3-mavzu: jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllari reja


Jismoniy tarbiyani sog’lomlashtirishga yo’naltirish principi


Download 78 Kb.
bet10/10
Sana26.01.2023
Hajmi78 Kb.
#1123420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

Jismoniy tarbiyani sog’lomlashtirishga yo’naltirish principi
Jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirishga yo’naltirilganligi principi shug’ullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashg’ul bo’lishida ularni sog’ligiga javob berish ma`suliyatini wrtaga tashlaydi. Jismoniy tarbiya tashkilotchilari, trenerlar, davlat, xalq oldida shug’ullanuvchilarning sog’ligiga javob beribgina qolmay, uni mustahkamlashga va takomillashtirishga ham javob beradilar.
Jismoniy mashqlar bilan vrach va pedagog nazorati ostida shug’ullanilsagina, u ijobiy effekt beradi. Noto’g’ri foydalanish esa shug’ullanuvchi sog’ligiga salbiy ta`sir etishi mumkin. Shuning uchun biologik xususiyatlari - yoshi, jinsi, sog’ligini hisobga olish, sistemali vrach va pedagog nazorati tarbiya jarayonida etakchi omildir.
Amalda rejasiz ishlash wta salbiy oqibatlarga olib keladi. Tanlangan uslubiyatlar, mashqlarning me`yori, bajarish intensivligi, yuklamaning umumiy miqdorini tanlashdagi pedagogning arzimas xatosi shug’ullanuvchi uchun wta qimmatga tushishi mumkin.
Shunday hollarga duch kelish mumkinki, sport natijalarini vaqtinchalik wsishi, jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlarining ortishi, organizmda vaqtinchalik sportchi uchun sezilmaydigan patologik o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Kelib chiqadigan yomon oqibatlar jismoniy tarbiya va sportning obrwsiga salbiy ta`sir etadi.
Shu sababli vrach nazorati dalillarini e`tirof etish bilangina cheklanmay, asosiy e`tibor ularning tahliliga qaratilishi lozim. Nazoratni tizimli emasligi salbiy oqibatlarga olib kelishi muqarrardir.
Jismoniy tarbiyani sog’lomlashtirish bilan bog’lab olib borish principi vrach, pedagog va shug’ullanuvchining kunlik muntazam muloqotini talab qiladi.
Jismoniy tarbiya principlari bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liqlikni taqazo etadi. Shundagina ular ahamiyatini saqlab qoladi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi uning etakchi principidir. Shu principgina mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatini ifodalaydi, uning ahamiyati jamiyatimiz a`zolarini ijodiy mehnatga va Vatan mudofasiga tayyorlashdadir.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish principi ijtimoiy hayotga - ishlab chiqarish va harbiy ishini amalga oshiradigan har tomonlama rivojlangan shaxsga talabni oshiradi, har tomonlama jismoniy, ma`naviy rivojlanganlarni tarbiyalash mamlakat iqtisodiyoti va mudofaasini ta`minlashda muhim rol` o’ynaydi.
Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino «Jismoniy mashqlar haqida qisqacha so’z»ida salomatlikni saqlash rejimining asosiy omillaridan biri jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish ekanligini ta`kidlaydi. Ovqatlanish, uyqu, dam olish rejimining kun tartibidagi sistemali jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlardan keyingi wringa qo’yadi. Maromli, me`yoridagi erkin harakatlar ya`ni jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish kasallikni yo’q otish uchun hech qanday davolanishga zaruriyatning vujudga keltirmasligini aytib wtadi. Erkin, me`yoridagi maromli harakat uzluksiz chuqur nafas olishni yo’lga qo’yadi. Bu bilan, organizm muskullarining to’qimalari kislorod bilan etarli darajadagi kislorod bilan ta`minlanadi. Mashq qilgan, mashq ko’rgan organizm o’zidagi “keraksiz”ni vujudga kelishiga, uning chiqarib tashlanishiga keragidan ortiqcha energiya sarflamaydi.
Ta`lim jarayonida mashq qilishning me`yorini topish va uning salomatlik uchun ta`sirini aniqlay olish, tarbiya jarayonining muhim ko’rsatmasiga, kerak bo’lsa, nizomiga aylanishi lozim. Jismoniy tarbiyaning yuqorida qayd qilingan principlari qatori jismoniy tarbiyani sog’lomlashtirishga yo’naltirishning amaliy samarasi kattadir.
Shuning uchun jismoniy tarbiya tizimining umumiy principlariga rioya qilish jismoniy tarbiyani amalga oshirayotgan mutaxassisdan tortib shug’ullanuvchilargacha ularni sog’ligiga e`tibor berishni muhimligini ta`kidlaydi.
Bundan kelib chiqadiki, pedagogik jarayon davomida umumiy principlarga o’z vaqtida rioya qilinsa, qo’yilgan talablar mukammal bajarilsa, jismoniy tarbiya jarayonining samaradorligi yuqori bo’ladi.
Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling