3-mavzu. Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari. Reja


Download 2.22 Mb.
bet4/13
Sana19.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1681328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3 mavzu ktdt (3)

Ona platani modelini aniqlash: ona plataning o‘rnatilgan modelini DMI orqali bilish mumkin. Linux OTda dmidecode utilitasi orqali, Windows OTda – SIW, AIDA64 yoki boshqa xizmatchi dasturlar orqali bilib olish mumkin.
Ko‘chma ShKlarning ona platasi: Mobil kompyuterlarning (noutbuk) ona platasi, stol usti kompyuterlarining ona platasidan ancha farq qiladi va ularda ko‘p qurilmalar o‘rnatilgan bo‘ladi. Masalan, (videokarta) oddiy kompyuterlarda ona plataga o‘rnatiladi. Bu o‘z navbatida, noutbuklarning kam quvvat ishlatishiga va hajmini kichikligini ta’minlaydi.
Chipset. Odatda yangi mikroprotsessor ishlab chiqilganda, u uchun mo‘ljallangan asosiy platada foydalanish uchun yangi mikrosxemalar, ya’ni shimoliy va janubiy ko‘priklar ishlab chiqariladi. Bu mikrosxemalarni birgalikda chipset (mikrosxemalar to‘plami) deb ataladi (12–rasm).





Shimoliy ko‘prik

Janubiy ko‘prik

12–rasm. Chipset

Shimoliy ko‘prik o‘ta tezkor qurilmalar: tezkor xotira va videoplatani ulash uchun ishlatiladi.


Janubiy ko‘prik nisbatan sekin ishlaydigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, PCI, SATA, USB slotlarga ulanadigan qurilmalarga xizmat ko‘rsatadi (45–rasm).
FSB (Face Side Bus – old tomon shinasi) shimoliy ko‘prik shinasi bo‘lib, tezkor xotira uchun mo‘ljallangan. U kompyuterning takt chastotasini ikkilantirish asosida vujudga keladi. Shimoliy ko‘prik mikroprotsessor uchun ham takt chastotasini ishlab chiqaradi. U kompyuter chastotasini biron songa ko‘paytirish asosida yaratiladi. Masalan, mikroprotsessorning chastotasi 1,8 Ghz, kompyuterning takt chastotasi 100 MHz bo‘lsa, u 18 ga ko‘paytiriladi.
Hozirgi vaqtda kompyuterlar barcha sohalarning rivojlanishiga katta xissa qo‘shmoqda. Shu sababli kompyuterlardan foydalanish uchun ko`pchilik foydalanuvchilar dasturlashtirish, algoritmik tillarni tezroq o`zlashtirishga harakat qiladilar. Jadal surstlar bilan rivojlanib borayotgan fan va texnikaning oldida turgan masalalarni hal qilishda juda katta hisoblashlarga olib keladi va bularni faqat kompyuterlar yordamida hisoblash mumkinligini foydalanuvchilar tushunib yetdilar.
Shaxsiy kompyuterlar (SHK) asosan quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi:

  • tizimli blok (protsessor, unda xotira, mikroprotsessor, adapterlar joylashgan bo`ladi, chiqarish qurilmasi (monitor);

  • kiritish qurilmasi (klaviatura, sichqoncha);

  • Monitor (displey, ekran) - foydalanuvchiga matnli va grafikli ma`lumotlarni chiqarish uchun xizmat qiladi.

Kompyuter bilan bo`ladigan bevosita muloqotni ekranda ko`rish uchun monitor xizmat qiladi. Monitorning ikki: monoxrom va rangli turlari mavjud bo`lib, ular video adapter qurilmasi boshqaruvida ikki xil rejimda, matn yoki grafika holatlaridan birida ishlaydilar. Ular bir-biridan o`lchamlari bilan farqlanadi. Matnli rejimda monitor ekranni shartli ravishda 80 ta ustun, 25 satrga bo`linadi. Shu maydonning ixtiyoriy joyida belgilar tasvirlanadi. Bu belgilar katta va kichik lotin harflari, sonlar va yordamchi belgilar bo`lishi mumkin. Grafik rejimda ekranga matnli ma`lumotlardan tashqari rasm va grafik tasvirlar ham chiqariladi. Bunda belgi ixtiyoriy shrift va o`lchamga ega bo`ladi. Bu rejimda ekran nuqtalar (piksel) to`plamidan iborat. Masalan, 640 x 400 imkoniyatli monitor ekranda gorizontaliga 640, vertikaliga 400 nuqtani tasvirlaydi. Nuqtalar soni oshishi bilan tasvir sifati oshadi. VGA Rangli 80x25, 16 ta rang 640x480, 16 ta rang, SVGA Rangli 80x25, 16 ta rang 800x600, 256 ta rang Kompyuterga monitor ulash uchun maxsus videoadapter zarur.

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling