3-mavzu. Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari. Reja


Download 2.22 Mb.
bet12/13
Sana19.09.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1681328
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3 mavzu ktdt (3)

Chastotali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma`lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning chastotasi o`zgaradi, bunda uning amplitudasi o`zgarmaydi. Eng sodda holda ma`lumotlardan bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma`lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos
keladi, masalan, 980 Gst va 1180 Gst. chastotali modulyatsiya xalaqitlarga juda turg`undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.
Fazali modulyasiyada modulyatsiya qilinadigan kattalik bo`lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o`zgarmaydi. Fazamodulyatsiya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.
Signalning sof amplitudali modulyatsiyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyatsiya qo`llaniladi, bunda uzatilayotgan ma`lumotlar vaqtida bir vaqtning o`zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o`zgaradi.
Ko`pgina modemlar ma`lumotlarni uzatish jarayonini ta`minlashdan tashqari, telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:

  • tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash amallari;

  • faksemail axborotlarni qabul qilish va uzatish;

  • chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);

  • avtojavob beruvchi va elektron kotib vazifalari va boshqalar.

Shuning uchun zamonaviy modem modulyatsiya va demodulyatsiya qurilmalaridan tashqari (ba`zida esa ular bilan birga) modem ishini boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprocessor, tezkor va doimiy xotira, modemning ishlash rejimlari va ishlatilayotgan aloqa kanalining tavsiflari to`g`risidagi tovushli va yorug`likli xabarlash elementlariga egadir. Doimiy xotira ta`minot (tok manbai) uzilganda modem konfiguratsiyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko`pincha qayta dasturlanishi mumkin.
Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab chiqarilgan. Zamonaviy modemlar universaldir. Ularning ba`zilari (masalan, MT1932, MT2834 va b.) ham kommutasiya qilinadigan, ham kommutasiya qilinmaydigan aloqa kanallari bilan ishlashi mumkin. Aytilgan tezliklar shkalasining deyarli hammasini o`z ichiga oladi. Modem va faks-modem rejimlariga ega. Modemlarni konstruktiv turlari, ya`ni avtonom va apparatura ichiga qurilgan turlariga birmuncha batafsilroq to`xtalamiz. Avtonom modemlarni ko`pincha tashqi, apparatura ichiga mos qurilgani esa ichki modem deb ataladi.

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling