Peroli plotterlar (Pen Plotter) — bu vektorli tipdagi elektromexanik qurilma
bo`lib, ularda tasvir umumiy holda pero deb atalgan yozuvchi element yordamida chiziqlar chizib chiqish yo`li bilan yaratiladi. Perolar sifatida plotterlarning turli modellarida perolar, fibrali (juda pishiq qog`ozli) va plastik sterjenlar (flomasterlar bo`yog`i ichidan chizib keladigan yozish quroli), bir marta va ko`p marta ishlatiladigan sharikli uzellar, qalamli grifellar (toshqalam) va bo`rchalar ishlatiladi.
Planshetli plotterlar odatda A3 va undan kichik formatli chizmalarni yaratish uchun ishlatiladi. Siyohda ishlatuvchi peroli plotterlar ham bir tusli, ham rangli tasvirlarning yuqori sifatli bo`lishini ta`minlaydi, lekin yuqori bo`lmagan chizib chiqish tezligiga ega, chunki bo`yoqning perodan chiqishi va uning ko`rishiga vaqt kerak bo`ladi. Bundan tashqari, suyuq bo`yoqli yozuvchi uzellar bo`yoqni uzatish kanalining tez-tez, shu jumladan, qotib qolgan bo`yoq zarralari bilan tiqilib qolishi sababli doimiy ravishda xizmat ko`rsatish va tozalashni talab etadi. Qalamli grifellarni ishlatishda sifat yomonroq, lekin chizish tezligi yuqori va asosiysi yozuvchi uzelga xizmat ko`rsatish ancha oddiyroq va arzondir.
Flomasterli va sharikli peroli plotterlar o`zlarining tavsiflari bo`yicha yuqorida ko`rib o`tilganlar orasidagi holatni egallaydi. Peroli plotterlarni tayyorlovchi yetakchi firmalar: SalSomp (1959 -yilda jahonda birinchi yaratgan plotterlar modeli SalSomp 565), Hewlett Packard, Summagraphics, Mutoh (xususan, Mutoh XP 620 qalamli modeli). Aytish kerakki, peroli plotterlar doimo va jadallik bilan, xususan, purkagichli plotterlar tomonidan siqib chiqarilmoqda.
Purkagichli plotterlar (IN K-Jet Plotter) tasvirlarni shakllantirishda qog`ozga bosuvchi kallakning mayda soplolari yordamida siyoh tomchilarini yo`naltirilgan purkashdan foydalanadi - bu purkagichli printerlarni ko`rib chiqishda purkagichli bosishning "pufakchali" texnologiyasi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |