3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari


Download 101.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana31.01.2024
Hajmi101.92 Kb.
#1819232
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari

Empatiya “boshqa odamning hissiy kechinmalaridagi hissiy holat-larni 
anglash” deya ta’riflanadi. Biroq shuni yodda tutish kerakki, boshqa odamning 
ichki dunyosiga to‘liq kira olish mumkin emas. Boshqa odamning ichki dunyosiga 
o‘zimizning tajriba, fikr va qarashlarimiz aks etgan dunyo bilan kirish to‘g‘ri 
kelmaydi. Shunga o‘xshash munosabat o‘rniga psixologik maslahat jarayonida 
empatiya shartli  ravishda har qanday (shaxsiy, oilaviy, ish yuzasidan) bosqichda 
muloqotdan afzal bo‘ladi. 
Hissiy yaqinlik.Ushbu xususiyat boshqa odamlarga nisbatan haqiqiy 
qiziqishni uyg‘otadi. Odamlar o‘rtasidagi iliq va ijobiy munosabatlar yo‘nalishlari 
nuqtai-nazaridan hissiy yaqinlik muhim o‘rinni egallaydi. Biroq, ba’zi bir odamlar  
ushbu tuyg‘uni odamni o‘z-o‘ziga ishonchsizligi deb qabul qilishlari ham 
ehtimoldan holi emas.
Ijobiy munosabat. Karl Rodjers ta’biri bilan aytganda, ushbu xususiyat 
“shartsiz ijobiy munosabat”ga tenglashtiriladi. Uning nazarida bu xususiyat 
terapevtik o‘zgarishlarga zarur sharoitlar yaratadi. 
Samimiylik. Bu xususiyatni sun’iy tarzda yaratib bo‘lmaydi. Maxsus 
psixologik ko‘nikmalarsiz ham odam nosamimiylikdan samimiylikni bexato ajrata 
oladi, chunki samimiylik-bu avvalambor, niyatning to‘g‘riligi-dandir. 
Yumor tuyg‘usi. Ovidiyning “Muhabbat san’ati”da odam bir qator 
xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, unda yumor tuyg‘usi ham bo‘lishi 
zarur, bunda ushbu tuyg‘u hamma vaqt ham kerak bo‘lmasligi mumkin, biroq, 
uning mavjudligi insonni yetukligini bildiradi. Bu haqiqatdir, chunki mazkur 
tuyg‘u xavfli, murakkab va ilojsiz holatlardan chiqib ketish-da muhim ahamiyatga 
ega. Kulgu bo‘lmaganda insoniyat halokatga uchrashi ehti-moldan holi emas. 
Turmushning ayanchli tuyg‘usi. Ispan faylasufi Migel de Unamuno 1954 
yilda “turmushning ayanchli tuyg‘usi” haqida yozib, uning fikriga ko‘ra, insonlar 
hayotni to‘laqonli his etishlari lozim. 


Aniqlilik. Psixoterapiya ifodasida aniqlilik nafaqat boshqa odamni tinglay 
bilish, eshitganlarini tahlil qilish emas, balki vaziyatga aniqlik kiritish ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
O‘z-o‘zini anglash va refleksiya. Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi-bir-lik va 
o‘ziga xoslikni his etishi, “qarama-qarshi tashqi dunyoni anglashda fikrlari, 
tuyg‘ulari, hohishlari bilan ajralib turuvchi mavjudotdir”. Refleksiya-“nimanidir 
o‘rganish va taqqoslash yordamida odamga xos fikrlash jarayonidir”. Qisqa 
ma’noda-“Men va uning kichik koinotni bilishga qara-tilgan “yangi burilish” 
bo‘lib, faqat shundagina shaxsda uni egallash imko-niyati paydo bo‘ladi. Ayniqsa 
shunday qobiliyatlar uyg‘unligida shaxsiy va kasbiy xususiyatlar rivojlanishiga 
erishish mumkin. 

Download 101.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling