3. mavzu: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish


Download 137.85 Kb.
bet1/7
Sana22.06.2023
Hajmi137.85 Kb.
#1648997
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3. Kichik biznes ma\'ruza matni (3)


3.MAVZU: KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINI REJALASHTIRISH

  1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.

  2. Kichik biznes subyektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan ro‘yxatdan o‘tkazish.

  3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qayta tashkil etish va yopish tartibi.

Tayanch so’z va iboralar: rejalashtirish, biznes reja, bevosita va bilvosita xarajatlar, iqtisodiy samaradorlik, intensiv o’sish, ekstensiv o’sish.
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Har qanday faoliyat kelajagi bevosita o’zining oldindan tuzilgan rejasiga asoslangan bo’ladi. Biznesda rejalashtirishning yoki uning moddiy ko’rinishi bo’lmish biznes rejaning zarurati shundaki, amalga oshirilishi lozim bo’lgan faoliyatning har bir siklida u tadbirkorga oldindan belgilab olingan yo’nalishni ko’rsatuvchi “kompas” vazifasini bajarib beradi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishda reja tuzishning har bir tarmoqda o’z uslub va qonuniyatlari mavjud edi. Misol uchun texpromfinplan, stroyfinplan, transfinplan va boshqa shu kabi rejalar o’zining ahamiyatini bugungi kunda to’laligicha, biznes rejaga bo’shatib berdi. Bu bilan biznesning haqiqiy maqsadi va vazifasi ,umuman olganda biznes falsafasi aynan shu biznes reja asosida amalga oshirilishi va shu natijalarga erishish yuzaga kela boshladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, qo’shma korxonalar tuzish, korxonalarni ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish, mustaqil ishlab chiqilgan yangi loyihalarni, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy biznes rivojlanishi bilan bog’liqdir.
Bozor munosabatlari rivojlangani sari rejaning ahamiyati ham tobora ortib boradi. Tijorat g’oyasini rejasiz amalga oshirib bo’lmasligini bugungi kunda har bir tadbirkor anglab etgan.
Yaxshi ishlab chiqilgan biznes reja firmaning mahsulot yoki xizmat ko’rsatishida o’sib borishni ta’minlaydi, uning istiqbollarini yaratish, belgilab olish, yangi tovar va xizmatlarni yaratish va bozorda o’z mavqeiga ega bo’lish kabi maqsadlarga erishishga yordam beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznes rejaning ahamiyati katta, chunki ko’pgina firma va tashkilotlarda biznes rejani bozorni o’rgangan holda, ya’ni iste’molchilarning talabi va taklif hamda mahsulotni ishlab chiqarishi tushiladi.
Biznes reja tadbirkorlik faoliyati ko’rsatayotgan korxona yoki firmalarning kelgusi davrda ishonchli asosi hisoblanadi. Biznes rejada barcha biznesga oid moliyaviy hujjatlar, firma tarixi, rivojlanish tajribalari va yo’l qo’yilgan holatlar ilova qilingan bo’ladi. Agarda bu biznes yangi tashkil etilgan bo’lsachi?, degan savol tug’ilishi tabiy albatta. Bu jarayonda esa ko’proq e’tibor marketing tadqiqotlariga qaratiladi. Ya’ni biznes reja nafaqat faoliyatni kengaytirish, balki yangi biznes boshlovchi uchun ham eng qulay vosita hisoblanadi.
Biznes rejani Yevropa iqtisodchilari “key of success” ya’ni “omad kaliti” deb ta’riflashadi. Uning yordamida sizu biz davlatga, boylikka ega bo’lishimiz mumkin. Biznes reja korxonaning faqat ichki ichki hujjatigina bo’lib qolmay, balki undan investorlar va kreditorlarni taklif qilishda ham foydalanish mumkin. Har qanday investor tavakkal qilib sarmoya berishdan avval loyihaning sinchiklab ishlab chiqilganligiga ishonch hosil qilishlari va uning samarali ekanligidan xabardor bo’lishi lozim. Bozor iqtisodiyotida biznes reja tadbirkorning shundayin ish hujjatiga aylanib bormoqdaki, bu biznesga kirganiga hali ko’p vaqt bo’lmagan tadbirkorning samarali ish yuritishiga sabab bo’lmoqda. Biznes reja doimiy ravishda yangilanib boriladigan va firma ishida ham umuman iqtisodiy sharoitlarga qarab ro’y bergan o’zgarishlarga kiritiladi. U firmaning muayyan bozordagi faoliyatini aniq bir yo’nalishini o’rganish maqsadida o’tkaziladigan tadqiqotlar va tashkiliy ishning natijasi bo’lgan munosabati bilan u quyidagilarga asoslanadi:
1.Ma’lumotlarni aynan bir tovarni yoki ish va xizmatni ishlab chiqishga qaratish;
2.Firmaning zaif va kuchli tomonlarini aniqlab olish maqsadida o’tkaziladigan tahlil;
3.Aniq vazifalarni amalga oshirish uchun qo’llaniladigan moliyaviy va iqtisodiy, texnik va tashkiliy mexanizmlarga .
Iqtisodchi olimlardan Gustav Berl biznes rejaga quyidagicha ta’rif bergan: “Biznes reja sizning biznesingizni yashashining asosidir, bu biznesingizni gullab yashnab ketishi uchun tanlanadigan yo’l xaritasi, o’z korxonangiz qurilishi uchun zarur bo’lgan asosiy hujjat va shuningdek bankdan kredit olish imkoniyatini yaratuvchi kalitdir”.1
Mohiyatan olib qaralganda biznes reja asosan amaliyotda quyidagi holatlarda ishlatilmoqda.
Bular :
• Yangi biznesni boshlash uchun ;
• Mavjud biznes faoliyatini kengaytirish uchun;
• Biznes faoliyatini boshqa shaxsga o’tkazish yoki sotish uchun.
• Ssuda olish uchun.
Amaliyotda aksariyat holatda faqat birinchi va oxirgi bandlarni muhim deb hisoblaydilar. Lekin shuni unutmaslik lozimki, faqat dastlabki mablag’ni topish bilan rivojlangan firma bo’lib yetishish mumkin emas. Mamalakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun biznes rejaning muhimligi quyidagi uchta vaziyat bilan belgilanadi:
Birinchidan, iqtisodiyotimizda yangi tadbirkorlar avlodining vujudga kelishi. Ularning ko’pchiligi hech qachon mustaqil faoliyat yuritmaganlar. Shu sababli ular, iqtisodiyotda vujudga keladigan muammolarni tassavvur qila olishmaydi;
Ikkinchidan, butunlay o’zgarib borayotgan xo’jalik faoliyati sohasi hatto katta tajribaga ega bo’lgan rahbarlarni ham ishdagi qadamini o’ylab bosib, bizga hozirda noma’lum bo’lgan raqobatga tayyor tura bilishni taqazo etadi;
Uchinchidan, agar tadbirkor xorijdan investitsiya olmoqchi bo’lsa, u holda fikr mulohaza taklifni berish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim.
Biznes reja, korxonaning barcha ish jarayonini tasvirlab, korxona strategiyasiga asosan maqsadga qanday erishishni, ishning daromad keltirishi qay tariqa oshirilishi mumkinligini ko’rsatib beradi. Shundan kelib chiqqan holda tadbirkor oldiga qo’yilgan vazifalar asosida, biznes reja ishlab chiqar ekan o’z o’rnida biznes rejaga ham hal etilishi lozim bo’lgan quyidagi vazifalar yuklatiladi:
1.Korxona taraqqiyoti yo’nalishlarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlash;
2.Faoliyating kutilayotgan moliyaviy natijalarini birinchi galda, sotuv ko’lami, sarmoyadan olinadigan daromadlar, foydani hisoblab ko’rish.
3.Tanlab olingan strategiyani amalga oshirish uchun, zarur bo’lgan mablag’lar hajmini, ya’ni moliyaviy resurslarini jamlash usullarini belgilash;
4.Mazkur rejani amalga oshirishda xodimlarni tanlab olish va boshqalar.
Biznes rejani tuzish va uni yuritish bir san’at hisoblanadi. Agarda tadbirkor o’z faoliyati davomida, o’z mablag’lariga nisbatan noehtiyojona yoki chetdan mablag’ olishga, potensial investorlar bilan birgalikda ishlamoqchi bo’lsa, avvalo, o’z biznesini samaradorligini isbot qilmog’i lozim bo’ladi. Bunda u haqqoniy yondashgan holda o’z biznesidan kelib chiqib uni himoya qila olish madaniyatiga ega bo’lmog’i lozim. Bu jarayonda ham biznes rejani tuzish orqali yuqorida ko’rsatilgan masalalarni hal etadi.
Biznes rejani tuzish orqali quyidagi sabab va masalalar hal etilishi mumkin:
* Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan iqtisodiyotning turli qirralariga dosh beradigan biznesni yaratish;
* Biznesni samarali boshqaruvchi rahbarlarni yuzaga kelishi ;
* Investor va tadbirkorni bog’lash;
* Biznes holatini baholash;
* Dastur sifatida korxonaga yo’l ko’rsaish.
Yuqorida tanishib o’tganimiz biznes rejaning mohiyati uning zarurligini umumiylikdan yakkalikka o’tgan holda talqin qilib o’tadi.
Bundan kelib chiqqan holda biznes reja tadbirkor faoliyatini turli bosqichlarida va turli mulkchilik shaklida ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Biznes rejaning eng asosiy falsafasi esa, uning biznes falsafasidan kelib chiqqan holda biznes faoliyatidan samaradorlikka erishishga asos bo’ladi. Har bir korxona, har bir tadbirkor mohiyatini chuqur tushunib yetsagina jami biznes sohasi butun mamlakat miqyosida rivojlanishga olib keladi. Albatta, bu o’rinda uni ishlab chiqilishi, moliyalanish manbasi, shu bilan birga strategik rejalashtirishlarning to’g’ri pozitsiyasini tanlash orqali biznes rejalashtirish mumkin bo’ladi. Bu esa yana bir bor biznes reja va uning ahamiyatini keng miqyosda qo’llanilishiga sabab bo’ladi. Biznesni rejalashtirishning birinchi qadamlaridan biri yuqori malakali kadrlarga asoslanadigan ishchi guruhini tashkil etish hisoblanadi. Bu o’ta mas’uliyatli vazifa hisoblanib, korxona uchun biznes reja ishlab chiqish va bozor sharoitida muvafaqiyatli ishlash imkoniyatini yaratib berishdir. Butun bir biznes reja va uning bo’limlari keng, har tomonlama muhokama qilinishi zarur. Biznes turiga qarab ishchi guruh tarkibiga, marketologlar, yuristlar, injener texnolog xodimlar iqtisodchi-sotsiologlar jalb etilib, ular tarkibida kichik ishchi guruh tashkil etilishi mumkin. Har bir guruhga mas’luyatli shakl yoki rahbar tayinlanadi.
Biznes mohiyatidan kelib chiqib, aniq topshiriqlar beriladi va ularni bajarishning aniq muddati belgilanadi va ularni bajarishning aniq muddati belgilanadi. Agar biznes reja ishlab chiqishda ma’lum bir chegaralangan shaxslar ishtirok etsa, ushbu biznesning ko’zlangan maqsadi amalga oshmasligi mumkin. Bu esa amalda reja samarasini buzadi.
Shu maqsadda, biznes reja ishlab chiqishga korxonaning barcha asosiy bo’limlari menejerlarini jalb etish maqsadga muvofiq. Chunki ular doimiy ravishda rahbariyat oldida reja bajarilishi haqida ma’lumot, hisobot berib boradilar.
Biznes rejani ishlab chiqish, bu shunchaki hayolga kelgan boyib ketish formulasi emas”, deya uqtiradi g’arb iqtisodchi-biznesmenlari. Bu shuni anglatadiki, biznes rejani tuzishda barcha holatlarni hisobga olish ma’qul hisoblanadi. Shu holatlarga tayyor turgan tadbirkor esa qo’rqmasdan bu ishga qo’l urishi mumkin bo’ladi.
Biznes reja eng boshida ishonchli va qattiq poydevorga o’rnatilishi zarur. “Agar siz shunday reja bilan ish boshlasangiz u sizni kasodga uchratishi haqida emas balki gullab yashnashingizga omil bo’ladi”2, deb tarif bergan edi taniqli iqtisodchi olim Xelfert Eyner.
Biznes rejaning ishlab chiqilishi bu tadbirkor faoliyati olg’a siljishiga madad bo’ladi. Chunki biznesning birinchi qadami sifatida, yoki birinchi bosqichi sifatida biznes reja turadi. Uning mohiyati aynan shunda namoyon bo’ladi.

Download 137.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling