Tizimli plata (ingliz tilida. System board) – ba’zida asosiy, bosh plata (main board) yoki ona plata (mother board) deb ataluvchi ko‘p qatlamli qurilma.
Tizimli plata kompyuterning asosiy platformasi bo‘lib, boshqa elektron qurilmalar: mikroprotsessor, tezkor xotira, tizimli shina, BIOS va boshqa qurilmalarning adapter (kontroller)lari ana shu platformaga o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda ba’zi qurilmalarning adapterlari (videoadapter, tovush adapter va h.k.) tizimli plataning tuzilmasida yaratilmoqda. Bular integrallashgan tizimli platalar deb yuritiladi.
Aynan ona plata bir – biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi (9–rasm).
9–rasm. Ona plataning asosiy komponentlari
Ona plataning form faktori12 – bu ona plataning hajmi, mahkamlash joylari, protsessorning qay tartibda o‘rnatilishini aniqlovchi standart. (10–rasm.)
10–rasm. Tizimli platalar asosiy formfaktorlari
Tizimli platani ishlab chiqarishda hisobga olinadigan bir nechta standartlar mavjuddir. Bu standartlar form faktor plataning fizik ko‘rsatkichlarini va plata o‘rnatilishi kerak bo‘lgan g‘ilofning turini belgilaydi. Quyida tizimli plataning nisbatan keng tarqalgan standartlari va ularning ba’zilari (11–rasm) keltirlgan.
Eskirgan standartlar quyidagilar:
Baby – AT;
AT to‘liq o‘lchamli platasi;
LPX;
WTX (hozirgi vaqtda ishlab chiqarilmaydi);
ITX (flex – ATX ning turlaridan biri, ishlab chiqarilmagan).
Zamonaviy standartlar quyidagilar:
ATX;
Micro – ATX;
Flex – ATX;
Mini – ITX (flex – ATX ning turlaridan biri);
NLX.
11–rasm. Tizimli plataning ko‘rinishlari
Hozirgi vaqtda ko‘pgina yangi tizimlar uchun tizimli platalarning keng tarqalgan standartlaridan biri ATX dir. ATX tuzilishi Baby – AT va LPX standartlarining takomillashuviga olib keldi. Shunday ona platalar borki hech qaysi form – faktorga mos kelmaydi. Mashhur ona plata ishlab chiqaruvchi kompaniyalar: Asus, Gigabyte, MSI, Intel, Biostar, Elitegroup, ASRock.
Do'stlaringiz bilan baham: |