3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari


Download 101.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana31.01.2024
Hajmi101.92 Kb.
#1819232
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari



3 - MAVZU. KONSULTATSIYA BOSQIChLARI 
 
3.1.Psixologik maslahatning o‘ziga xosligi 
3.2. Psixologik maslahat tashkiliy tizim sifatida 
3.3. Psixologik maslahatni o‘tkazish bosqichlari 
 
3.1.Psixologik maslahatning o‘ziga xosligi 
B.D. Karvarskiy tahriri ostidagi psixoterapiya ensiklopediyasida psixologik 
maslahat “muammoli holatlar yechimini izlashda mijozga pro-fessional yordam 
ko‘rsatish” deya ta’riflanib, bunda mijoz sifatida “ek-zistensial krizis, shaxslararo 
ziddiyatlar, oilaviy qiyinchiliklar yoki kasbiy tanlovda muammolarni namoyon 
etuvchi sog‘ yoki bemor odamlar bo‘lishi mumkin”. A.V.Petrovskiy, 
M.G.Yaroshevskiylar tomonidan yaratilgan psixo-logik lug‘atda “turli xildagi 
psixologik qiyinchiliklarni yengish holat-lariga” psixologik yordam ko‘rsatishning 
bir turi sifatida ta’rif beril-gan. Nelson-Djouns talqinida psixologik maslahat 
psixologik jarayon sifatida ta’riflanib, bunda uning nuqtai-nazarida barcha turdagi 
masla-hatlarga yondashishlar “odamlarning samarali hayot kechirishlaridagi his-
tuyg‘ulari, fikrlari va harakatlarini o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi”. 
Amaliyotchi psixolog S.Yu.Golovin tahriri ostidagi lug‘atning ikkinchi nashrida 
psixologik maslahatga “mijozlarni tashvishga solayotgan muammo-larni oldindan 
o‘rganib, maslahat va tavsiyalar tarzida amaliy psixologik yordam ko‘ratish hamda 
mijozlarni o‘zini va ularning atrofidagi odamlar bilan o‘zaro aloqasini o‘rganish 
shakli” sifatida ta’rif berilgan. 
Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqqan holda psixologik masalahat-ning 
asosiy “belgilari”ni quyidagicha ajratish mumkin: 
- psixologik maslahat psixologik yordamning bir turi bo‘lib hisob-lanadi; 
- mazkur yordam amaliy jarayonli yo‘nalishni tashkil etadi; 
- kerakli saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislikka erishish; 
- uni amaliyotda tatbiq etishda mijozlar mavjudligining zarurat-ligi; 
- mijoz hayotida muammo sifatida uning o‘zi yoki atrofidagilar tomo-nidan 
aniqlanadigan qandaydir psixologik noqulaylik (diskomfort)ning mavjudligi; 


- mijozning mazkur muammoni hal etishdagi hohishi; 
- maslahatchining mijoz tomonidan muammoning mohiyati va uning 
yechimi yo‘llariga qaratilgan maqsadga muvofiq hatti-harakatlari; 
- psixologik yordam ko‘rsatish jarayonida maslahatchi mijozda bor bo‘lgan 
resurslarga e’tiborini qaratishi; 
- maslahatlar yakka tartibda o‘tkaziladi. 
Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqqan holda psixologik maslahatni amaliy 
psixologiya sohasiga mansub ekanligini belgilash mumkin, chunki maslahatchi 
uchun maxsus tashkil etilgan suhbat orqali mijozga psixologik yordam 
ko‘rsatishida mijozning muammoni mohiyati va uning yechimi yo‘llari-ga 
qaratilgan anglash jarayoni asosiy maqsad hisoblanadi. 
Har qanday psixologik sog‘lom odam hayotida paydo bo‘ladigan psixo-logik 
muammolarni hal etish imkoniyatiga ega bo‘lishi haqidagi fikr psixo-logik 
maslahat tarkibidagi asosiy g‘oyani tashkil etadi. Turli xil sabab-larga ko‘ra mijoz 
hamma vaqti ham muammoning tub mohiyati hamda uning samarali yechimi 
yo‘larini anglay bilmasligi mumkin, ayniqsa bunday holatda mutaxassisning 
yordami zarur bo‘ladi. 
Shunday qilib, psixologik maslahatning boshqa psixologik yordamdan farqi 
mijozga ajratiladigan faolroq rolidan iboratdir. Agar psixokor-reksiya va 
psixoterapiyadagi natijalar psixolog zimmasida bo‘lsa, maslahat jarayonidagi 
psixokorreksiya ishlarini mijozning o‘zi olib boradi. Shuningdek yakuniy natijalar 
ham mijoz zimmasida bo‘ladi. Bunda psixolog muammo mohiyati haqidagi 
xulosalari va mazkur muammoning yechimiga oid tavsiyalarining haqqoniyligiga 
javobgardir. 
Binobarin psixologik maslahat xususiyatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
- birinchidan, mijozning qisqa vaqtda mutaxassis bilan shaxsiy muloqoti 
(bir-uch marotaba); 
- ikkinchidan, mazkur muloqotlarning rang-barangligi; 
- uchinchidan, mijozning Konsultant bilan har bir uchra-shuvining amaliy 
jihatdan yakunlanishi; 
- to‘rtinchidan, maslahat jarayonida mijozning faolligi; 


- beshinchidan, mijozning maslahatdan keyingi davrdagi o‘z muammo-larini
yechimiga qaratilgan mustaqil hatti-harakatlari. 
Ayrim hollarda psixologik maslahat uch uchrashuvdan ham ortiq bo‘li-shi 
mumkin. Muddatli maslahat zarurati ma’lum bir holatlarda paydo bo‘lishi mumkin. 
Mijoz o‘zidagi mavjud ma’lum bir psixologik xususi-yatlar bilan muammoni hal 
etishning dastlabki bosqichida mustaqil harakat qila olmaydi. Bunday xususiyatlar 
yuqori darajali agressivlik, refleksiya va ishonchsizlikdan iborat. Bundan tashqari
olib borilgan izlanishlar natijasida mijozda bir emas bir necha muammolar yuzaga 
kelishi mumkin. Bu holatda har qanday muammo yechimini hal etish ma’lum 
miqdordagi uchrashuv-larni tashkil etishni talab etadi. 
Mijozning maslahat jarayonida psixologik yordam bo‘yicha murojaat-larida 
muammoning xiliga qarab, psixologik maslahatni quyidagi turlarga bo‘lish 
mumkin: 
- yakka tartibdagi maslahat (shaxsiy rivojlanishidagi muammolar; ichki 
ziddiyatlar; tahlikalar; psixologik jarohatlar; o‘zaro shaxsiy munosa-batlardagi 
muammolar); 
- er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar muammosi bo‘yicha maslahat (o‘zaro 
munosabatdagi muammolar; jinsiy muammolar; nikoh va uni bekor bo‘lgan 
davridan keyingi holatlar); 
- oilaviy maslahat (hozirgi va sobiq (nikoh bekor bo‘lgan paytda) 
qarindoshlar bilan o‘zaro munosabatlar muammosi, psixologik va pedagogik 
muammolar, bolalar bilan o‘zaro munosabatlardagi muammolar); 
- kasbiy maslahat (kasb tanlash, kasbiy faoliyati, mehnat bo‘lgan layo-qati 
samarasini oshirish uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlarini takomil-lashtirish; 
- tashkiliy ishlar bo‘yicha maslahat (kadrlar siyosati, faoliyat ko‘rsata-yotgan 
tashkilot obro‘si, ishlab chiqarish samarasini oshirish, hamkasblari bilan o‘zaro 
munosabatlar); 
Ishtirok etuvchi mijozlar sonidan kelib chiqqan holda maslahat tur-lari 
quyidagilardan iborat: 
- yakka tartibda; 
- jamoaviy tarzda 
Alohida guruhda maslahatni quyidagi masofaviy turlarga bo‘lish mumkin: 


- telefon orqali maslahat; 
- yozma maslahat. 
Shuni yodda saqlash kerakki, predmetni o‘rganish uchun yaratilgan sharo-
itga qaratilgan har qanday bo‘linish shartli hisoblanadi. Shuning uchun maslahat 
e’tirof etilgan turlarning birontasiga ham mansub emas, ular Eyler halqasi singari 
bir-biri bilan uzviy aloqadir. Misol tariqasida: Shaxsiy masalalar bo‘yicha maslahat 
yakka tartibda amalga oshiriladi, psixologik va pedagogik mazmundagi masalalar 
bo‘yicha maslahat yakka va jamoa tartibida bo‘lishi mumkin. 

Download 101.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling