3-mavzu. Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari. Reja


Download 2.22 Mb.
bet11/13
Sana19.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1681328
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3 mavzu ktdt (3)

Birinchi tur adapterlar - kadr grabberlari (frame grabber) qo`zg`almas tasvirlarni ushlash uchun mo`ljallangan.
Ikkinchi tur adapterlar - ushlash adapteri (capture board) bir butun video filmlarni qamrab olishi mumkin. Ular kompyuterda video kameradan yoki video magnitofondan, tuner bor bo`lganda esa antenadan ham alohida televizion kadrlarni olish va ularning bog`langan ketma-ketliklarini kelgusida qayta ishlash va printerga yoki video qayta chiqarishga imkon beradi. Video signalni raqamlashda axborotning katta to`plamlari (massivlari) shakllanadi. Shuning uchun jarayon dinamikasi bilan jiddiy muammolar paydo bo`ladi, negaki o`tkazish qobiliyati 1024x750 piksellar bo`lgan bitta 256ta rangli to`liq ekranli tasvirni jo`natish uchun 1 Mbaytdan ortiqroq qiymatlarni uzatish kerak bo`ladi, 10 va undan oshiqroq sekund talab etilishi mumkin. Hatto 640x480 piksellar bo`lgan kuchsiz o`tkazishda qiymatlar sig`imi baribir katta — 0,5 Mbaytdan sal kamroq. Shuning uchun kadrlar o`lchamlari video raqamlash adapterlari bilan kichraytiriladi, masalan, butun ekranning o`tkazish qobiliyati 640x480 bo`lganda kadr 80x60, 160x 120 (odatda video uchun Windows 95 muhitida ishlatiladigan ekranning o`n oltidan bir qismi), 240x180 yoki 320x240 o`lchamga ega bo`ladi
(piksellarda). Yuqori sifatli adapterlar (masalan, Creativ Lab Video Blaster) mavjuddir, ular video kadrlarni to`liq ekranga chiqarib berishi mumkin, lekin ular ham, odatda, to`liq ekranli qamrashni amalga oshira olmaydi.
Modem - telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuter bilan ma`lumot almashuvini ta`minlovchi qurilma. Modem (MOdulyator-DEModulyator) - aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to`g`ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o`zgartirish qurilmasidir. Modemlar quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo`ljallangan:

    • uzatishda, keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o`zgartirish;

    • qabul qilishda, qabul qilingan signalni xalaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya`ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o`zgartirish.

Ma`lumotlarni uzatishda bajariladigan o`zgartirish odatda ularning modulyasiyasi bilan bog`langan.
Modulyatsiya - bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma`lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya qiladigan signalni) o`zgartirishdir. Demodulyatsiya - bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o`tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyasiya qiladigan signalga teskari o`zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko`pincha modulyatsiyaning uchta turi ishlatiladi:

  • chastotali - FSK (Frequency Shift Keying);

  • fazali - PSK (Rpake Shift Keying);

  • kvadraturali - amplitudali — QAM (Quadrature Amplitude Modulation).


Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling