3-mavzu. Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari. Reja


Shaxsiy kompyuter qo`shimcha qurilmalari


Download 2.22 Mb.
bet6/13
Sana19.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1681328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3 mavzu ktdt (3)

3.2. Shaxsiy kompyuter qo`shimcha qurilmalari.
SHKning imkoniyatini oshirish maqsadida turli qurilmalar ishlab chiqarildi va ular SHKning qo`shimcha qurilmalari deb nomlandi. Ular qatoriga:
Disk (axborot tashuvchi qurilma) - axborotlarni ko`chirish, saqlash, tarqatish va tashish uchun ishlatiladigan qurilma;
Printer - kompyuterdagi ma`lumotlarni qog`ozga chop qilish qurilmasi; Printerlar ishlash tamoyillariga ko`ra matritsali (ignali), siyohli va purkagichli, lazerli va 3D printer turlarga bo`linadi.
Ignali printerlar - keng tarqalgan printerlar turi bo`lib, hozirgi kunda deyarli ishlatilmaydi. Respublikamizda ularni faqat temir yo`l, aviya va bank kassalarida uchratish mumkin.
Ignalar soniga qarab bu printerlar bir-necha turlarga bo`linadi: 9 ignali, 24 ignali, 48 ignali. Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha vaqt ketadi. Ba`zan zarbli printerlar ham deyiladi.
Siyohli printerda tasvir qog`ozga maxsus qurilma orqali purkalayotgan siyoh
tomchilaridan yuzaga keladi. Siyohli printer sifati purkagichli printerga yaqin narxi ham arzon. Siyohli printer shovqinsiz ishlaydi. Shuning uchun hozirgi kunda ko`pchilik undan foydalanmoqda. Tezligi bir bet uchun 15 sekunddan 100 sekundgacha. Siyohli printerda bosuvchi kallakda ignalar o`rniga ingichka naychalar - soplolarga (konus naychalarga) ega, u orqali qog`ozga bo`yoq rangning (siyohning) mayda tomchilari purkaladi. Bu zarbsiz bosuvchi qurilmadir.
Lazerli printerlar bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yozuvni ta`minlaydi. U ishlash nuqtai nazaridan nusxa ko`chiruvchi kseroksga yaqin, bunda faqat bosuvchi baraban kompyuter buyrug`i yordamida elektrlanadi. Bo`yoq donachalari zarblanib barabanga yopishadi va tasvir hosil bo`ladi. Tezligi bir bet matn uchun 3 sekunddan 15 sekundgacha. Rasm uchun ko`proq, katta rasmlar uchun 3 minutgacha vaqt talab qiladi. Hozirgi kunda minutiga 15-40 betgacha chop etadigan purkagichli printerlar bor. Lazerli printerlar millimetrda 50 tagacha nuqtalarni va sekundiga 1000 tagacha belgilarni bosuvchi tezlikni ta`minlaydigan o`tkazish qobililiyatli eng yuqori sifatli bosishni ta`minlaydi.

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling