3-mavzu. Jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta’limiy – tarbiyaviy qarashlar vaqt soat Reja


Download 104.86 Kb.
bet4/13
Sana22.01.2023
Hajmi104.86 Kb.
#1110297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
13-mav

Manbalari. Buddizm ta’limoti bir qator kitoblar shakliga keltirilgan to’plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka – «uch savat» ma’nosini anglatadi). U uch qismdan iborat bo’lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Bu manbaning qo’lyozma nusxasi SHri Lankada saqlanib qolgan. U milodning boshlarida kitob shakliga keltirilgan. Ular Budda targ’ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari – Sutra-pitaka, rohiblik axloqi, xonaqohlar nizomlariga bag’ishlangan vinaya matnlari – Vinaya-pitaka, buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag’ishlangan abxidxarma matnlari – Abxidxarma-pitakadan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddizmga oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning ilk buddizm tarixi uchun ahamiyati ozroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning asosiysi Tripitakada jamlangan.
SHunday qilib, buddizm mil. av. birinchi ming yillik oxirlarida Markaziy Osiyoni o’z ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib keldi. Bizning diyorimizda olib borilgan arxeologik qazilmalar asnosida O’ra-tepa, Dalvarzin-tepa, Quva, Zar-tepa, Qorovul-tepa, Ayritom mavzelaridan topilgan SHakyamuni sanamlari, hayvon haykalchalari, ramziy g’ildiraklar va stupa qoldiqlaridan Kushon imperiyasida buddizmga katta ahamiyat berilganini anglash mumkin.
Oqimlari. Xinayana buddizmning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Xinayana «kichik arava» ma’nosini anglatib, u diniy yo’nalish sifatida mil. av. I asrda shakllangan. Biroq uning asosiy qoidalari ancha avval, shu jumladan, Tripitakada bayon qilingan.
Xinayana ta’limotiga ko’ra, dharmalar tabiatini o’rganishga va nirvanaga ma’naviy yo’l bilan erishiladi. Bu yo’l juda og’ir, shu sababli faqat monaxlargina nirvana holatiga etishi mumkin. Keyinchalik Xinayanada juda ham murakkab va dabdabali ibodatlar (masalan, «Budda tishiga sig’inish»), buddizmning muqaddas joylariga ommaviy ziyoratlar joriy qilingan. Bu yo’nalish SHarqiy Hindistonda, SHri Lanka, Hindi-xitoy davlatlarida tarqalgan.
Maxayana Xinayana bilan bir qatorda buddizmdagi ikkinchi asosiy yo’nalish bo’lib, u ruhiy kamolot ahdiga rioya etuvchi, xudoga iltijo qiluvchi rohiblarga in’omlar berib yordam ko’rsatuvchi har qanday oddiy dindor najot topishi mumkin, degan ta’limotga asoslanadi. Unga ko’ra, Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli maxluqotlar shakliga kirishi va hayot zanjirining barcha vakillari uni o’rganishi, anglashi mumkin. Bu narsa cheksiz Budda ramlarining, xudolarning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu xudolarga ishonish yo’llari barcha uchun mumkin bo’lganligi sababli u «katta arava» nomini olgan.
Szintu yo’nalishi Xitoyda vujudga kelgan va keyinchalik YAponiyaga o’tgan. Unga Xuey-YUan asos solgan. V – VII asrlarda uning shogirdlari bu yo’nalishni rivojlantirganlar. SHuningdek, ushbu yo’nalish Xitoy buddizmida sezilarli mavqega ega bo’lgan va rasman e’tirof etilgan.
Xitoyshunos olimlarning ta’kidlashlariga qaraganda, Szintu yo’nalishi daosizm, hatto qadimgi Xitoy «sinizm»i ta’sirida shakllangan.

Download 104.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling