3-mavzu: Iste’molchilarni shakllantirish Reja


Savolnomalar tuzish va uni amalga oshirish


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1016284
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu Iste’molchilarni shakllantirish

3. Savolnomalar tuzish va uni amalga oshirish 
Marketing faoliyatida bozorni o’rganishning asosiy elementlaridan biri bozor 
konyunkturasini o’rganish bilan bog’liq bo’ladi. 
Konyunktura deganda ma'lum omillarning ta'siri natijasida vujudga keladigan 
qisqa 
muddatli 
shart-sharoitlar 
tushuniladi. 
Omillarning 
o’zgarishi 
konyunkturaning o’zgarishiga olib keladi. 
Marketingda esa bozor konyunkturasi deganda belgilangan vaqtda maqsadli 
bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Bozor 
konyunkturasini o’rganish zarurati quyidagilarga bog’liq bo’ladi: 
a) odatda bozorning sig’imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligi o’zgarib boradi, 
shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish lozim; 
b) bozordagi omillar kompleks ravishda ta'sir o’tkazishi sababli ularni alohida 
o’rganish tegishli samara bermaydi; 
c) bozor to’g’risidagi ma'lumotlar odatda retrospektiv xarakterga ega, shu sababli 
rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi. 
Bozor konyunkturasini o’rganish mazmuni va tartibi firma tomonidan ko’zlangan 
maqsadga bog’liq bo’ladi va uch turga bo’linadi: konyunktura axborotnomasi, 
konyunktura tahlili va konyunktura prognozi. 
Konyunktura axborotnomasi - bu bozor konyunkturasining hozirgi holati va 
uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir. Bu konyunkturani 
o’rganishning eng sodda shakli bo’lib, odatda savdo assortimentining maqbulligini 
baholash uchun foydalaniladi. 
Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatga keltirgan omillarning 
tahlilini o’z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor 
konyunkturasinig maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning ta'sir doirasini 
aniqlashga xizmat qiladi. 
Konyunktura prognozi bozordagi holatni ma'lum davr ichida oldindan ko’rish va 
uning asosiy parametrlarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Bunda konyunkturaga ta'sir 
o’tkazuvchi omillarning yaqin kelajakdagi xususiyatlarini aniqlashga e'tibor 
qaratiladi. 
Shuni e'tiborga olish lozimki konyunktura tahlili va prognozida uning o’ziga emas, 
balki konyunkturaga ta'sir qiluvchi omillarga ko’proq ahamiyat beriladi. Shu 
sababli, bozor konьyunkturasiga ta'sir qiluvchi omillarni ajratish maqsadga 
muvofiq bo’ladi. har qanday bozor konьyunkturasini belgilab beruvchi omillarni 
ikki guruhga bo’lish mumkin: 
1.makroiqtisodiy omillar; 
2.mikroiqtisodiy omillar, ya'ni mazkur bozordagi talab, taklif, narx va raqobat 
omillari. 
Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan holda 
rivojlana olmaydi. Shu sababli, iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon bozorida 
tutgan o’rni qanday, milliy boyliklar qay darajada qo’llanilmoqda degan savollarga 
javob topish lozim bo’ladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling