Marketingni boshqarish fanidan oraliq nazorat savollariga javoblar Variant №13


Download 27.63 Kb.
bet2/2
Sana20.11.2023
Hajmi27.63 Kb.
#1788786
1   2
Bog'liq
Marketingni boshqarish ON Toraxojayev S. M93-2-22

Analitik soha:
- Marketing tadqiqotini o‘tkazish qobiliyatini.
- Firma raqobatda aniq ustuvorlikka ega bo‘la oladigan segmentni tanlay olish qobiliyatini.
-Korxonaning marketing axborot tizimini shakllantiradi.
Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu:
-Iste’molchiga zarur bo‘lgan tovarni yaratish va ishlab chiqarish qobiliyati (tovar siyosati).
-Tovarga iste’molchini jalb eta oladigan qiymat bera olish qobiliyati (narx siyosati).
-Tovarni iste’molchi uchun imkoniyatli qila olish qobiliyati (savdo siyosati).
Iste’molchilarga axborot berishga yo‘naltirilgan kommunikativ soha:
- Reklamani.
- Xususiy savdoni.
-Jamoatchilik bilan aloqalarni.
- Savdoni rag‘batlantirishni yaratadi.
Mutaxassislarning baholashlaricha, korxonalar tomonidan marketing sohasidan hozirda juda sust foydalaniladi: analitik – 30 %, ishlab chiqarish va savdo – 45 %, kommunikativ – 29 %.
Marketingni tashqi sohasi rivojlanish bosqichlarini ham quyidagicha ajratish mumkin:
-marketing taqsimlash vositasi sifatida;
-sotish vazifasi sifatida marketing vazifalarini tashkiliy jamlash;
-marketingni mustaqil xizmatga ajratish;
-marketing korxonaning asosiy vazifasi sifatida.
Marketing taqsimlash vositasi sifatida shuning bilan tariflanadiki, bu bosqichda tovarlarni sotish muammo emas, shuning uchun marketing bu bosqichda sotish vazifalari bilan cheklanadi.
Marketing faoliyati rivojlanishining uchinchi bosqichi korxonaning boshqa xizmatlari bilan teng huquqli bo‘lgan marketing ixtisoslashgan xizmatining paydo bo‘lishi bilan tariflanadi. Bunday xizmat mahoratni rejalashtirish va rivojlantirish, narxini tashkil qilish, mahsulotning tashqi ko‘rinishi, idishi va nomi haqidagi masalalarini hal qiladi. Shuning bilan birga har bir bo‘lim o‘z manfaatlarini o‘ylaydi, shu sababli ularni tashkil etishda eng muvofiq kombinatsiyalari yo‘q va marketingning ahamiyati ham uncha katta emas.
Korxona marketing talablarini mo‘ljal qilib faoliyatning boshqa sohalarini qamrab olishi keyingi bosqich bo‘ladi, ya’ni marketingga asosiy vazifa sifatida qaraladi. Shuning uchun barcha bo‘limlar marketing xizmatiga bo‘ysunadi. Lekin amaliyotda teskari holatlar ham uchrab turadi. Masalan, ayrim Germaniya va AQSh kompaniyalarida maxsus marketing bo‘limlari qisqartirilib boshqarish tizimidan chiqarilgan.
Marketing korxona (firma) faoliyatiga to‘liq holda yoki qisman integratsiyalashuvi mumkin. Qisman integratsiyada marketing firmaning turli huquqiy xizmat ko‘rsatishini bildiradi. To‘liq integratsiyada marketing asosiy funksiya hisoblanadi. Mamlakatimiz va xorij tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik korxonalar rivojlanishning uchinchi bosqichida turibdi.
To‘liq integratsiya - ko‘proq umumiy ehtiyoj tovarlari sohasidagi Amerika korxonalarida qo‘llanilgan. Korxonada marketingni rivojlanishi qabul qilinayotgan qarorlar birligini ta’minlovchi uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini bajarish bo‘yicha bo‘linmalar faoliyatining o‘zaro aloqalari va muvofiqlashuvini talab qiladi. Bu o‘z navbatida, kompleks maqsadli guruhlarni matritsali tashkil qilish va yaratish yordamida marketing tizimini tatbiq etishning keyingi bosqichiga o‘tishga imkon beradi. Shu bilan birga ta’kidlash kerakki, korxonada marketingni tatbiq etish avvalo ma’lumotlarni yig‘ish, ishlab chiqish va jamlash tizimini, ya’ni marketing axborot tizimi (MAT)ni tashkil qilishini talab qiladi.
Korxonada marketingning ichki sohasi o‘sib borish ahamiyati uning tashkiliy tuzilmasida o‘z aksini topadi. Marketingni boshqarish – tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirish, foydani ko‘paytirish uchun bajariladigan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat, audit va rag‘batlantirish funksiyalari majmuyidan iborat. Marketingni boshqarish marketing faoliyatini intensivlashtirsh vositasi va falsafasi sifatida ko‘rilib, uning maqsadi sotuvni tashkil etish va rag‘batlantirish emas, balki firma tovar va xizmatlariga raqobatli bozor sharoitida talabni boshqarishdir.
3) Vositachilar - firma yoki jismoniy shaxslar ishlab chiqargan tovar va xizmat turlarini iste’molchilarga yetkazib berishga yordam beruvchi subyektlardir. Vositachilarning quyidagi turlari ko‘proq uchraydi:
1) savdo vositachilari-mijozlarni qidirib topish va tovarlarni
sotishga yordam beradi;
2) logistika vositachilari - tovarlarni harakatlanishini tashkil qilishga
ixtisoslashgan, tovarlarni transportirovka qilish va ularni saqlashga
yordam beradigan firmalar;
3) marketing vositachilari-marketing xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar
masalan, reklama, axborotlar va h.k.);
4) moliyaviy vositachilar-operatsiyalarni moliyalashtirish va
sug‘urtalashga yordam beradigan kredit-moliya muassasalari mavjud.
Savdo vositachilariga chakana va ulgurji savdogarlar kiradi. Logistik vositachilar-tovarlarni omborlarda saqlash, ularni transportirovka qilish, taxlash va bir shahardan ikkinchi shaharga yuborish funksiyalari bilan shug‘ullanadilar. Marketing vositachilari firmalar mahsulotiga talabni shakllantirish, bozorni o‘rganish, talabni optimallashtirishga yo‘naltirilgan choratadbirlarni amalga oshiradilar.
Moliyaviy vositachilar firmalarning bank opertsiyalarini, sug‘urtalash, kreditlar olish kabi funksiyalarini amalga oshirishga yordam beradilar.
Download 27.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling