3-mavzu: Iste’molchilarni shakllantirish Reja
Savolnomalar tuzish va uni amalga oshirish
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu Iste’molchilarni shakllantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konyunktura axborotnomasi
- Konyunktura tahlili
- Konyunktura prognozi
3. Savolnomalar tuzish va uni amalga oshirish
Marketing faoliyatida bozorni o’rganishning asosiy elementlaridan biri bozor konyunkturasini o’rganish bilan bog’liq bo’ladi. Konyunktura deganda ma'lum omillarning ta'siri natijasida vujudga keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning o’zgarishi konyunkturaning o’zgarishiga olib keladi. Marketingda esa bozor konyunkturasi deganda belgilangan vaqtda maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Bozor konyunkturasini o’rganish zarurati quyidagilarga bog’liq bo’ladi: a) odatda bozorning sig’imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligi o’zgarib boradi, shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish lozim; b) bozordagi omillar kompleks ravishda ta'sir o’tkazishi sababli ularni alohida o’rganish tegishli samara bermaydi; c) bozor to’g’risidagi ma'lumotlar odatda retrospektiv xarakterga ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi. Bozor konyunkturasini o’rganish mazmuni va tartibi firma tomonidan ko’zlangan maqsadga bog’liq bo’ladi va uch turga bo’linadi: konyunktura axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura prognozi. Konyunktura axborotnomasi - bu bozor konyunkturasining hozirgi holati va uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir. Bu konyunkturani o’rganishning eng sodda shakli bo’lib, odatda savdo assortimentining maqbulligini baholash uchun foydalaniladi. Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatga keltirgan omillarning tahlilini o’z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor konyunkturasinig maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning ta'sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi. Konyunktura prognozi bozordagi holatni ma'lum davr ichida oldindan ko’rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Bunda konyunkturaga ta'sir o’tkazuvchi omillarning yaqin kelajakdagi xususiyatlarini aniqlashga e'tibor qaratiladi. Shuni e'tiborga olish lozimki konyunktura tahlili va prognozida uning o’ziga emas, balki konyunkturaga ta'sir qiluvchi omillarga ko’proq ahamiyat beriladi. Shu sababli, bozor konьyunkturasiga ta'sir qiluvchi omillarni ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. har qanday bozor konьyunkturasini belgilab beruvchi omillarni ikki guruhga bo’lish mumkin: 1.makroiqtisodiy omillar; 2.mikroiqtisodiy omillar, ya'ni mazkur bozordagi talab, taklif, narx va raqobat omillari. Hech qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Shu sababli, iqtisodiyot qanday holatda, uning jahon bozorida tutgan o’rni qanday, milliy boyliklar qay darajada qo’llanilmoqda degan savollarga javob topish lozim bo’ladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling