3-mavzu. Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari. Reja
Download 2.22 Mb.
|
3 mavzu ktdt (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modulyatsiya
Birinchi tur adapterlar - kadr grabberlari (frame grabber) qo`zg`almas tasvirlarni ushlash uchun mo`ljallangan.
Ikkinchi tur adapterlar - ushlash adapteri (capture board) bir butun video filmlarni qamrab olishi mumkin. Ular kompyuterda video kameradan yoki video magnitofondan, tuner bor bo`lganda esa antenadan ham alohida televizion kadrlarni olish va ularning bog`langan ketma-ketliklarini kelgusida qayta ishlash va printerga yoki video qayta chiqarishga imkon beradi. Video signalni raqamlashda axborotning katta to`plamlari (massivlari) shakllanadi. Shuning uchun jarayon dinamikasi bilan jiddiy muammolar paydo bo`ladi, negaki o`tkazish qobiliyati 1024x750 piksellar bo`lgan bitta 256ta rangli to`liq ekranli tasvirni jo`natish uchun 1 Mbaytdan ortiqroq qiymatlarni uzatish kerak bo`ladi, 10 va undan oshiqroq sekund talab etilishi mumkin. Hatto 640x480 piksellar bo`lgan kuchsiz o`tkazishda qiymatlar sig`imi baribir katta — 0,5 Mbaytdan sal kamroq. Shuning uchun kadrlar o`lchamlari video raqamlash adapterlari bilan kichraytiriladi, masalan, butun ekranning o`tkazish qobiliyati 640x480 bo`lganda kadr 80x60, 160x 120 (odatda video uchun Windows 95 muhitida ishlatiladigan ekranning o`n oltidan bir qismi), 240x180 yoki 320x240 o`lchamga ega bo`ladi (piksellarda). Yuqori sifatli adapterlar (masalan, Creativ Lab Video Blaster) mavjuddir, ular video kadrlarni to`liq ekranga chiqarib berishi mumkin, lekin ular ham, odatda, to`liq ekranli qamrashni amalga oshira olmaydi. Modem - telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuter bilan ma`lumot almashuvini ta`minlovchi qurilma. Modem (MOdulyator-DEModulyator) - aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to`g`ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o`zgartirish qurilmasidir. Modemlar quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo`ljallangan: uzatishda, keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o`zgartirish; qabul qilishda, qabul qilingan signalni xalaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya`ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o`zgartirish. Ma`lumotlarni uzatishda bajariladigan o`zgartirish odatda ularning modulyasiyasi bilan bog`langan. Modulyatsiya - bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma`lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya qiladigan signalni) o`zgartirishdir. Demodulyatsiya - bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o`tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyasiya qiladigan signalga teskari o`zgartirishdir. Zamonaviy modemlarda ko`pincha modulyatsiyaning uchta turi ishlatiladi: chastotali - FSK (Frequency Shift Keying); fazali - PSK (Rpake Shift Keying); kvadraturali - amplitudali — QAM (Quadrature Amplitude Modulation). Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling