3-mavzu: kasb tushunchasi va kasblarni psixologik tasniflash. Reja
Download 173.75 Kb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasb tushunchasi – kasbiy psixologiyaning konseptual asosidir.
3-MAVZU: KASB TUSHUNCHASI VA KASBLARNI PSIXOLOGIK TASNIFLASH. REJA: 1.Kasb tushunchasi – kasbiy psixologiyaning konseptual asosidir. 2. Mutaxassisning kasbiy tayyorligi. 3. Kasblarni psixologik tizimlash. Kasb tushunchasi – kasbiy psixologiyaning konseptual asosidir. Kasbshunoslikning asosiy konseptual bosh tushunchasi- bu kasb tushunchasidar. Kasbshunoslik adabiyotlarida kasb tushunchasining tavsifi juda koʻp. Avvalambor bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan oʻtkazuvchi va unga yashash uchun manba boʻlib xizmat qiluvchi mashgʻulotdir. Кasb bir xil faoliyat bilan shugʻullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari oʻrnatiladi. Kasb jamiyatning mexnatga layoqatli a’zolarini ijtimoiy tashkillashtirishning aloxida shakli boʻlib, bunda a’zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi bilan birlashgan. B.Shouning fikri buyicha “Kasb - mutaxassislarning chetdagi odamlarga qarshi fitnasidir”. “Kasb - jamiyat uchun zarur va qadrli soha boʻlib bunda asosiy jismoniy va ruhiy kuch talab etiladi” bu kuchlar unga sarflangan mehnat oʻrniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon boʻladi. Bu ta’rifni yanada batafsil yoritib, E.A.Klimov kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi tizim va shaxsning oʻzini namoyon etish sohasi deb ta’riflaydi. Yana bir ta’rifda esa “Jamiyat nuqtai nazaricha kasb bu kasbiy masalalar, kasbiy faoliyat shakllari va turlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari tizimi bulib, ular ish uchun muhim boʻlgan natija mas’uliyatlarni еtkazishni ta’minlab berishi kerak boʻladi”. Nisbatan toʻgʻri ta’rifni esa V.G.Makushin keltiradi, “Kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbasi boʻlib xizmat qiladi”. Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, xulosa qilib. Kasb mehnat faoliyatining paydo boʻlgan shakllari boʻlib, ularni bajarish uchun inson albatta ma’lum bilimlar va koʻnikmalarga maxsus qobiliyatlar va rivojlangan muhim kasbiy sifatlarga ega boʻlishlari kerak. “Kasb” atamasi kasbiy faoliyatning faqatgina yuqori statusli turlariga nisbatan ishlatiladi. Boshqa faoliyat turlari mutaxassisliklarga yoki ish, mashgʻulot turlariga tegishli boʻladi. Milliy kasbshunoslikda “kasb” va “mutaxassislik” tushunchalari farqlanadi. Kasb mutaxassislikka koʻra kengroq tushuncha, kasbiy saloxiyatidan tashqari, uning muhim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy saloxiyat, kasbiy avtonomiya, oʻzini nazorat qilish, guruxli mezonlar va qobiliyatlar hisoblanadi. Kasb odatda yaqin mutaxassisliklar guruxini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor, mutaxassisliklar - terapevt, pediatr, okulist, urolog, va hokazo kasb - muxandis, mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va hokazolar. Mutaxassislik- kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yoʻli bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, koʻnikma va malakalar kompleksi boʻlib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik -kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi boʻlib, u shaxsiy yutuqlarga yoki oʻziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Insoniyat rivojlanishida kasbiy faoliyat uning turlari eramizgacha Misrda qadimiy Gretsiya (Yunoniston), Rim imperiyasi va boshqa rivojlangan davlatlarda koʻzda tutilgan. Bugungi kunda mexnatning paydo boʻlishi sanoat inqilobi davrida boshlandi. Keyingi, ilmiy-texnik rivojlanish kasblar roʻyxatini yangilashga va kengayishiga olib keladi AKD rasmiy ma’lumotlarida 1965 yilda alifbo tartibida 21741 ta kasbga va 400 mutaxassisliklarning ta’riflari keltirilgan. Xalqaro kasblarni tizimlash standarti boʻyicha 1988 yilda 9333 kasb roʻyxatga olingan. Yagona ta’rif malaka ma’lumotnomasi 7000 ga yaqin kasb va mutaxassisliklarni birlashtiradi. Bu maxsus hujjatlar ularning tizimli paytidagi kasbiy vaziyati aks ettiriladi. Nashrdan chiqgan ma’lumotnomalar esa korrektirovkaga muhtoj boʻladi, chunki kasblar dunyosi doim oʻzgarib turadi. Yangi kasblar paydo boʻladi, kasblarning xarakteri mexnat mazmuni yangilanib turadi, past malakali mexnat kasblari yoʻqolib boradi. Kasb nomi koʻpincha oʻtgan yillarda shakllangan mexnat xarakterini aks etadi. Oʻqituvchi sifatida siz shularni qila olishga asos qoʻyib, butun umr davomida oʻqishga tayyor boʻlishingiz kerak. Siz hech qachon biron-bir Talabani hamisha oʻqitmaysiz albatta, lekin siz ular bilan еtarli darajada tez-tez uzoq ishlashingiz, xal qiluvchi xabarni еtkazishingiz kerak: hayotda oʻrganiladigan narsalar koʻp - undanda yuqori; aslida biron-bir oʻqituvchi yoki maktab butun hayoti davomida ta’minlay oladi. Har qanday siz oʻrgatayotgan bilim oʻlchovga ega boʻlmaydi va samimiylik, junbushga keltiruvchi va hayron qoldiruvchi manba boʻla oladi. Bu umuman hayot haqidagi va xususan talabalaringiz haqida gap ketganda bu optimistik sabab boʻla oladi. Oʻrganish kerakligicha tushunarli boʻladi agarda u hech qachon tugamasa, hattoki agar qisqa muddatga yoʻnaltirilgan boʻlsa ham tezda tegishli boʻladi. Nimani oʻrgatishingizdan qat’iy nazar siz yangi gʻoya va qobiliyatlarni samarali bogʻlovchi murakkab faoliyatlarni loyihalash va instrumentlashdan qoniqish hosil qilishga tayyor boʻlishingiz kerak. Musobaqalashishga boʻlgan chaqiriqlar koʻplab oʻqituvchilarni jalb qiladi, negaki ular bu еrda toʻgʻri mushohada yurita olishlari va san’atkorliklarini eng sodda va odatiy yoʻllar bilan koʻrsata oladilar. Sizning talabangiz rejalashtirish va boshqarish qobiliyatingizga bogʻliq boʻladi, ular shuni qanday qila olishlarini ba’zida oʻzlari tasavvur qilsalar ham. Oʻqituvchilar gʻoyalarni qanday qilib tushunarli tushuntirishni, yangi materiallarni togʻri ketma-ketlikda va muvofiq tempda berishni, avval bilganlari va yangi oʻrganganlari orasidagi aloqalarni yoʻnaltirishni bilishda sizga muhtojdirlar. Shunga qaramay, bu qobiliyatlar mutaxassisdan butun umrini talab etadi, ular hatto boshlangʻich oʻqituvchilar tomonidan muvafaqqiyatli mashq qilinishi mumkin va ular oʻqitishning darsdan tashqari vaqtida davom ettirilib bir maromda rivojlantiriladi. Boshlanishidan keyin toʻgʻri boʻlishiga qaramay, oʻquv kursining aloqasi va loyihasidagi mahorat ishning asosiy “daromad”laridan biridir. Maxsus maqsadli oʻqitishni oʻrgatishdan soʻng, siz buni avvalgi oʻylaganlarizga qaraganda farqli tushunganingizni bir necha marotaba tasavvur qildingiz. Ish har doim bir xil boʻlib qolavermaydi u davomli ravishda rivojlanib boradi. Oʻqitishda qanchalik uzoq qolsangiz, yangiliklar bilan bogʻliq kasbingiz boʻladi. 1979 yildan buyon Ekaterinburg shaxrida kasb bilim yurtlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi - ya’ni muxandis - pedagoglar ammo rasmiy ma’lumotnomalarda bunday kasb yoki mutaxassislik mavjud emas. Bunday masalalarni koʻp keltirish mumkin. Kasbiy faoliyatning samaradorligi shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va jismoniy sogʻligi hamda holati, undagi mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati talablariga mosligi darajasi tushuniladi. Mashxur rus psixologi K.K.Platonov mutaxassisning kasbiy tayyorligi bu oʻzining muayyan kasbiy faoliyatini bajarishga qodir va tayyorgarlik koʻrgan deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning sub’yektiv holatidir – deb hisoblangan. Mutaxassisning kasbiy tayyorligi murakkab koʻp darajali va koʻrinishli tizimli psixik shaklga ega boʻlib, birinchi navbatda odamning shaxsiy koʻrinishi asosiy oʻrin egallaydi. Shu bilan birga, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli darajada jismoniy sogʻlikni kasbiy faoliyat uchun zarur boʻlgan jismoniy sifatlar shakllanganligi va rivojlanganligini talab qiladi.Chunki har qanday kasbiy faoliyat insonning qandaydir kuch jismoniy energiya sarflashini koʻzda tutadi. Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita oʻzaro bogʻliq boʻlgan tomonlarni koʻrsatish maqsadga muvofiq. Bu oʻzaro bogʻliqlik tomonlar psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib ular quyidagilardan iborat: 1. Shaxsning kasbiy faoliyatga salohiyatli tayyorligi quyidagilardan iborat boʻladi: kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, koʻnikma, malakalar kasb uchun muhim hisoblanadi, shaxsning sifatlari va uning munosabati, mazmun va qadriyatlari, afzalliklari hamda umuman shaxsning zarur boʻlgan kasbiy imkoniyatlari darajasi; 2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi. Mutaxassisning kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi, oʻzgaruvchanligi, xar qanday holat va sharoitda aniq masalalarni echish, mutaxassisning ruhiy va jismoniy holati, jamoadagi ma’naviy psixologik muxitga bogʻliqligi bilan ifodalanadi. Mutaxassisning bevosita psixologik tayyorgarligi dastlabki tayyorgarlikni faollashtirish natijasi sifatida ishtirok etadi. Mutaxassisning kasbiy faoliyatga dastlabki saloxiyatli tayyorligi bevosita ayni vaqtdagi tayyorligining asosi hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassisni oliy oʻquv yurtida tayyorlash unda kasbiy faoliyat uchun еtarli boʻlgan sifatlarni shakllantirish lozim. Ba’zi vaqtlarda xatto kasbiy masalalarni xal etishga yaxshi tayyorgarlik koʻrgan mutaxassis ham zarur paytda kerakli faoliyat uchun tayyor boʻlmay qolishi mumkin, ya’ni kasbiy xulqi va faoliyatini ruhiy boshqarish еtarli darajada boʻlmaydi. Bunday holatda faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirib boʻlmaydi, samarasiz boʻladi. Koʻrinib turibdiki, mutaxassisning kasbiy tayyorligi unda kasbiy bilimdonlikni kerakli darajasini kasbiy maxoratini hamda uzini boshqarish, oʻzini kerakli faoliyatga yoʻnaltirishga oʻzining kasbiy (ma’naviy shaxsiy va jismoniy) imkoniyatlarini xal etishga yoʻnaltira bilish qobiliyati mavjudligini nazarda tutadi. Mutaxassisning kasbiy tayyorligining asosiy va eng murakkab tomoni (psixologiktomoni) - mutaxassis ruhiyatining kasbiy tayyorgarligi hisoblanadi. Bu mutaxassis psixikasi ruhiy kuchlarining kasbiy masalalarini xal etishga uzining vazifalarini bajarishga tayyorligi va yoʻnalganligi darajasidir. Mutaxassis ruhiyatining kasbiy tayyorligining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: - yoʻnaltiruvchi intellektual bilish. Bu tarkibiy qismi mutaxassis shaxsining bilish soxasini oʻz ichiga oladi: kasbiy idrokini, fikrlashi, tasavvur, xotirasi, diqqatini va ular birgalikda mutaxassis shaxsining kasbga intellektual tayyorligini tashkil etadi. Mutaxassisning motivatsion tayyorligining asoslari oʻz kasbi mutaxassisligini tushuna olishi; oʻzida pozitiv munosabatni tarkib toptira olishi, oʻzini baholay olishi, bilish faoliyatiga qiziqishlari hisoblanadi. Oliy oʻquv yurti sharoitlarida mutaxassisni tayyorlashda kasbiy faoliyatga motivatsion tayyorligi talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga va ta’lim olish jarayonida oʻzini rivojlantirishga mavjud motivatsion doiraning yoʻnaltirilganligida namoyon boʻladi. - ijrochilik. Bu tarkibiy qismi kasbiy maxoratni (bilim, malaka, koʻnikmalar) kasbiy xulq odatlari kabi muhim kasbiy sifatlarning toʻplami,kasbiy qobiliyatlarni rivojlanganlik darajasi va mutaxassisning irodaviy tayyorligi uning xulqi va faoliyati davomida oʻzini boshqarishga qodirligi, operatsional funksiyali tayyorgarlikni oʻz ichiga oladi. Download 173.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling