3-mavzu. Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari. Reja


Download 2.22 Mb.
bet5/13
Sana19.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1681328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3 mavzu ktdt (3)

Videoadapter - tasvir to`g`risidagi ma`lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi signalni, hamda sinxronizasiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun bo`yicha) taqsimlab, shakllantiradi. Eng birinchi SHKlarda monitor vazifasida maishiy televizordan foydalanilgan bo`lsa, hozir esa kompyuterni juda quvvatli, kuchli grafik stansiyaga aylantiruvchilarga yetib kelindi. Bu vaqt ichida platalar va standartlarni bir necha avlodi almashdi. Avvaliga MDA (Monocrome Display Adapter - displeyning monoxrom adapteri) standarti paydo bo`ldi. MDA platasi ekranga faqat alfavitraqamli axborotni chiqarishga qodir - hech qanaqa grafika va ranglarni ta`minlay olmasdi. MDA o`rniga kelgan CGA (Color Graphics Adapter - rangli grafika adapteri) nafaqat matnli, balki grafik rejimlarda ham ishlar va mavjud bo`lgan o`n olti rangining to`rttasini ko`rsata olardi.
Keyingi bosqichda EGA (Enhansed Graphics Adapter — yaxshilangan grafika adapteri) ekranda ko`rinadigan ranglarning sonini 64 rangli palitradan 16 ranggacha yetkazdi va ekranga chiqariladigan grafika sifatini ancha yaxshiladi. EGA standarti paydo bo`lishi grafik dasturlar, jumladan Microsoft Windows operatsion sistemasi imkoniyatlarini kengaytirishga va mashhur bo`lib ketishiga omil bo`ldi. Bugun ham foydalanib kelinayotgan VGA (Video Graphics Array) eng muvaffaqiyatli videostandart hisoblanadi, biroq hozirgi kunda u ham takomillashib, SVGA (Super Video Graphics Array) standartiga o`tdi. Agar CGA ning birinchi variantlarida ranglar palitrasi 262144 dan 256
xil rang chiqarishni ta`minlasa, keyingi VGA bilan to`g`ri keladigan platalar paydo bo`ldiki, ularda ranglari bo`yicha farq 16.8 mlnni tashkil qiladi.
Klaviatura - foydalanuvchi tomonidan ma`lumotlarni kompyuterga
kiritishga mo`ljallangan qurilmadir. Tugmachalar soni va joylashishi turli xil kompyuterlarda har xil bo`lishi mumkin, lekin ularning vazifasi o`zgarmaydi.
IBM PC SHK klaviaturalari 2 xilda ishlab chiqariladi. Kichik - 83 ta va katta
-101 ta tugmachaga ega bo`lgan klaviaturalar. Katta klaviatura ishlashga juda qulay. Klaviatura harflar joylanishi bo`yicha ingliz (QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bo`linadi. Ba`zi hollarda kichik klaviatura - kichik razryadli klaviatura, katta klaviatura esa katta razryadli klaviatura deb ham yuritiladi. SHKning imkoniyatiga qarab kichik klaviaturaning 83, 89 tugmali variantlari respublikamizda keng tarqalgan. Katta klaviaturalarning 101, 104, 107,109 tugmali standart variantlari bor. Katta klaviaturalarning multimediali variantlar ham bo`lib, ularda 108-124 tagacha tugmachalar bor.



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling