3-mavzu. Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari. Reja
Download 2.22 Mb.
|
3 mavzu ktdt (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lazerli plotterlar
- Oq-qora skanerlar
Termografik plotterlar (ularni ko`pincha tasvirni bevosita chiqarish lazerlari deb atashadi - Direst Imaging Plotter) issiqlik ta`siri ostida qorayuvchi maxsus termoreaktiv qog`ozni ishlatadi. Rasm faqat monoxromli
va unga "taroq" ko`rinishda bajarilgan maxsus miniatyurli qizdirgichlar bilan tushiriladi. O`tkazish qobiliyati (800 dpi gacha) va chizish tezligi (50 mm/s gacha) juda yuqoridir. Termografik plotterlarga SalSomp Drawing Master 600, SalSomp Drawing Master 800, OSE G9050-S kabilar kiradi. Lazerli plotterlar (Lazer Plotter) oraliq tashuvchi sifatida yarim o`tkazgich qatlami bilan qoplangan aylanadigan barabanni ishlatadi. Lazerli nur bilan zaryadlangan yarim o`tkazgich sohalarni o`ziga tortadi, keyin uni baraban ostidan o`tayotgan qog`ozga ko`chiradi. Bundan keyin toner tushirilgan qog`oz qizdirgich orqali o`tadi, issiqlik ta`siri ostida tonner qizib yaxlitlanadi va qog`ozda qotirilad. Skaner - kompyuterga matnli yoki tasvirli ma`lumotni kirituvchi qurilma. Skanerlar hujjatlarni qayta ishlovchi elektron tizimning muhim bo`g`ini va istalgan "elektron stol"ning kerakli elementidir. O`z faoliyatining natijalarini fayllarga yozib va ma`lumotni qog`ozli hujjatlardan SHKga obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog`ozsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo`yish mumkin. Skanerlar juda xilma-xildir va ularni bir qator belgilari bo`yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli bo`ladi. Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o`qishi mumkin. Shtrixli tasvirlar nimranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo`l rang darajalarini uzatmaydi. Nimrangli tasvirlar qo`l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi. Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusxalar (originallar) bilan ishlaydi. Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nimrangli tasvirlarni o`qish uchun ishlatilishi mumkin. Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) moduli ishlatiladi. Skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug`lik filtri yoki ketma-ket yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi. Har bir asosiy rangga mos signal alohida qayta ishlanadi. Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va hatto 16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin. Skanerlarning o`tkazish qobiliyati tasvirning bir dyumdagi ajratiladigan nuqtalar miqdori bilan o`lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha (dot perinch) bo`ladi. Konstruktiv jihatdan skanerlar dastakli va stolli bo`ladi. Stolli skanerlar, o`z navbatida planshetli, rolikli va proeksion bo`ladi. Shaffof tashuvchilardan tasvirni o`qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib turadi. Dastakli skanerlarning tuzilishi juda oddiydir. Ular qo`l bilan tasvir bo`ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o`tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastakli skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo`lib, u skanerlashning ruxsat etiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o`lchamli va past narxdadir. Skanerlash tezligi 5- 50 mm/s (o`tkazish qobiliyatiga bog`liq). Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling