3-mavzu: Iste’molchilarni shakllantirish Reja
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu Iste’molchilarni shakllantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Iste’molchilarni shakllantirish jarayoni
3-mavzu: Iste’molchilarni shakllantirish Reja: 1. Iste’molchilarni shakllantirish jarayoni 2. Iste’molchilarni segmentlash 2. Savolnomalar tuzish va uni amalga oshirish 1. Iste’molchilarni shakllantirish jarayoni Tanlangan tarmoq va biznes sohasi bo’yicha faoliyatni amalga oshirish qarori avvalo tadbirkor uchun muhimdir. Biznes faoliyat amalga oshiriladigan mazkur soha jiddiy iqtisodiy muammolar keltirmasligiga tadbirkor ishonch hosil qilishi zarur. Tanlangan tarmoqdagi rivojlanish tendentsiyalarini to’liq hisobga olmaslik tadbirkorlik loyihasini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini cheklaydi. Biznes sohasi tegishli bo’lgan tarmoqning mamlakat iqtisodiyoti va mehnat taqsimotidagi o’rnini, uning eks’ort salohiyati, boshqa tarmoqlar bilan ishlab chiqarish hamda texnik aloqalariga tegishli ma’lumotlarni bilish ham tadbirkor uchun foydali hisoblanadi. Tarmoqning joriy holati hamda rivojlanish istiqbollari tahlili quyidagi tavsiflarni ham o’z ichiga oladi: tarmoqning xom-ashyo manbai; korxonaning bozor sig’imi va bozordagi o’rni; potentsial mijozlar va ularning imkoniyatlari; ishlab chiqarishning hududiy tuzilmasi; asosiy fondlar va ularning tuzilmasi; investitsion shart-sharoitlar. Biznes sohasining investitsion jozibadorligi tahlili 3 bosqichdan iborat: 1. Tanlangan tarmoqning rivojlanish bosqichlarini aniqlash; 2. Tarmoqning raqobatbardoshligini o’rganish; 3. Tarmoqning investitsion jozibadorligini belgilovchi omillarni o’rganish. Ayrim tadbirkorlar uchun biror bir tarmoqda faoliyat yuritishi uchun iqtisodiy muammolar yoki cheklovlar vujudga keladi. Bu cheklovlarga quyidagilarni kiritish mumkin: boshlanich kapitalning yuqori darajasi; qo’yilmalarning qo’lanish muddatining uzoqligi; foyda olishdagi noaniqlik. Shuningdek, bozor kon’yunkturasini muntazam e’tiborga olish zarur. Chunki har qanday tadbirkorlik faoliyati tsikllik xarakterga ega, ya’ni faoliyat bozorga kirish, o’sish, yetuklik, to’yinish va pasayish bosqichlaridan o’tadi. Iste'molchilarni o’rganishdan asosiy maqsad ularning ehtiyojini to’laroq qondirish maqsadida talabini aniqlashdan iboratdir. Iste'molchildarning talabini to’laroq qondirish uchun avvalo, mavjud ehtiyojlarni chuqur tahlil qilish, o’sish qonuniyatlarini o’rganish va yangi ehtiyojlarning shakllanishi borasida ma'lumotlarga ega bo’lish talab etiladi. Iste'molchilarning ehtiyojini o’rganish natijasida quyidagi vazifalarni bajarish mumkin bo’ladi: 1) ehtiyojning ierarxik strukturasini tuzish; 2) ayrim ehtiyojlarning miqdoriy ko’rsatkichini va dinamikasini aniqlash; 3) iste'molchilarning birinchi navbatda qaysi ehtiyojini qondirishga moyilligini bilish; 4) tovarlar va xizmatlarning iste'mol xususiyatlarini o’lchash va guruhlash; 5) qondirilgan va qondirilmagan talab strukturasini aniqlash va boshqalar. Umuman aytganda, firma yoki korxona boshqaruvchilari ular tomonidan qo’llanilayotgan ta'sir etuvchi marketing uslublariga nisbatan iste'molchilar qanday munosabat bildirayotganligini yaqqol tasavvur qila bilishlari kerak. Bozorda iste'molchilarning xulq-atvoriga, xarid qilingan tovarning qandayligiga xaridorning shaxs, madaniyati, iqtisodiy ahvoli va psixologik omillar katta ta'sir ko’rsatadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling