3-mavzu: jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllari reja


Download 78 Kb.
bet4/10
Sana26.01.2023
Hajmi78 Kb.
#1123420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

Tarbiyaviy vazifalar - erta yoshdan boshlab bolalarda kun tartibiga qat’iy rioya qilish odatini, kundalik jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish odatlarini tarbiyalash muassasalarda va uyda bu mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish ko’nikmasini rivojlantirib borish zarur. Bolalarning o’z tengdoshlari va kichkintoylar bilan jismoniy mashqlarni, shu jumladan, harakatli o’yinlarni tashkil etish va o’tkazishni o’rgatib borish muhimdir.
Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, nafosat, mehnat tarbiyasini amalga oshirish uchun ko’pgina imkoniyatlar mavjud.
Jismoniy mashqlar mashg’ulotlari to’g’ri tashkil etilganda ijobiy xususiyatlarini (tashkilotchilikni, intizomlikni, mustaqillikni, faollikni) tarbiyalash uchun, axloqiy sifatlarni (rostgo’ylik, adolatlilik, dњstlik hissi, o’zaro yordam, jamoada shug’ullanish malakasi, jihozlariga yaxshi munosabat, topshiriqni bajarishga javobgarli), shuningdek, irodaviy sifatlarni (mardlik, hal qiluvchanlik, qiyinchiliklarni egnishda qat’iylik, o’z kuchiga ishonish, chidamlilik va boshqalar) namoyon etishda qulay sharoitlar yaratiladi.
Yaxshi qo’yilgan jismoniy tarbiya ko’p jihatdan o’quvchilarni aqliy rivojlanishiga, nutqini rivojlantirishga imkon beradi.
Jismoniy mashqlar mashg’ulotlarida bolalarda hamma psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash, eslab qolish, tasavvur etish va h.k), shuningdek, fikrlash jarayonlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish va h.k.) rivojlanib boradi.
O’quvchilar o’zlari egallagan bilimlari va kњnikmalarini faoliyati, mustaљillik, fikr yurituvchanlik, topqirliklarini namoyon etgan holda ijodiy foydalana olishlariga intilishlari zarur.
Jismoniy tarbiya nafosat tarbiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida go’zallikni, qaddi-qomatni, harakat ifodasini, kiyim, jismoniy tarbiya jihozlarini, atrof-muxit holatini qabul qilishga, sezish, tushunish va to’g’ri baholash qobiliyatini rivojlantirish, nafis intizomga intilish, harakat va so’zlarda uchrab qoladigan qo’pol holatga qarshi kurashni rivojlantirish zarur.
Jismoniy tarbiya jarayonida mehnatga tayyorlash amalga oshiriladi: bolalarda sog’liq mustahkamlanadi, harakat ko’nikmalari shakllanadi, mehnat uchun zarur jismoniy sifatlar, harakat ko’nikmalarini va mehnat jarayonlarini tezda egallash qobiliyati rivojlanadi. Undan tashqari, xona va maydonni jihozlash (sakrash uchun qumli chuqurchalarni qurush va h.k.) bilan sport jihozlarini tayyorlash va tiklash, (irg’itish uchun haltachalar tikish, irg’itish uchun nishonlar tayyorlash va h.k.) bilan ularni tozalikda saqlash (bolalar gimnastik devor, to’plar, tayyoqchalar, gardishlar, velosipedlar, gimnastik tushaklar va h.k. changini artishlari) bilan bog’langan holda mehnat ko’nikmalarini egallaydilar, bolalarda kattalar mehnatiga hurmat xususiyatlari oshib boradi.



Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling