Marketingni boshqarish fanidan oraliq nazorat savollariga javoblar Variant №13


Download 27.63 Kb.
bet1/2
Sana20.11.2023
Hajmi27.63 Kb.
#1788786
  1   2
Bog'liq
Marketingni boshqarish ON Toraxojayev S. M93-2-22


Marketingni boshqarish fanidan oraliq nazorat savollariga javoblar
Variant №13

  1. Talab va sotish hajmlarini prognoz qilish.

  2. Marketing sohalari va ularining o’ziga hos hususiyatlari.

  3. Vositachilarning turlari. Vositachi tanlovi mezonlari



Javoblarni tayorladi M93/2-22 guruh talabasi To’raxo’jayev S.A.


1) Konyunktura tahlili va prognozida uning o‘ziga emas, balki konyunkturaga ta’sir qiluvchi omillarga ko‘proq ahamiyat beriladi. Shu sababli bozor konyunkturasiga ta’sir qiluvchi omillarni ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi, har qanday bozor konyunkturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1. Makroiqtisodiy omillar.
2. Mikroiqtisodiy omillar, ya’ni mazkur bozordagi talab, taklif, narx va raqobat omillari.
Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Shu sababli iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon bozorida tutgan o‘rni qanday, milliy boyliklar qay darajada qo‘llanilmoqda, degan savollarga javob topish lozim bo‘ladi.
Yuqorida sanab o‘tilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbubozordagi talab, taklif, narx va raqobat kiradi. Bozor konyunkturasi tahlilida talabning barcha jihatlarini o‘rganishga alohida e’tibor beriladi. Jumladan: talabning geografik taqsimlanishi, assortimentning kengligi va chuqurligi bo‘yicha taqsimlanishi, iste’mol intensivligi, hajmi va boshqa xususiyatlarni o‘rganish zarur bo‘ladi.
Talabni o‘rganishda diqqat avvalo qondirilgan talab, so‘ng qondirilmagan talabga jalb qilinadi. Tovar aylanish tarkibini tovar guruhlari va alohida turlari bo‘yicha tahlil qilish orqali qondirilgan talab o‘rganiladi, qondirilmagan talab esa sotuvchilar va xaridorlarning fikrini o‘rganish usullari yordamida aniqlanadi.
Konyunkturaga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu tovar taklifidir.
Taklifni o‘rganishda avvalo tovar manbalariga, sotishga taklif etiladigan tovar hajmi va tarkibiga, tovar zaxiralariga e’tibor beriladi. Tovar manbalarini tahlil qilish savdo tizimiga mahsulot yetkazib beruvchi korxonalar ro‘yxatini tuzish va ularning imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning assortimenti, yetkazib berish muddatlari va taklifning tarkibini aniqlashga yordam beradi. Shundan so‘ng bozor ishtirokchilaridagi tovar zaxiralari tahlil qilinadi. Zaxiraning hajmi va tarkibi, qachon vujudga kelganligi, zaxiraning almashib borish dinamikasi va boshqa ko‘rsatkichlar taklifning talabga nisbatini aniqlashga xizmat qiladi. Savdo tashkilotlarida yuritiladigan hisob tizimining ma’lumotlari, inventarizatsiya natijalari va maxsus izlanishlar tovar zaxiralirini kompleks o‘rganishga asos bo‘ladi.
Bozor holatining kelajagini bashoratlashda ekspert usuli qo‘llanilib, unda quyidagi vazifalar hal qilinishi mumkin.
− Talabning o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan hajmini aniqlash.
− Keng assortimentdagi mahsulotlar uchun qisqa muddatga mo‘ljallangan talab hajmi.
− Yangi tovarlarga talabning shakllanishini baholash.
− Iste’molchilarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabatining
bo‘lishi mumkin bo‘lgan talab hajmini aniqlash.
− Bozordagi raqobatni baholash.
− Firmaning bozordagi holatini aniqlash va boshqalar.
Bozor sig‘imi – bozorni tadqiq etishning asosiy tomonlaridan biridir. Bu ko‘rsatkich prinsipial ravishda tovar savdosining imkoni bo‘lgan hajmini namoyish qiladi va bir yil yoki qandaydir vaqt davomida unda realizatsiya qilinadigan (jismoniy birliklarda yoki qiymat ifodasida) hajmi bilan belgilanadi.
Bozorning sig‘imi turli xil usullar bilan baholanadi. Birinchi holatda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
B= M x T x N
bunda B- bozorning sig‘imi, M – aniq bozorda mahsulotning ushbu turini sotib oluvchi mijozlar soni; T-tadqiq etilayotgan vaqt davomida xaridorlar tomonidan ushbu tovarning xarid qilinish soni; N - mahsulotning o‘rtacha narxi.
Ikkinchi holatda formula quyidagicha:
B= MICh+ Z + I – E
bunda B- bozorning sig‘imi, MICh- milliy ishlab chiqarish, Z- tayyorlovchi korxona omborlaridagi tovar zaxiralari qoldiqlari, I-import, E-eksport.
Firma natijalarini o‘zaro nazorat qilish va tuzatish uchun odatda, bu usullarning ikkalasidan ham foydalaniladi. Biroq bozor sig‘imini aniqlashning ushbu formulalari o‘ta sodda va yanada aniqroq, reallika yaqinlashgan ko‘rsatkichlarni olish uchun aholi xarid qobiliyatiga, xarid tarkibi va odatlariga, hayot tarzi stereotiplariga va yana ko‘plab omillarga tuzatishlar kiritish kerak, ya’ni ko‘p omilli iqtisodiy modellardan foydalanish zarur bo‘ladi.
Olingan hamma ma’lumotlar asosida bozor rivojlanishining konyunkturaviy bashorati tuziladi, uning yakuniy vazifasi esa ehtimol tutilgan kelajak manzarasini yaratish: foydalanib qolish kerak bo‘lgan imkoniyatlarni va qochish zarur bo‘lgan xavflarni aniqlashdir.


2) Marketingning funksiyasi juda keng bo‘lishi yoki savdo-sotiq va reklama bilan chegaralanishi mumkin. Marketingning roli qancha ahamiyatli bo‘lsa, korxonaning kuchli marketing sohasini (potensialini) yaratish ehtimoli shunchalik kuchli bo‘ladi. Korxonaning marketing sohasi uning 3 xil ishlab chiqarish funksiya holatini: analitik, ishlab chiqarish va savdo, kommunikativ sohasini aks ettiradi.

Download 27.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling