3-mavzu: jamiyat yaxlit tizim sifatida. Reja


Download 44.02 Kb.
bet3/8
Sana12.11.2023
Hajmi44.02 Kb.
#1768417
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ma\'ruza 3

Birinchidan, jamiyatning tuzilishi va tarkibi o‘rganiladi, ya’ni jamiyat qanday kishilardan iborat, ular qancha va qanday sinf yoki tabaqalarga mansubligi ko‘rinadi.
Ikkinchidan, jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning hatti-harakatlari nimalardan iborat, ya’ni ularning o‘zaro munosabatlaridagi harakterlari ko‘rinadi. Bunda Siz jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarning faoliyatlarini tasodifiy emas, balki aynan o‘sha jamiyat qonunlari asosida rivojlanib borishini ta’kidlashimiz kerak.
Uchinchidan, jamiyat taraqqiyoti uning rivojlanishi nuqtai-nazaridan urganiladi. Chunki, dunyodagi barcha narsalar vaqtlar o‘tishi bilan o‘zgaradi. Shuning uchun jamiyatni to‘liq tushunish uchun nafaqat uning tuzilishi va rivojlanishi, balki uning o‘tmishini, ya’ni tarixini ham sinchiklab o‘rganish, bu jamiyatni qanday tarkib topganligini, qanday shakllanganligini, rivojlanganligi bilmoq jamiyatni to‘liq tushunmoqlikka imkon yaratadi.
Demak, jamiyat ijtimoiy hodisaning umumiy va murakkab sistemasidir. Aytish lozimki, jamiyat umumiy tabiiy-tarixiy sistema sifatida o‘zida ishlab chiqarish kuchlari va iqtisodiy munosbatlarning ijtimoiy, ideologik, siyosiy strukturalarining organik birligini tashkil etadi. Kishilarning turli ijtimoiy guruhlarning o‘zaro birligi yoki jamiyat hayotining turli sohalarda iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy faoliyatlari jamiyat sistemasining tabiiy-tarixiy harakterini belgilashda muhim omil hisoblanadi. Chunki, jamiyat har bir sohasi ishlab chiqarish taraqqiyotida ma’lum bir funksiyalarni bajaradi. Iqtisodiy munosbatlar – moddiy ishlab chiqarish funksiyasini, ijtimoiy munosabatlar – ijtimoiylashuvini (sotsializatsiya); siyosiy munosabatlar – ijtimoiy boshqaruvni (elementlar nazorati); mafkuraviy munosabatlar – ma’naviy ishlab chiqarish funksiyasini ifoda etadi.
Shu narsani aohida ta’kidlash lozimki, sotsiologik nazariya barcha ijtimoiy sistemalarini sotsietal va ijtimoiy munosbatlarda ko‘radi.
1. Sotsietal sistemalarga – jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy munosabatlari kiradi. Bunda iqtisodiy munosabat belgilovchi omil bo‘lib, ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy munosabatlar uning ishlab chiqaruvchisi bo‘ladi. Shuning uchun sotsietal sistemalar o‘z tarkibiga ko‘ra qo‘yidagicha joylashtiriladi:
1. Iqtisodiy. 2. Ijtimoiy. 3. Siyosiy. 4. Mafkuraviy.
Ko‘rinib turibdiki, sotsietal sistemalar bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lib, dialektik harakteriga ega. Shuning uchun shu sistemada ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari, bazis va ustqurma ijtimoiy ong kabi falsafiy kategoriyalar ishlatiladi. Siyosiy iqtisod nazariyasining yetakchisi Adam Smit jamiyat taraqqiyoti va rivojlanishini qo‘yidagicha ifodalagan edi. «Dunyodagi barcha narsalar mehnatning mahsulidir, mehnat taqsimoti natijasida ha bir individ o‘zi uchun ishlaydi va boshqalar uchun ishlashga ham majbur bo‘ladi, u boshqalar uchun ishlaganda, aksincha o‘zi uchun ham ishlaydi». Biz sotsiologik nuqtai-nazardan jamiyat-bu birgalikda yashovchi kishilarning-o‘zaro bir-biri bilan ijtimoiy aloqada bo‘lib, o‘z faoliyatlarida bir-biriga ta’sir ko‘rsatuvchi uyushmasidir degan fikrda bunaqa jamiyat tashkil topishi uchun eng kamida ikki kishi bo‘lishi kerak va bular o‘zaro hamkorlikda bo‘lib turishlari kerak, bu jamiyatning oddiy ko‘rinishi bo‘lib, uning murakkab shakllarini shakllantirib boradi, ya’ni oilaning ko‘rinishi bu oddiy jamiyat, bu jamiyatda A.Smit ta’rifi bo‘yicha jamiyat a’zosi ham o‘zi uchun ham o‘zga bir kishilar uchun ishlaydi, murakkab jamiyatni shakllanishiga o‘z oilasi bilan hissa qo‘shadi. Biz bu misollarni yana partiyalar tuzilishida, diniy yoki zamonaviy guruhlarning paydo bo‘lishida ko‘rib borishimiz mumkin.
2. Endi «Ijtimoiylik» sistemasining asosiy unsurlarini esa ijtimoiy jamoalar tashkil etadi, ya’ni bular sinflar, millatlar, professional, demokratik, hududiy va siyosiy guruhlardir. «Ijtimoiy» sistemaning elementini kishilar tashkil etadi. Bunda har xil ijtimoiy jamoalarda birlashgan kishilar bir-birlari bilan o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladilar.
Jamiyat tushunchasi va jamiyat to‘g‘risidagi fikrlar O.Kontning sotsiologik nazariyasida ham aks ettirilgan. O.Kont, D.Yum, A.Smit, Russo, Sen-Simonlarning jamiyat to‘g‘risidashi nazariyalarni rivojlantirdi. O.Kont sotsiologiyada psixologiya, siyosiy iqtisod, etika, falsafa tarixi fanlarining tushunchasi va metodologiyasi sintezlashtiriladi. Jamiyat- oila, xalq, millat, barcha insoniyatning ahloqiy hissiyatlarini qamrab olgan ahloqiy hissiyatning organik natijasi deyiladi.
Ijtimoiylikning ajralmas unsuri sifatida inson emas, oilani olib, oila jamiyatning ijtimoiy organizmini, birligini tashkil etadi, deydi. Bu yerda kishilarning o‘zaro aloqadorligi (assotsiatsiya) emas, balki ajralmas birligi hukmronlik qiladi, deb o‘z fikrlarini O.Kont davom ettiradi.
Jamiyat to‘g‘risidagi qarashlarini G.Spenser organitsistik ta’limot nuqtai-nazaridan olib qaraydi. Bu bilan G.Spenser jamiyatning taraqqiyoti biologiyaning yangi yutuqlari bilan shakllanib, rivojlanib boradi, - degan fikrni beradi. Jamiyat a’zolari jamiyat farovonligi uchun emas, balki jamiyat, jamiyat a’zolari farovonligi uchun xizmat qilishi kerak, deb G.Spenser – insonni sotsiologiyaning eng asosiy muammosi sifatida olib qaraydi.
Jamiyat va uning rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risida ko‘pgina sotsiologlar o‘z ta’limotlarini yaratganlar, jamiyat to‘g‘risidagi nazariyalarini boyitib, o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shganlar, bular Zimmel, Parsons, Lumin, Chikaga jamiyati namoyondalari va boshqalar.
Umuman olganimizda, sotsiologiyada jamiyatning qo‘yidagi yo‘nalishlari mavjud.
1. Mexanitsistik. 2. Organitsistik. 3. Kulturologik.
1.Jamiyatning mexanitsistik yo‘nalishi XIX asrda vujudga keldi. Mexanitsistik yo‘nalishda klassik mexanika konsepsiyasi, olamni mexanik tashkil qilish, jamiyat rivojlanishi qonunlarini asosan fizik va mexanik qonuniyatlar asosida deb bilish bilan asoslanar edi. Mexanizm tarafdorlari, masalan, T.Kern jamiyat strukturasini va undagi jarayonlarni noorganik olam bilan solishtirib, shuning asosida jamiyat qonunlarini yaratishga harakat qildilar. Tabiiy fanlarning rivojlanishi natijasida mexanizmda metallarni, eng avvalo temirni eritishning kashf qilishini va undan mehnat qurollari yasalishi ibtidoiy jamoa tizimi doirasida sodir bo‘ldi, natijada ibtidoiy tuzum yemirilib o‘rniga quldorlik jamiyati paydo bo‘ldi, so‘ngra feodalizm paydo bo‘ldi, bu birinchi sakrash, ikkinchi sakrash bu sanoat revolyutsiyasi, bu sakrash yirik sanoatni vujudga keltirdi.
Jamiyatning sotsial-siyosiy va g‘oyaviy birlik, bu birlikning iqtisodiy asosi-ishlab chiqarish vositalari, mulk, ishlab chiqarish munosabatlari, uning siyosiy asosini demokratik huquqi davlat, demokratiyani tashkil etadi, g‘oyaviy birlikni vujudga keltiradi. Shu maqsadda:
Platon quldorlarning qullarni boshqarish «huquqini» asosladi.
O‘rta asr ruhoniylari feodallar hokimiyatining kelib chiqishi ilohiy ekanligini isbotladilar.
Ingliz filosofi Spenser «jamiyatning organik nazariya»sida sinfiy tengsizlikni isbotladi. U jamiyat organlarining uch sistemasi: oziqlantirish, taqsimot va tarbiyaga solib turish sistemasi ishlab chiqarish, ya’ni jamiyatda ham uchta yoshlar «oziqlantiruvchi»-ishchilar sinfi, taqsimotni va ayriboshlashni amalga oshiruvchi savdogarlar sinfi hamda ishlab chiqarishni tartibga solib turuvchi kapitalistlar sinfi mavjud bo‘lishi kerak, deydi.
Yangi «energetik» va «termodinamik» degan terminlar paydo bo‘ldi. Mexanizm namoyondalari asosan aniqlikka rioya etishni o‘z vazifalari deb bilib, miqdor va statistik metodlarga suyanib jamiyat qonunlarini belgiladilar. Namoyondalari V.Osteraled, Pareto, A.Barsela va boshqalar.
2. Jamiyatning organitsistik konsepsiyasi XIX asr oxiri XX asr boshlarida vujudga kela boshladi. Bu ta’limotga ko‘ra, jamiyatni organizm bilan aynan bir narsa deb qarash tashkil etadi.
3. Kulturologiya yo‘nalish. Ijtimoiy ahloq normalari va qadriyatlarning tarixiy murakkablashishi natijasida ushbu ijtimoiy sistema madaniyatini vujudga keltiradi. Madaniyat tushunchasidan kelib chiqqan holda kulturologik jamiyatning vazifasi kollektivning maqsadli tuzilish darajasini qiyoslab, uning dinamikasini yoritish, ijtimoiy fakt ekanligini ko‘rsatishdan iborat. Kulturologik jamiyatning funksiyasi o‘zaro aloqadorlikni sistemali ravishda izohlab, sharhlab beradi. Kulturologik jamiyat to‘g‘risida M.Veber, Zimmel, F.Tenoruk, V.Lipp, Y.Vays va boshqalar o‘z sotsiologik qarashlarida fikrlar bildirganlar.
Ijtimoiy tizim – murakkab ichki tuzilishga ega bo‘lib, tartibli, bir butun, o‘ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi. Har qanday ijtimoiy tizim o‘zining tarkibiy tuzilishiga ega. Jamiyatning ayrim tarkibiy tizimlari, masalan: iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, ijtimoiy turmush, fan va boshqa shu kabi sohalarida, to alohida olingan insongacha bo‘lgan ijtimoiy tizimlar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi tabiiy-tarixiy jarayon tarzida boradi. Har bir ijtimoiy tizim boshqasining, yuqori darajadagi tizimning tarkibiga kiradi. O‘zi esa quyi, kichik tartibdagi tizimlarni o‘z takribiga oladi. Jamiyat hayotida biron bir ijtimoiy tizim alohida ravishda boshqalaridan, ijtimoiy muhitdan ajragan holda yashay olmaydi.
Har bir ijtimoiy tizim o‘zgarmas va abadiy emas. Ular tarixiy taraqqiyoti davomida doimo o‘zgarib, rivojlanib boradi. Ichki, tashqi funksional va ziddiyatli munosabatda bo‘ladi. Har qanday ijtimoiy tizim o‘zining tarkib topish, rivojlanish, gullab-yashnash va tanazzuliga ega bo‘ladi.
Ijtimoiy tizimlarga tarixiylik xos bo‘lib, tarkibidagi element va mayda tizimlarning o‘zaro aloqadorligi, ziddiyatliligi – ularning rivojlanishi mohiyatini belgilaydi. Tashqi o‘zaro aloqadorlik ham ijtimoiy tizimlararo munosabatlar asosini tashkil qiladi.
Alohida olingan inson va jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy jarayonlar tizimi o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro iyerarxik tuzilishga egadir. O‘zaro iyerarxik tuzilish ularni boshqarish imkonini beradi.
Ijtimoiy tizimlar maqsadga yo‘nalganligi, moslashuvchi, ochiq, o‘zini qayta tiklash, funksional va rivojlanish kabi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Har bir ijtimoiy tizim tashqi ijtimoiy muhit bilan doimiy aloqadorlikda bo‘ladi. Kishilar, ijtimoiy voqelik, jarayonlar va g‘oyalar ijtimoiy muhit elementlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi yangi ijtimoiy munosabatlarning tarkib topishi jarayonida ijtimoiy muhit sotsiologik jihatdan tahlil qilish masalasi muhim ilmiy ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy tizimlar o‘zlarining ijtimoiy vazifalari, funksiyalari bilan o‘zaro farq qiladi. Ular muayyan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy va boshqa qonuniyatlar asosida faoliyat ko‘rsatadilar.
Parsons fikricha, ijtimoiy tizim, eng avvalo, faoliyatli tizimdir. Masalan, iqtisod, siyosat, huquq kabi o‘zaro ta’sirida bo‘luvchi ijtimoiy tizimlar ahloqqa, ma’naviyatga faol ta’sir ko‘rsatadilar.
Har qanday ijtimoiy tizimlarda ikki tipdagi funksional vazifa va rivojlanish qonuniyatlari amal qiladi. Ularning funksional va rivojlanish xususiyatlari ikki omil – ichki va tashqi omillar bilan belgilanadi. Ichki omillarga birinchi navbatda tizim va uning komponentlari, komponentlarning o‘zaro munosabati kiradi. Tashqi omillarga ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan aloqadorligi kiradi.
Ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqadorligi ularning asosiy mavjudlik va yashash sharti hisoblanadi. Tashqi ijtimoiy muhit muvozanatini saqlashi va o‘zgarishini hisobga olish bu ijtimoiy tizimlarning funksional vazifa o‘zgarishi va rivojlanishini sotsiologik tadqiq qilishda birinchi darajali ahamiyatga ega.
Demak, sotsiologiyada ijtimoiy tizimlarni ichki va tashqi jihatdan tahlil qilish maqsadga muvofiq.
Jamiyatning moddiy ishlab chiqarish jarayoni bu – sotsiologiyada ijtimoiy tizim sifatida olib qarab o‘rganiladi. Moddiy ishlab chiqarish tizimi – ijtimoiy hayot sohasi bo‘lib, kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish faoliyat bilan bog‘liq. Moddiy ishlab chiqarish – jamiyatning iqtisodiy asosi bo‘lib, iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tizimlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi.

Download 44.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling