3-mavzu: jamiyat yaxlit tizim sifatida. Reja


Industrial (sanoat) jamiyati


Download 44.02 Kb.
bet5/8
Sana12.11.2023
Hajmi44.02 Kb.
#1768417
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ma\'ruza 3

4. Industrial (sanoat) jamiyati. An’anaviy jamiyat kategoriyasidan ajratib turuvchi, g‘arb sotsiologiyasida rivojlangan jamiyatning kelib chiqishi va tabiati to‘g‘risidagi ikki asosiy kategoriyaning biri. Ushbu terminni birinchi bo‘lib Sen-Simon ishlatgan, uni O.Kont, T.Spenser, Forkgeym va boshqalar rivojlantirdilar. Bunda sanoat ishlab chiqarish korxonalarini menedjer-administratorlar nazorat qiladilar.
5. Postindustrial jamiyat. Amerikalik olim sotsiolog D.Bell tomonidan ishlab chiqilgan konsepiya. Postindustrial jamiyat konsepsiyasining nazariyasiga ko‘ra jamiyat taraqqiyoti uchta bosqichda ko‘riladi:a) industrial jamiyatgacha bo‘lgan davr; b) industrial sanoat jamiyat davri; v) postindustrial jamiyat davri. Industrial jamiyatgacha bo‘lgan davrda asosiy omil qishloq ho‘jaligi munosabatlari, cherkov va armiya jamiyatning asosiy sotsial instituti hisoblanar edi, bu davrdan industrial sanoat jamiyatiga o‘tilgach, sanoat korporatsiyalar va firmalar jamiyatning asosiy omili bo‘lib qoldi, postindustrial jamiyat davrida esa universitetlar asosiy joyi bo‘lgan nazariy bilimlar sanoat va ishlab chiqarishning bir joyga to‘planib qolishida asosiy rol o‘ynaydi. Bu jamiyat D.Bellning fikricha,kapitalistlar hukmronligi yo‘qolib, uning o‘rnini yuqori bilimga ega bo‘lgan malakali huquqiy elita egallaydi. Xususiylik jamiyatning asosiy mezoni sifatida o‘zining ma’nosini yo‘qotadi, uning o‘rnini ta’lim va bilimning yuksak darajasi egallaydi. Industrial jamiyatda asosiy nizo mehnat va kapital orasida bo‘lsa, postindustrial jamiyatda asosiy bilim va chuqur bilimga ega emasligi o‘rtasida boradi.
Totalitar jamiyat. Siyosiy boshqaruvning zo‘rovonlikka asoslangan sistemasidir. Totolitar so‘zining ma’nosi, lotincha kokus – umumiy, butun, jamiki degan ma’noni anglatadi, ya’ni jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mafkuraviy va hatto boshqaruvchi rahbar elitaning maishiy hayotini yakka lider, (fyurer, ducho, kaudilyovaya) tomonidan o‘rnatilgan harbiy byurokratik apparat tomonidan boshqarilishi tushuniladi. Totolitarizmning asosiy ijtimoiy kuchi shahar va qishloqlarda aholi tabaqasining sinfiy qiyofasini yo‘qotish bo‘lib, barcha ijtimoiy tabaqa va guruhlarning turmush tarzida muayyanlik va mulkka egalik to‘g‘risida hato fikr tug‘diradigan tuzimdir. Totalitarizm sharoitida ijtimoiy munosabatlarning boshqaruvchi va hukmron kuchi zo‘ravonlikka asoslangan siyosat bo‘ladi, shuning uchun totalitar jamiyatning «siyosatlashuvi», jamiyatni muqarrar ravishda harbiylashuviga (militarizatsiya) olib boradi. Totalitar tuzumga Gitler, Mussolini, Stalin va bir qancha diktatorlarning ideologiyasini misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Download 44.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling