3-mavzu: kasb tushunchasi va kasblarni psixologik tasniflash. Reja


Download 173.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana10.01.2023
Hajmi173.75 Kb.
#1086311
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-ma\'ruza



3-MAVZU: KASB TUSHUNCHASI VA KASBLARNI PSIXOLOGIK 
TASNIFLASH. 
REJA: 
1.Kasb tushunchasi – kasbiy psixologiyaning konseptual asosidir. 
2. Mutaxassisning kasbiy tayyorligi. 
3. Kasblarni psixologik tizimlash. 
Kasb tushunchasi – kasbiy psixologiyaning konseptual asosidir. 
 Kasbshunoslikning asosiy konseptual bosh tushunchasi- bu kasb tushunchasidar.
Kasbshunoslik adabiyotlarida kasb tushunchasining tavsifi juda koʻp. Avvalambor bu 
maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan oʻtkazuvchi va unga yashash uchun 
manba boʻlib xizmat qiluvchi mashgʻulotdir. Кasb bir xil faoliyat bilan shugʻullanuvchi kishilarni 
birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari oʻrnatiladi. 
Kasb jamiyatning mexnatga layoqatli a’zolarini ijtimoiy tashkillashtirishning aloxida shakli 
boʻlib, bunda a’zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi bilan birlashgan. 
B.Shouning fikri buyicha “Kasb - mutaxassislarning chetdagi odamlarga qarshi fitnasidir”. 
“Kasb - jamiyat uchun zarur va qadrli soha boʻlib bunda asosiy jismoniy va ruhiy kuch talab 
etiladi” bu kuchlar unga sarflangan mehnat oʻrniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar 
omili sifatida namoyon boʻladi. Bu ta’rifni yanada batafsil yoritib, E.A.Klimov kasbiy faoliyatning 
sifatli tarixiy rivojlanuvchi tizim va shaxsning oʻzini namoyon etish sohasi deb ta’riflaydi.
Yana bir ta’rifda esa “Jamiyat nuqtai nazaricha kasb bu kasbiy masalalar, kasbiy faoliyat 
shakllari va turlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari tizimi bulib, ular ish uchun muhim boʻlgan natija 
mas’uliyatlarni еtkazishni ta’minlab berishi kerak boʻladi”. 
Nisbatan toʻgʻri ta’rifni esa V.G.Makushin keltiradi, “Kasb - bu shunday faoliyatki, uning 
yordamida shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy 
manbasi boʻlib xizmat qiladi”. Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, xulosa qilib. 
Kasb mehnat faoliyatining paydo boʻlgan shakllari boʻlib, ularni bajarish uchun 
inson albatta ma’lum bilimlar va koʻnikmalarga maxsus qobiliyatlar va rivojlangan muhim kasbiy 
sifatlarga ega boʻlishlari kerak. 
“Kasb” atamasi kasbiy faoliyatning faqatgina yuqori statusli turlariga nisbatan ishlatiladi.
Boshqa faoliyat turlari mutaxassisliklarga yoki ish, mashgʻulot turlariga tegishli boʻladi. 
Milliy kasbshunoslikda “kasb” va “mutaxassislik” tushunchalari farqlanadi. 
Kasb mutaxassislikka koʻra kengroq tushuncha, kasbiy saloxiyatidan tashqari, uning muhim 
sifatlari - ijtimoiy - kasbiy saloxiyat, kasbiy avtonomiya, oʻzini nazorat qilish, guruxli mezonlar 
va qobiliyatlar hisoblanadi. Kasb odatda yaqin mutaxassisliklar guruxini birlashtiradi. Masalan, 
kasb shifokor, mutaxassisliklar - terapevt, pediatr, okulist, urolog, va hokazo kasb - muxandis, 
mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va hokazolar.
Mutaxassislik- kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yoʻli bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, 
koʻnikma va malakalar kompleksi boʻlib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum faoliyat turini 
bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik -kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi 
boʻlib, u shaxsiy yutuqlarga yoki oʻziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga 
yoʻnaltirilgan boʻladi. 
Insoniyat rivojlanishida kasbiy faoliyat uning turlari eramizgacha Misrda qadimiy Gretsiya 
(Yunoniston), Rim imperiyasi va boshqa rivojlangan davlatlarda koʻzda tutilgan.
Bugungi kunda mexnatning paydo boʻlishi sanoat inqilobi davrida boshlandi. Keyingi, 
ilmiy-texnik rivojlanish kasblar roʻyxatini yangilashga va kengayishiga olib keladi AKD rasmiy 


ma’lumotlarida 1965 yilda alifbo tartibida 21741 ta kasbga va 400 mutaxassisliklarning ta’riflari 
keltirilgan. Xalqaro kasblarni tizimlash standarti boʻyicha 1988 yilda 9333 kasb roʻyxatga olingan.
Yagona ta’rif malaka ma’lumotnomasi 7000 ga yaqin kasb va mutaxassisliklarni 
birlashtiradi. Bu maxsus hujjatlar ularning tizimli paytidagi kasbiy vaziyati aks ettiriladi. Nashrdan 
chiqgan ma’lumotnomalar esa korrektirovkaga muhtoj boʻladi, chunki kasblar dunyosi doim 
oʻzgarib turadi. 
Yangi kasblar paydo boʻladi, kasblarning xarakteri mexnat mazmuni yangilanib turadi, past 
malakali mexnat kasblari yoʻqolib boradi. Kasb nomi koʻpincha oʻtgan yillarda shakllangan 
mexnat xarakterini aks etadi. 
Oʻqituvchi sifatida siz shularni qila olishga asos qoʻyib, butun umr davomida oʻqishga 
tayyor boʻlishingiz kerak. Siz hech qachon biron-bir Talabani hamisha oʻqitmaysiz albatta, lekin 
siz ular bilan еtarli darajada tez-tez uzoq ishlashingiz, xal qiluvchi xabarni еtkazishingiz kerak: 
hayotda oʻrganiladigan narsalar koʻp - undanda yuqori; aslida biron-bir oʻqituvchi yoki maktab 
butun hayoti davomida ta’minlay oladi. Har qanday siz oʻrgatayotgan bilim oʻlchovga ega 
boʻlmaydi va samimiylik, junbushga keltiruvchi va hayron qoldiruvchi manba boʻla oladi. Bu 
umuman hayot haqidagi va xususan talabalaringiz haqida gap ketganda bu optimistik sabab boʻla 
oladi. Oʻrganish kerakligicha tushunarli boʻladi agarda u hech qachon tugamasa, hattoki agar qisqa 
muddatga yoʻnaltirilgan boʻlsa ham tezda tegishli boʻladi. 
Nimani oʻrgatishingizdan qat’iy nazar siz yangi gʻoya va qobiliyatlarni samarali bogʻlovchi 
murakkab faoliyatlarni loyihalash va instrumentlashdan qoniqish hosil qilishga tayyor boʻlishingiz 
kerak. Musobaqalashishga boʻlgan chaqiriqlar koʻplab oʻqituvchilarni jalb qiladi, negaki ular bu 
еrda toʻgʻri mushohada yurita olishlari va san’atkorliklarini eng sodda va odatiy yoʻllar bilan 
koʻrsata oladilar. Sizning talabangiz rejalashtirish va boshqarish qobiliyatingizga bogʻliq boʻladi, 
ular shuni qanday qila olishlarini ba’zida oʻzlari tasavvur qilsalar ham. Oʻqituvchilar gʻoyalarni 
qanday qilib tushunarli tushuntirishni, yangi materiallarni togʻri ketma-ketlikda va muvofiq 
tempda berishni, avval bilganlari va yangi oʻrganganlari orasidagi aloqalarni yoʻnaltirishni 
bilishda sizga muhtojdirlar. Shunga qaramay, bu qobiliyatlar mutaxassisdan butun umrini talab 
etadi, ular hatto boshlangʻich oʻqituvchilar tomonidan muvafaqqiyatli mashq qilinishi mumkin va 
ular oʻqitishning darsdan tashqari vaqtida davom ettirilib bir maromda rivojlantiriladi. 
Boshlanishidan keyin toʻgʻri boʻlishiga qaramay, oʻquv kursining aloqasi va loyihasidagi mahorat 
ishning asosiy “daromad”laridan biridir. 
Maxsus maqsadli oʻqitishni oʻrgatishdan soʻng, siz buni avvalgi oʻylaganlarizga qaraganda 
farqli tushunganingizni bir necha marotaba tasavvur qildingiz. Ish har doim bir xil boʻlib 
qolavermaydi u davomli ravishda rivojlanib boradi. Oʻqitishda qanchalik uzoq qolsangiz, 
yangiliklar bilan bogʻliq kasbingiz boʻladi. 
1979 yildan buyon Ekaterinburg shaxrida kasb bilim yurtlari uchun mutaxassislar 
tayyorlanadi - ya’ni muxandis - pedagoglar ammo rasmiy ma’lumotnomalarda bunday kasb yoki 
mutaxassislik mavjud emas. Bunday masalalarni koʻp keltirish mumkin. Kasbiy faoliyatning 
samaradorligi shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy 
tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va jismoniy sogʻligi hamda holati, undagi 
mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati talablariga mosligi darajasi tushuniladi. 
Mashxur rus psixologi K.K.Platonov mutaxassisning kasbiy tayyorligi bu oʻzining muayyan 
kasbiy faoliyatini bajarishga qodir va tayyorgarlik koʻrgan deb hisoblovchi va uni bajarishga 
intiluvchi shaxsning sub’yektiv holatidir – deb hisoblangan. 
Mutaxassisning kasbiy tayyorligi murakkab koʻp darajali va koʻrinishli tizimli psixik 
shaklga ega boʻlib, birinchi navbatda odamning shaxsiy koʻrinishi asosiy oʻrin egallaydi. Shu bilan 


birga, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli darajada jismoniy sogʻlikni kasbiy faoliyat 
uchun zarur boʻlgan jismoniy sifatlar shakllanganligi va rivojlanganligini talab qiladi.Chunki har 
qanday kasbiy faoliyat insonning qandaydir kuch jismoniy energiya sarflashini koʻzda tutadi. 
Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita oʻzaro bogʻliq boʻlgan tomonlarni koʻrsatish 
maqsadga muvofiq. Bu oʻzaro bogʻliqlik tomonlar psixologlar M.I.Dyachenko va 
A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib ular quyidagilardan iborat: 
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga salohiyatli tayyorligi quyidagilardan iborat boʻladi: kasbiy 
faoliyatning psixik asoslari, bilim, koʻnikma, malakalar kasb uchun muhim hisoblanadi, 
shaxsning sifatlari va uning munosabati, mazmun va qadriyatlari, afzalliklari hamda 
umuman shaxsning zarur boʻlgan kasbiy imkoniyatlari darajasi; 
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi. 
Mutaxassisning kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi, oʻzgaruvchanligi, 
xar qanday holat va sharoitda aniq masalalarni echish, mutaxassisning ruhiy va 
jismoniy holati, jamoadagi ma’naviy psixologik muxitga bogʻliqligi bilan ifodalanadi. 
Mutaxassisning 
bevosita 
psixologik 
tayyorgarligi 
dastlabki 
tayyorgarlikni 
faollashtirish natijasi sifatida ishtirok etadi. Mutaxassisning kasbiy faoliyatga dastlabki 
saloxiyatli tayyorligi bevosita ayni vaqtdagi tayyorligining asosi hisoblanadi. Shuning uchun 
mutaxassisni oliy oʻquv yurtida tayyorlash unda kasbiy faoliyat uchun еtarli boʻlgan sifatlarni 
shakllantirish lozim. Ba’zi vaqtlarda xatto kasbiy masalalarni xal etishga yaxshi tayyorgarlik 
koʻrgan mutaxassis ham zarur paytda kerakli faoliyat uchun tayyor boʻlmay qolishi 
mumkin, ya’ni kasbiy xulqi va faoliyatini ruhiy boshqarish еtarli darajada boʻlmaydi. 
Bunday holatda faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirib boʻlmaydi, samarasiz boʻladi. 
Koʻrinib turibdiki, mutaxassisning kasbiy tayyorligi unda kasbiy bilimdonlikni kerakli darajasini 
kasbiy maxoratini hamda uzini boshqarish, oʻzini kerakli faoliyatga yoʻnaltirishga oʻzining 
kasbiy (ma’naviy shaxsiy va jismoniy) imkoniyatlarini xal etishga yoʻnaltira bilish qobiliyati 
mavjudligini nazarda tutadi. 
Mutaxassisning kasbiy tayyorligining asosiy va eng murakkab tomoni (psixologiktomoni) 
- mutaxassis ruhiyatining kasbiy tayyorgarligi hisoblanadi. Bu mutaxassis psixikasi ruhiy 
kuchlarining kasbiy masalalarini xal etishga uzining vazifalarini bajarishga tayyorligi va 
yoʻnalganligi darajasidir.  
Mutaxassis ruhiyatining kasbiy tayyorligining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan 
iborat: - yoʻnaltiruvchi intellektual bilish. Bu tarkibiy qismi mutaxassis shaxsining bilish soxasini 
oʻz ichiga oladi: kasbiy idrokini, fikrlashi, tasavvur, xotirasi, diqqatini va ular birgalikda 
mutaxassis shaxsining kasbga intellektual tayyorligini tashkil etadi. 
Mutaxassisning motivatsion tayyorligining asoslari oʻz kasbi mutaxassisligini tushuna 
olishi; oʻzida pozitiv munosabatni tarkib toptira olishi, oʻzini baholay olishi, bilish faoliyatiga 
qiziqishlari hisoblanadi. Oliy oʻquv yurti sharoitlarida mutaxassisni tayyorlashda kasbiy faoliyatga 
motivatsion tayyorligi talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga va ta’lim olish jarayonida 
oʻzini rivojlantirishga mavjud motivatsion doiraning yoʻnaltirilganligida namoyon boʻladi. - 
ijrochilik. Bu tarkibiy qismi kasbiy maxoratni (bilim, malaka, koʻnikmalar) kasbiy xulq odatlari 
kabi muhim kasbiy sifatlarning toʻplami,kasbiy qobiliyatlarni rivojlanganlik darajasi va 
mutaxassisning irodaviy tayyorligi uning xulqi va faoliyati davomida oʻzini boshqarishga 
qodirligi, operatsional funksiyali tayyorgarlikni oʻz ichiga oladi. 

Download 173.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling