3-mavzu. Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari. Reja


Download 2.22 Mb.
bet2/13
Sana19.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1681328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3 mavzu ktdt (3)

Tizimli blok tashkil etuvchilari


Tizimli blok kamida quyidagi qurilmalardan tashkil topgan bo‘ladi: (2–rasm)



  • Korpus;

  • Elektr ta’minoti bloki;

  • Tizimli plata;

  • Mikroprotsessor va uni sovutuvchi kuler;

  • Asosiy ichki xotiralar;

  • “Vinchester” turidagi tashqi xotira.

Ulardan tashqari, tizimli blok ichida optik CD va DVD disklarni o‘qiydigan va ularga ma’lumot yozadigan qurilmalar, FM radio, oddiy yoki sun’iy yo‘ldosh orqali uzatiladigan telekanallarni qabul qiluvchi tyunerlar, shuningdek, tovush platasi, video va tarmoq platalari joylashgan bo‘lishi mumkin. Bu qurilmalardan ayrimlari, ya’ni tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga biriktirilgan yoki alohida ishlab chiqariladi. Bu platalardan mikroprotsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat ko‘rsatkichiga erishish maqsadida foydalaniladi.

2–rasm. Tizimli blok tashkil etuvchilari



Kompyuterlarning texnik rivojlanishi turli ko‘rinishdagi korpuslarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ilk ShKlarda yotiq (gorizontal) ko‘rinishdagi korpuslardan foydalanilgan (3–rasm).

3–rasm. Desktop korpusi


Yotiq korpus (ingliz tilida, Desktop – yozuv stoli) – balandligi juda past bo‘lib, ular odatda ustiga monitor qo‘yishga mo‘ljallangan. Hozirda yotiq korpuslar ishlab chiqarilmasada, amaliyotda eski kopyuterlarda Mini Desktop, Desktop va Full Desktop turlari uchrab turadi.
Yotiq korpuslar 1995 yillarga qadar keng tarqalgan, keyinchalik firma va kompaniyalar tomonidan stol ustida kam joy egallaydigan va ichki qurilmalarni takomillashtirishda qulay bo‘lgan tik (vertikal) ko‘rinishdagi korpuslar ishlab chiqarildi.
Tik korpuslar (ingliz tilida – Tower (minora)) deb ataladi va ular bir necha turlarda ishlab chiqariladi (4–rasm). Masalan: Mini Tower, Middle Tower, Midi Tower, Full Tower va boshqalar. Bulardan Full Tower turi server kompyuterlari uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, qolganlari universal hisoblanadi.



4–rasm. Tik korpuslar turlari

Odatda, korpuslar elektr ta’minoti bloki va ventilyatorlar (sovitkich)lar bilan ta’minlangan bo‘ladi (5–rasm).


AT deb atalgan korpuslar o‘z o‘rnini ATX deb nom olgan korpuslarga bo‘shatib berdi. Korpuslar ularga o‘rnatilgan elektr ta’minoti blokining quvvati bilan ham farqlanadi. AT korpuslaridagi ta’minot bloki quvvati 100 – 300 Vatt bo‘lsa, ATX korpuslarida bu ko‘rsatkich 350 – 500 Vattga teng. Elektr ta’minot bloklari 5 va 12 Volt kuchlanishli elektr toklarini ishlab chiqaradilar.
Avvalgi mikroprotsessorlarga ham 5 voltli kuchlanishli elektr toki berilardi. Mikroprotsessorlarda tranzistorlar soni oshishi bilan ularda ajraladigan issiqlik miqdorini kamaytirish uchun 5 volt kuchlanish avval 3 voltgacha, so‘ng 1,1 voltgacha kamaydi.

5–rasm. Korpusning tuzilishi

Hozirda monoblok (6–rasm) deb ataluvchi korpuslar ommaviylashib bormoqda. Ularning ommaviylashuvining asosiy sababi birinchidan ular kam joy egallaydi, ikkinchidan ularning boshqalardan ajralib turuvchi dizaynidir.



6–rasm. Monoblok.

Yana bir zamonaviy korpus turi Super minitower (7–rasm) korpusidir. Uning balandligi boshqa korpuslarning balandligidan 2–3 barobar kam. Monobloklarda esa tizim korpusidan butunlay voz kechilgan. Unda barcha qurilmalar monitor korpusiga joylanadi.



7–rasm. Super mini tower

Kompyuter korpusi mustahkam bo‘lishi kerak. Unga bir necha sovutgichlar o‘rnatiladi va ular kuchli tebranishlarga sabab bo‘ladi. Bu tebranishlar vinchester turidagi disklar uchun juda xavfli. Korpus karkasi kuchli bo‘lsa, sovutgichlarning tebranishi korpusning tebranishiga olib kelmaydi.


Shaxsiy kompyuterlar elektr ta’minoti manbalari (ETM) 220V/110V li o‘zgaruvchan kuchlanishdan ta’minlanadi. Chiqish kuchlanishlari esa ±5 va ±12V kuchlanishli kanallarga bo‘linadi. Elektr ta’minoti manbalari barcha kanallari quvvatlari yig‘indisi 1500 V gacha bo‘lishi mumkin. (8–rasm.)



8–rasm. Elektr ta’minoti bloki



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling