 - havoning tezligi zichligi,
kg/m
3

Aeratsiya hisobi odatda uch usuldan birida bajariladi: 


1. Sex ichida va tashqarisidagi havo zichligining farqi ta’sirida (issiqlik bosimi 
ta’sirida); 
2. Shamol ta’sirida (shamol bosimi ta’sirida); 
3. Issiqlik va shamol bosimlari birgalikdagi ta’siri ostida. 
Eng sodda bo’lgan birinchi holni ko’rib chiqib, shunga oid bir misol yechib 
chiqaylik. 
Misol: Zavodning mineral paxta chiqaruvchi sexida issiqlik ajraladi. Ishchilarga 
normal sharoit hosil qilish maqsadida aeratsiya qo’llaniladi. Bu maqsad uchun 
talab qilinuvchi havo almashish 260 000 m
3
/soat tashkil qiladi. Yuqorigi 
shamollatish derazalar markazidan polgacha bo’lgan masofa N =14 m, pastgi va 
yuqorigi shamollatish derazalar markazi orasidagi masofa h = 11 metr. Havo 
bosimi 100225 kPa. Tashqi havo harorati t
tash 
= 22°S, ishchi zonadagi harorat t
i.z
28°S, sexdagi harorat gradiyenti t = 1
0
S/m. 
Pastgi havo keluvchi (pritochniy) va yuqorigi havo tortuvchi (vыtyajnыye) 
shamollatuvchi derazalarning talab qilinuvchi yuzalarini aniqlash talab qilinadi.

Download 404.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling