3. mavzu: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish
Download 137.85 Kb.
|
3. Kichik biznes ma\'ruza matni (3)
Qisqa xulosa yoki Rezume. Biznes-reja hujjatlarning bosh qismida keltiriladi, lekin tayyorlash jarayonida u oxirida yoziladi. Unda tadbirkor o’ylagan asosiy holatlar, biznes g’oya, xulosalar qisqa keltiriladi.
Rezumening tarkibi 3 qismdan iborat bo’lishi kerak : ■ Kirishi: loyihaning mazmunini qisqacha aks ettiruvchi reja maqsadlarini o’z ichiga oladi; ■ Asosiy mazmun: biznes-rejaning muhim elementlari va uning asosiy qismlari: faoliyat turi, talab darajasi, moliyalashtirish manbalari va jamlanmasi . ■ Xulosa: tadbirkorning kelajakdagi yutuqlari omillarini jamlaydi, tadbirkorning asosiy harakat usullarini yoritib berishi mumkin, Rezyume qisqa bo’lib, bir betga joylashsa yaxshi. Rezyume hujjatini investorga “sotuvchi”, ochqich qismi bo’lib, u shunday tuzilishi kerak-ki, u o’quvchida biznes-rejani o’qish istagini hosil qilishi kerak. Ya’ni rezyume, potensial investorlar talabi va ularning faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, soni bilan emas, sifati bilan o’ziga jalb etishi kerak. Biznes-reja tuzilishdagi birinchi qadam firma faoliyatining maqsadlarini aniqlashdan iborat. Agar firma o’sishga yo’naltirilgan bo’lsa, uning asosiy maqsadlari quyidagicha bo’ladi: • savdo umumiy hajmini......gacha yoki.....marta ko’paytirish; • firma ulushini mavjud bozorlarda .... gacha yoki......marta oshirish; Agar firma ishlab chiqarish hajmining o’sish sur’atlarini inobatga olmasa, uning asosiy maqsadlari quyidagilar bilan bog’liq bo’lishi mumkin: • sof daromadning o’sishi bilan; • mahsulot sifatini oshishi bilan; • yordamchi va servis xizmatlar ulushining o’sishi bilan. Xizmatlar / mahsulotlar ta’rifi. Tadbirkor ham, uning investorlari ham bozorga qanday xizmatlar va mahsulotlar taklif etish rejalashtirayotganini aniq bilishi kerak. Yani biznes-reja bo’lajak tadbirkorning to’liq ta’rifini o’z ichiga olishi kerak. Tovarga (mahsulot, xizmatga) ta’rif berishda quyidagi ma’lumot bo’lishi kerak: ■ mahsulotning aniq tarifi va uni qo’llash usullari. Bunda tovar xususiyatlari potensial xaridorlar talablari bilan bog’liq bo’lishi kerak. • tanlangan tovarni qo’llash tendensiyasi (vaqt o’tishi bilan uning iste’moli oshib boradimi yoki kamayadimi, uni qo’llashni yangi imkoniyatlari mavjudmi?) O’z mahsulotining hayotiy siklini firma qay ko’rinishda ko’radi? • raqobatchilar tomonidan taklif etilayotgan shunday mahsulotlar, xizmatlar ko’lami qanday? Tanlangan tovar raqobatchilar modeli bilan qiyoslaganda noyoblikka egami, bozor (iste’molchi) noyoblik ustuvorligini talab etadimi, mahsulot o’ziga xosliginichi? • tovarning himoya darajasi qanday, ya’ni tadbirkor patentga, mualliflik huquqiga, ro’yxatga olingan tovar markasiga egami? Agar tovar sotilish xususiyatlariga ko’ra - davriy yoki mavsumiy bo’lsa - buni alohida ko’rsatib o’tish kerak (avtomobil - davriy tovar, bolalar chanasi - mavsumiy). Ishlab chiqarish jarayonining ta’rifi. Bu bo’limni yozishning asosiy qoidasi shundan iborat: bayon imkon qadar sodda bo’lishi kerak va texnik jargondan iloji boricha kamroq foydalanish kerak, chunki bu bo’limni asosan maxsus muhandislik ma’lumoti yo’q kishilar o’qiydi. Shu bilan birgalikda kredit beruvchi tashkilot xodimlarini qiziqtirmaydi deb bo’lmaydi - biznes-rejada ishlab chiqarishning asosiy komponentlari bayon etilgan bo’lishi kerak. Ishlab chiqarishning rejasi texnik ta’rifdan tashqari ishlab chiqarishning iqtisodiy xarajatlari hisobini ham o’z ichiga olishi kerak. Bundan tashqari quyidagi savollarga javob berilishi kerak: • Ishlab chiqarish va texnologiyalarning asosiy metodlari qanday? • Ishlab chiqarish jarayonining umumiy tarkibi, tovar ishlab chiqarish bo’yicha operatsiyalar jarayoni qanday? Operatsiyalarda ustivorlikka erishish mumkinmi? Ishlab chiqarish jarayoni tizimini ishlab chiqarish oqimi sxemalari yordamida ko’rsatish yaxshiroq. • Qanday xomashyo va materiallar zarur? Firmaning asosiy tashkilotchilari kim? Ularning nomi manzilini ko’rsatish lozim. • Salbiy omillar (zaif joylar) aniqlanganmi? Ular, u yoki bu operatsiyalarga sarflanadigan vaqt yoki ta’minotchilar bo’lishi mumkin. • Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qanday kuchlar zarur? Korxonada ushbu kuchlar mavjudmi? Ularni kengaytirish, malakasini oshirish rejasi bormi va ular biznes reja bosqichlari bilan bog’liqmi? • Korxona ishlab chiqarish ko’lami samarasiga umid bog’lashi mumkinmi? Ko’zda tutiladigan chiqimlar tarkibi qanday? • Ishlab chiqarish operatsiyalarini amalga oshirayotganda ko’zda tutilmagan vaziyatlar va ularni takrorlanishi qanchalar tez-tez uchraydi? • Sifat nazorati qanday amalga oshiriladi? • Mavjud va zarur uskunalar ro’yxati, uni tanlash qanday amalga oshiriladi? • Ishlab chiqarish qayerda joylashadi? Geografik sharoitlar va joylashgan o’rniga ko’ra ishlab chiqarishga bo’lgan talablar qanday?. • Ishlab chiqarishni yuritish uchun bugun va ertaga zarur bo’lgan ishchi kuchi qanday? Ishchilar malakasi uskunalar imkoniyati va xususiyatlariga mos keladimi? Muvaffaqiyat qozonish uchun firma o’z tovariga samarali bozor yaratish kerak. Bunday bozor yaratishning asosiy qadamlarini biznes-rejaning marketing bo’limi yoritib beradi. Shunchaki yaxshi mahsulot yaratish, yorqin texnik innovatsiyani taklif etish kamlik qiladi. O’z mahsulotiga to’lov qobiliyati talabini yaratish, to’lay oladigan kishilarni jalb etish va mahsulotga xaridorlarini zabt etish kerak bo’ladi. O’zbekiston tadbirkorlarida marketingga bo’lgan munosabat hozircha yaxshi shakllanmagan. Marketing faoliyatining muhim an’anaviy elementlari orasida reklama ustuvorlik qiladi. Binobarin marketing rejasini tuzish juda zarur. Biznes-rejaning marketing bo’limi quyidagilar uchun kerak: • Tadbirkor firma marketing faoliyati strategiyasini, asosiy maqsad va vazifalarini tushunishi kerak; • Firma marketing bo’limi xodimlari mahsulotlarining o’z bozorini yaratish va o’rganishda rejadan yo’riqnoma sifatida foydalanish mumkin bo’lsin; • Investorlar bozorning yetarlicha istiqboliga va hajmligiga ishonch hosil qilsinlar; Marketing rejasi marketingning barcha elementlarini qamrab olish va quyidagi savollarga javob berishi lozim: • Korxona mo’ljallagan bozor tarmog’idagi xaridorlarning asosiy talablari qanday? Ushbu bozorning asosiy segmentlari qanday, ya’ni daromad darajasi, demografik belgilari, o’zini tutish holati bo’yicha xaridorlar guruhi qanday? Korxona marketingning elementlaridan qay birini nazarda tutib ish olib bormog’i kerak? • Korxona mavjud bozorning segmentida qanday o’ringa da’vogar bo’lishi mumkin? Bozorda o’z o’rnini aniqlagach, firma raqiblarini siqib chiqarishni ko’zlaydimi? O’xshash tovarlar taklif etadimi yoki o’z o’rnini topishga harakat qiladi-mi? • Firma mahsulotlariga narx o’rnatishda asosiy metodika qanday bo’ladi? Tanlangan narx firma uchun qanday sof foyda keltiradi? • Firma mahsulot tarqatishning qanday kanallarini qo’llaydi? Ulgurji yoki chakana savdogarlar xizmatidan foydalaniladimi yoki vositachilarsiz to’g’ridan-to’g’ri iste’molchiga mahsulot taklif etadimi? (masalan, firma magazin-salonlari orqali sotish). U yoki bu vositachilarni tanlash nima bilan asoslangan? • O’z mahsuloti sotuvini rag’batlashtirish uchun firma qanday choralar o’llaydi? Rag’batlashtirish usullaridan qay birini qo’llashni nazarda tutadi? Mahsulotlarni savdosini kengaytirishni ko’tarilishini moliyalashtirish uchun byudjet qanday aniqlanadi? Jamoatchilik bilan aloqa bo’limi tashkil etiladimi? • Firma o’z mahsulotiga texnik kafolat tuzilishini qo’llaydimi? Savdodan keyingi servisni tashkil etishni qanday rejalashtiradi? “Moliyaviy reja”ning maqsadi. Tashkilot va loyiha faoliyatini moliyaviy natijalarini birlashtirib aks ettiruvchi biznes rejaning qismi. Moliyaviy rejada oldingi yillarning moliyaviy ma’lumotlarini ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Taqdim etilayotgan loyihalar uchun asos bo’lgan barcha taxminlarni aniq shaklda bayon etish zarur. Moliyaviy rejada kompaniya rivojlanishining mumkin bo’lgan optimistik va pessimestik senariylarini ko’rsatib o’tish mumkin. Biznes rejaning "Moliyaviy reja" qismida ishni bajarish jadvali va uni amalga oshirish uchun talab qilinadigan moliyaviy resurslarni (rejalashtirilgan manbalar va moliyalashtirish sxemasi, zayomchila rjavobgarligi va kafolat tizimi, kreditlarni to’lash jadvali) va sarf-xarajatlarning to’liq sxemasini ko’rsatib o’tish kerak. Moliyaviy rejaga pul manbalarining harakati haqidagi hisobot, foyda va kamomad haqidagi hisobot, loyihaning samaradorligi ko’rsatkichi (ichki foyda normasi, o’zini qoplash muddati, rentabillik me’yori, zararsizlik nuqtasi) kiritiladi. Moliyaviy reja qismining tuzilishida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim: Tayyorlov bosqichi • Asosiy davr; • Kirimlar hisobi; • Kredit bilan bog’liq xizmatlar; • Soliq to’lovlari; • Boshqa kirimlar va to’lovlar; • Realizatsiya hajmlarining prognozi; • Daromad va xarajatlar haqidagi hisobot; • pul mablag’lari harakatining rejasi; • Taxmin qilinayotgan balans. Boshqaruv. Loyihaning samaradorligi kompaniyaning top-menejmentiga bog’liq. Bu bo’limga asosiy mutaxassislar va rahbarlar tarkibini shakllantirish, korxonaning tashkiliy tuzilishi va loyihani amalga oshirish muddati, rahbariyat tarkibini asoslash usullari yoritiladi. Bu bo’limda korxonaning asosiy qatnashchilarini qisqacha tanishtirish (tadbirkor, uning hamkorlari, investorlar, direktorlar kengashi a’zolari, asosiy vazifalarni bajaruvchi xodimlar va x.k) ichki aloqalarni ko’rsatuvchi korxonaning tashkiliy sxemasini keltirish, korxona doirasida javobgarlik va ma’suliyatlarni ko’rsatish kerak. Biznes-rejaning yutug’i mazmunigagina emas, balki uning bezagi va adabiy uslubiga ham bog’liq. Didsiz bezalgan, savodsizlarcha tuzilgan, juda maqtab yuborilgan, yoki aksincha, juda qisqa biznes-reja kutilgan natijani bermasligi mumkin. Biznes-rejalashtirish bo’yicha mutaxasislar biznes-rejani tuzish va bezash bo’yicha quyidagi qoidalarga amal qilishni maslahat beradilar: ■ Takliflar qisqa, lo’nda, ravon bo’lishi kerak. So’zlarni behuda sarflab "chiroyli" yozishga xojat yo’q, matnga haddan tashqari ko’p his-tuyg’ularni qo’shish kerak emas. Ko’p ma’noli, yoyiq fikrlardan foydalanmaslikka maslahat beriladi. O’quvchi akademik ilmiy insho tarzda yozilgan biznes rejani uncha yaxshi qabul qilmaydi. ■ Texnik jargondan foydalanishga yo’l qo’ymaslik kerak. O’quvchi, muallif yozayotgan predmetini yaxshi o’zlashtirmagan degan xulosaga kelishi mumkin. Aniq va tushunarli iboralar muallifning ishini chuqur anglashini bildiradi. ■ Biznes-reja faqat ishga taalluqli ma’lumotni o’z ichiga olishi kerak. ■ Mazkur biznes bilan bog’liq bo’lmagan sohalar yoki sof nazariyaga, ekskurslarga kirishib ketmaslik lozim. Masalan, o’z mahsulotining davriy sotilishi xarakterini ko’rib chiqayotib ishchi davriy nazariyani to’laligicha bayon etishi shart emas. ■ Biznes-rejada keltirilgan g’oyalar haddan tashqari balandparvoz bo’lmasligi kerak. Bo’lajak yutuqlar chegarasini, reklama maqsadida bo’lsa ham, real biznes imkoniyatlarini hisobga olmasdan turib, oshirib bo’lmaydi. Potensial investor banklar, davlat, venchur kompaniyalar ko’pincha ishning haqiqiy ahvoli bilan yaxshi tanish bo’ladilar. Ayniqsa, firmaning bozorda rejalashtirilgan ulishi, o’sish kelajagi va bozor haqidagi ma’lumotlar aniq va yaxshi asoslangan bo’lishi kerak. ■ Reja holatini aniqlashda fotosuratlar, diagramma, jadvallar juda yaxshi yordam beradi. Bu manbalardan to’g’ri foydalanish biznes-reja haqidagi taasurotni kuchaytiradi. ■ Rejaning aniq tarkibiga ham e’tibor qaratish lozim. Material qisqa, yaxshi ajratilgan paragraflarga bo’lingan bo’lishi kerak. Biznes rejaning har xil qismlarini ifodalash uchun turli ranglar, shrift namunalarini qo’llash mumkin. Yaxshi tuzilgan va bezatilgan material oson o’qiladi va diqqat markaziga tez tushadi. Sizning biznes-rejangiz umumiy fonda ajralib turishi lozim. ■ Biznes-rejaning muhim fikrlar va asosiy xulosalarni alohida ajratish kerak. ■ Biznes-rejaning asosiy bo’limlarini turli hajmli ma’lumotlar bilan og’irlatishi kerak emas. Agar qo’shimcha ma’lumot darhaqiqat zarur bo’lsa, ishning mohiyatini ochib bersa, uni biznes-rejadan chiqarib tashlash shart emas. Bunday ma’lumotni yaxshisi “Ilova” qismiga kiritish kerak, toki qo’shimcha ma’lumot olishni istovchi o’quvchilar topib o’qisinlar. ■ Biznes-reja ustida ishlash uchun vaqtni to’g’ri tanlay bilishi lozim, bu mashg’ulot katta e’tiborni talab etadi. ■ Biznes-rejani barcha ishlar bir tekis ketayotganda, jiddiy muammolar yo’qligida yozish kerak. ■ Biznes rejani tuzishda korxona faoliyatini rejalashtirishning turli usullari mavjudligini unutmaslik kerak. Biznes rejaning asosiy bo’limlarini belgilashda korxona yoki firma faoliyatida har xil o’zgarishlar yuz berishi va ularga firma moslashishi lozimligi hisobga olinishi kerak. • Agar umumiy hajmi 100 betdan oshmasa, biznes-rejani maqbul deb atash mumkin. • Agar biznes-reja mavjud korxonaning diversifikatsiyasi va rivojlanish maqsadi uchun tuzilayotgan bo’lsa, u asosiy operatsiyalar rejalashtirilayotgan o’zgarishlar natijasida ziyon ko’rmaydimi degan savolga javob berishi kerak. Biznes rejaning yuqoridagi bo’limlaridan tashqari yana qo’shimcha ravishda quyidagi axborotlarni keltirish mumkin, ya’ni moliyaviy mablag’lar va majburiyatlar, foyda va zararlar hisoboti, moddalar bo’yicha xarajatlar va h.k lar. Xulosa qilib aytganda, yaxshi tuzilgan biznes reja korxona (firma) ning holatini chuqur tahlil qiladi hamda uning kelajakdagi rivojlanishiga xolisona va ob’yektiv baho beradi. Download 137.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling