3-mavzu: jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllari reja


Download 78 Kb.
bet1/10
Sana26.01.2023
Hajmi78 Kb.
#1123420
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu


3-MAVZU: JISMONIY TARBIYANING JAMIYATDAGI ASOSIY FUNKSIYA VA SHAKLLARI
REJA:
1.Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari:(sog’lomlashtirish, ta’limiy, tarbiyaviy)
2. Jismoniy tarbiyaning boshqa yo’nalishlar bilan bog’liqligi
2.1. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy tarbiya
2.2. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy tarbiya
2.3. Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiya
3. Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy principlari
3.1. Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi principi
3.2. Shaxsni har tomonlama rivojlantirish principi
3.3. Jismoniy tarbiyani sog’lomlashtirishga yo’naltirish principi


Jismoniy tarbiya maqsadi va vazifalari
Hozirgi davrda texnika taraqqiyoti sharoitida rivojlangan ishlab chiqish organizm funktsiyasining yuqori harakatchanligini talab etadi. Bu aniq va tez javob bera olishni, irodali, chiniqqan, mard, chidamli, qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan insonlarni taqozo etadi. Jismoniy tarbiyaning maqsadi Vatan mudofaasiga, xayotga va mehnatga tayyorlashdir. Bu maqsad mamlakatimizda kishilarning jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi hamma muassasa va tashkilotlar uchun yagonadir
Ko’rsatilgan maqsad asosida:
1.Sog’lomlashtirish,
2.Ta’limiy
3.Tarbiyaviy vazifalar hal etiladi.
Sog’lomlashtirish vazifalari - bola hayotini muhofaza etish, sog’ligini mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm ish qobiliyatini funktsional takomillishtirish va ish qobiliyatini oshirish, shuningdek chiniqtirish eng muhim vazifalardir. Bular asosan maktabgacha yoshdagi bolalar organizmning ximiyaviy xususiyatlari uncha rivojlanmagan, tashqi muxitning noqulay shartlariga tez bo’ysinadigan, ko’p kasal bo’lishlari natijasida vujudga kelgan noxushliklarni bartaraf qilishdan iboratdir. Bu xususiyatlarni xisobga olgan holda sog’liqni mustahkamlash vazifalari har bir tizimida, aniqroq shaklda echilishi shart.
Suyak, pay, bo’g’in tizimi holatini, shuningdek qismlarining turli yo’nalishlarda harakatlanish imkoniyatini ta’minlaydi. Suyak apparati bog’lam va bo’g’inlarni to’g’ri va vaqtida rivojlantirish tanani me’yorda ushlab turishga hamda hamma organ va tizimlarni rivojlantirishni ta’minlaydi. Umurtqa pog’onasining qiyshayishi, bukirlik, yassi oyoqlik muhim organlarning ish faoliyatlarini buzadi, bu esa kelajakda kasallikka olib keladi. Bolalarda suyak tizimi nisbatan bo’sh, chunki unda bir qancha pay hujayralari bo’ladi: bo’g’inlar ancha harakatchan, bog’lash apparati oson cho’ziladi, paylari kattalarnikiga qaraganda bo’sh va kalta. SHu munosabat bilan suyakning qotishini umurtqa pog’onasi egilishlarini bog’lash bo’g’in apparat oson chњzilishini mustahkamlashni to’g’ri va o’z vaqtida yordam berish zaruriyati kelib chiqadi. Undan tashqari tana qismlari nisbatan to’g’ri rivojlantirishga, bo’yi va tana massasini boshqarishga imkon berish zarur.
Mushak tizimi tananing ayrim qismlarini ma’lum holatda mustahkamlaydi va bu holatni o’zgartiradi, ya’ni muvozanatni saqlagan holda harakatni bajaradi, shuningdek ximoya vazifasini bajaradi, suyak tizimini ichki organlar urilishlardan, sovuq oldirishdan saqlaydi.
O’quvchilarda mushaklarga nisbatan bo’sh rivojlangan va tana massasini 20-22%ini tashkil etadi. Ayniqsa, yangi tug’ilganlarda qo’l va oyoq mushaklari bo’sh, sekin qisqarib uzoq vaqt to’g’rilana olmaydilar. CHaqaloqning birinchi oylarida mushaklarning egilish tonusi to’g’rilanish tonusi yuqori bo’ladi. Bolalar mushaklarida suv ko’p bo’lib, oqsil moddalari va yog’ kam bo’ladi. Ayrim mushaklarining rivojlanishi bir tekisda bo’lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mushaklarning hamma guruhlari (tana, orqa, qorin, oyoq, qo’l, barmoq, panja, oyoq tagi, bo’yin, yuz, ko’z, hamma ichki organlar bog’lami va mushaklari)ni rivojlantirish zarur. Mushaklarning sust rivojlangan guruhlarini mustahkamlashga alohida e’tibor berish kerak.

Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling