3-mavzu: Iste’molchilarni shakllantirish Reja


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1016284
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu Iste’molchilarni shakllantirish



3-mavzu: Iste’molchilarni shakllantirish 
 
Reja: 
1. Iste’molchilarni shakllantirish jarayoni 
2. Iste’molchilarni segmentlash 
2. Savolnomalar tuzish va uni amalga oshirish 
1. Iste’molchilarni shakllantirish jarayoni 
Tanlangan tarmoq va biznes sohasi 
bo’yicha faoliyatni amalga oshirish qarori 
avvalo tadbirkor uchun muhimdir. Biznes 
faoliyat amalga oshiriladigan mazkur soha 
jiddiy iqtisodiy muammolar keltirmasligiga 
tadbirkor ishonch hosil qilishi zarur. 
Tanlangan 
tarmoqdagi 
rivojlanish 
tendentsiyalarini to’liq hisobga olmaslik 
tadbirkorlik loyihasini samarali amalga 
oshirish imkoniyatlarini cheklaydi. 
Biznes sohasi tegishli bo’lgan tarmoqning mamlakat iqtisodiyoti va mehnat 
taqsimotidagi o’rnini, uning eks’ort salohiyati, boshqa tarmoqlar bilan ishlab 
chiqarish hamda texnik aloqalariga tegishli ma’lumotlarni bilish ham tadbirkor 
uchun foydali hisoblanadi. 
Tarmoqning joriy holati hamda rivojlanish istiqbollari tahlili quyidagi 
tavsiflarni ham o’z ichiga oladi: 
 tarmoqning xom-ashyo manbai; 
 korxonaning bozor sig’imi va bozordagi o’rni; 
 potentsial mijozlar va ularning imkoniyatlari; 
 ishlab chiqarishning hududiy tuzilmasi; 
 asosiy fondlar va ularning tuzilmasi; 
 investitsion shart-sharoitlar. 
Biznes sohasining investitsion jozibadorligi tahlili 3 bosqichdan iborat: 
1. Tanlangan tarmoqning rivojlanish bosqichlarini aniqlash; 
2. Tarmoqning raqobatbardoshligini o’rganish; 
3. Tarmoqning investitsion jozibadorligini belgilovchi omillarni o’rganish. 
Ayrim tadbirkorlar uchun biror bir tarmoqda faoliyat yuritishi uchun 
iqtisodiy muammolar yoki cheklovlar vujudga keladi. Bu cheklovlarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
 boshlanich kapitalning yuqori darajasi; 
 qo’yilmalarning qo’lanish muddatining uzoqligi; 
 foyda olishdagi noaniqlik. 
Shuningdek, bozor kon’yunkturasini muntazam e’tiborga olish zarur. 
Chunki har qanday tadbirkorlik faoliyati tsikllik xarakterga ega, ya’ni faoliyat 
bozorga kirish, o’sish, yetuklik, to’yinish va pasayish bosqichlaridan o’tadi. 


Iste'molchilarni o’rganishdan asosiy maqsad ularning ehtiyojini to’laroq qondirish 
maqsadida talabini aniqlashdan iboratdir. 
Iste'molchildarning talabini to’laroq qondirish uchun avvalo, mavjud ehtiyojlarni 
chuqur tahlil qilish, o’sish qonuniyatlarini o’rganish va yangi ehtiyojlarning 
shakllanishi borasida ma'lumotlarga ega bo’lish talab etiladi. Iste'molchilarning 
ehtiyojini o’rganish natijasida quyidagi vazifalarni bajarish mumkin bo’ladi: 
1) ehtiyojning ierarxik strukturasini tuzish; 
2) ayrim ehtiyojlarning miqdoriy ko’rsatkichini va dinamikasini aniqlash; 
3) iste'molchilarning birinchi navbatda qaysi ehtiyojini qondirishga moyilligini 
bilish; 
4) tovarlar va xizmatlarning iste'mol xususiyatlarini o’lchash va guruhlash; 
5) qondirilgan va qondirilmagan talab strukturasini aniqlash va boshqalar. 
Umuman aytganda, firma yoki korxona boshqaruvchilari ular tomonidan 
qo’llanilayotgan ta'sir etuvchi marketing uslublariga nisbatan iste'molchilar qanday 
munosabat bildirayotganligini yaqqol tasavvur qila bilishlari kerak. Bozorda 
iste'molchilarning xulq-atvoriga, xarid qilingan tovarning qandayligiga xaridorning 
shaxs, madaniyati, iqtisodiy ahvoli va psixologik omillar katta ta'sir ko’rsatadi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling