3-mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari Reja


Download 145.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana31.01.2024
Hajmi145.01 Kb.
#1829511
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
70E31036-9F0B-4C85-A783-F93CD888A238.3-mavzu



“INNOVATSION IQTISODIYOT” – XUSAINOV O 
37 
37 
3-mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va 
shakllari. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari 
Reja: 
3.1. Globallashuv jahon iqtisodiyoti baynalminalashuvining eng yuqori bosqichi sifatida 
3.2. Global jarayonlarning milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ta’siri 
3.3. Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi omillar 
 
Tayanch tushunchalar: 
Jahon iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, XMT, mintaqaviylashuv, globallashuv
baynalminallashuv, integratsiyalashuv, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, xalqaro iqtisodiy 
integratsiya, TMK, tashqi savdo siyosati, investitsiya siyosati, monetar siyosat, fiskal siyosat, 
valyuta siyosati, xususiylashtirish, kichik biznes. 
3.1. Globallashuv jahon iqtisodiyoti baynalminalashuvining eng yuqori bosqichi sifatida 
Globallashuv zamonaviy jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi eng asosiy jarayonlarning 
biri bо‘lib, xо‘jalik hayoti baynalminallashuvining yuqori bosqichi hisoblanadi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi, tashqi savdo va 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqa shakllari rivojlanishi natijasida milliy 
iqtisodiyotlarning о‘zaro aloqasi va bir-biriga bog‘liqligi tobora kuchaymoqda. Hozirgi davrda 
tashqi omillarni hisobga olmasdan davlatlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin 
emas. 
Ma’lumki, mamlakatlararo iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi, tashqi iqtisodiy 
aloqalarning milliy iqtisodiyotlarga ta’sirining ortishi, katta-kichik davlatlarning xalqaro 
munosabatlardagi ishtirokining faollashuvi xо‘jalik faoliyatining baynalminallashuvidir. 
Iqti-
sodiyot baynalminallashuvining dastlabki bosqichi xalqaro iqtisodiy hamkorlik 
hisoblanadi
va bunda tashqi savdoning roli g‘oyat muhimdir. Davlatlar о‘rtasidagi xalqaro 
xо‘jalik aloqalarining meyoriy-huquqiy ta’minlanishi, qayta ishlab chiqarish jarayonlarining 
milliy chegaralardan tashqariga chiqishi xalqaro iqtisodiy hamkorlikdir. 

Download 145.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling