3-mavzu: kasb tushunchasi va kasblarni psixologik tasniflash. Reja
Download 173.75 Kb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza
Mutaxassisning kasbiy tayyorligi Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi yadrosini
shaxsning kasbiy yoʻnalganligi va kasbiy mahorati tashkil etadi. Hozirgi zamon mutaxassisining kasbiy tayyorgarligida uning kommunikativ tayyorligi alohida ahamiyatga ega. Bunday tayyorgarlik mutaxassisda odamlar bilan kasbiy muhit bilan konstruktiv va samarali oʻzaro yaqin aloqalar, xodimlar va rahbarlar bilan amaliy va shaxsiy oʻzaro munosabatlarga tayyorligi va bunday oʻzaro munosabatlarni oʻrnata olishga va rivojlantirishga qodirligini koʻzda tutadi. Shaxsning kommunikativ tayyorligi faqatgina odamning nutqiy madaniyati еtarlicha darajada rivojlanganligida soʻz va tildan toʻgʻri foydalanishni bilganidagina mavjud boʻladi. Shaxsning nutq madaniyati uning fikrlash madaniyati rivojlaganligining koʻrsatkichi hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassisning shaxsiy va kasbiy kamol topishini muhim shartlaridan biri uning kasbiy nutqiy madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi. Mutaxassisning kommunikativ tayyorligi unda empatiyani, xushmuomalalikni, doʻstonalilikni, oʻrtoqlik hissini, jamoatchilikni rivojlantirishni, kasbdoshlari bilan oʻzaro aloqalar munosabatlariga tayyorligi va qodirligini, oʻzaro munosabatlarda keraksiz keskinliklarni yuzaga keltirmaslikni, yuzaga kelgan qiyinchilikni toʻgʻri xal eta bilishni, ishda, xodimlar, kasbdoshlari bilan munosabatlarda murosaga kelishni koʻzda tutadi. Mutaxassis faoliyati muvaffakqiyatliligini yana bir muhim sharti uning kasbiy va shaxsiy jihatdan tayyorligi va qodirligi hisoblanadi. Bu yoʻnalishda uning faolligi darajasi ishtirok etadi. Kasbiy masalalarni xal etishda ham xodimlar kasbdoshlari bilan oʻzaro munosabatlarda xam oʻzini toʻla va xar tomonlama koʻrsatishga intilishdan iborat boʻladi. Mutaxassisning bunday oʻzini tashkil etish koʻp jixatdan uning muvaffaqiyatga erishish istagiga va intilishiga bogʻlik boʻladi. Zamonaviy psixologiyada muvaffaqiyat muammosiga bagʻishlangan koʻplab ishlar mavjud bulib, ularda mazkur muammo amaliy va nazariy jixatdan oʻrganilgan. Muvaffaqiyat deganda shaxsning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishishi tushuniladi. Odamning bajarayotgan ishini muvaffaqiyatliligini xis etishi ikkita xal etuvchi vaziyatlarga bogʻlik boʻladi: xaqiqiy natija va ushbu vaziyatlarda uning qiziqishlari darajasidagi natija. Ular odam oʻz faoliyatida qoʻygan maqsadlarini ifoda etish shakli sifatida ishtirok etadi. Shunga muvofiq muvaffaqiyatga erishishning vositalari, shart- sharoitlari ishlab chiqilgan boʻlib u quyidagi formula asosida beriladi. Kasbiy faoliyat jarayonida muvaffaqiyatga erishishda mutaxassisning shaxsiy xususiyatlari muhim rol oʻynadi. Hayotiy muvaffakiyatga erishish uchun zarur bulgan koʻplab shaxsiy sifatlar xaqida V.Kroford uzining “Suxbat va munozara” kitobida Konfutsiyning gʻoyasiga tayanib, doʻstonalik, donolik va botirlikni kursatadi. Muallif odamga ishida muvaffaqiyatga erishish uchun nima еtishmaslgini aniqlash uchun qiziqarli metodikani ishlab chiqdi. V.Kroford xozirgi zamon mutaxassisi muvaffaqiyatga erishish uchun kursatilgan 3 ta tushunchadan tashqari kasbiy maxorat xam kerakligini aytib oʻtdi. Xozirgi zamonaviy tadqiqotlar muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi asosiy shart- sharoitlarni ko’rsatadi: - mutaxassis oʻziga ishongan boʻlishi kerak; - maqsadga erishishga kuchli intilish kerak; - nimaga erishish istagini aniq bilishi kerak; -ishga pozitiv yoʻnalganlik; - omad aloxida muvaffaqiyatlarni koʻra bilish va shu paytda quvonch va baxtni xis etish zarur. Tadqiqotlar natijalariga koʻra odamning hayoti va kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyat oʻrtasidagi uzviy bogʻliklik borligini koʻrsatadi. Yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklarini kasblar konstruktori mutaxassisligini kiritish bilan bartaraf etish mumkin. Ular yangi kasblarni loyixalashtirish, mexnat mazmunini va maqsadini aniqlash, ma’lumot, malaka darajasi mexnat sharoiti masalalarini yangilanishlari mumkin edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling