3-mavzu: kattaliklar va birliklar tizimi
Download 42.84 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z iboralar
- SI tizimining afzalligi
3-MAVZU: KATTALIKLAR VA BIRLIKLAR TIZIMI. Reja: SI halqaro birliklar tizimi Xalqaro birliklar tizimining hosilaviy birliklari Karrali va ulushli birliklarining nomlari va belgilarini hosil qilish qoidalari Tayanch so‘z iboralar: kattaliklar, o‘lchamlik, o‘lchash birligi, kattalikning asosiy birligi, hosilaviy birligi, SI birliklar tizimi. kattaliklar, o‘lchamlik, o‘lchash birligi, kattalikning asosiy birligi, hosilaviy birligi, SI birliklar tizimi. SI halqaro birliklar tizimi 1960 yili o‘lchov va og’irliklarning XI Bosh konferentsiyasi Xalqaro birliklar tizimini qabul qilgan bo‘lib, mamlakatimizda buni SI (SI - Systeme international) xalqaro tizimi deb yuritiladi. Keyingi Bosh konferentsiyalarda SI tizimiga bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, hozirgi holati va birliklarga qo‘shimchalar va ko‘paytirgichlar haqidagi ma’lumotlar 3.1- va 3.2-jadvallarda keltirilgan. SI tizimining afzalligi 1. Bu xalqaro birliklar tizimi, demak xalqaro adabiyotlardan, texnikadan foydalanishda qulaylik yaratildi. Bu tizimning universalligi, ya’ni hamma sohada ishlatish mumkin. Birliklarni tekshirish katta aniqliklar bilan bajariladi. Hamma hosila birliklar asosiy va qo’shimcha birliklardan kelib chiqadi. Kuch bilan massa aniq ajratilgan. 2. Birliklarni va o‘lchamlarni belgilash va yozish qoidalariKattaliklarning birliklarini belgilash va yozish borasida standartlar asosida me’yorlangan tartib va qoidalar mavjud. Bu qoidalar va tartiblar GOST 8.417-81 da atroflicha yoritilgan. 3.1-jadval
Izohlar: 1. Kelvin temperaturasidan (belgisi T) tashqari t=T-To ifoda bilan aniqlanuvchi TSelьsiy temperaturasi (belgisi t) qo‘llaniladi, bu yerda ta’rifi bo‘yicha T=273,15 K. Kelьvin temperaturasi kelьvinlar bilan TSelьsiy temperaturasi - TSelьsiy graduslari bilan ifodalanadi (xalqaro va o‘zbekcha belgisi °S). O‘lchovi bo‘yicha TSelьsiy gradusi kelьvinga teng. TSelьsiy gradusi bu «kelьvin» nomi o‘rniga ishlatiladigan maxsus nom. 2. Kelьvin temperaturalarining ayirmasi yoki oralig’i kelьvinlar bilan ifodalanadi. TSelьsiy temperaturalarining ayirmasi yoki oralig’i kelьvinlar bilan ham, TSelьsiy graduslari bilan ham ifodalashga ruxsat etiladi. 3. Xalqaro amaliy temperatura belgisini 1990 yilgi xalqaro temperatura shkalasida ifodalash uchun, agar uni termodinamik temperaturadan farqlash lozim bo‘lsa, unda termodinamik temperatura belgisiga «90» indeksi qo‘shib yoziladi (masalan, T90 yoki t90) Download 42.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling