3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari
Download 101.92 Kb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari
1-vazifa. Ikki xil tuzilmani qo‘llagan holda, maslahat turini aniqlang.
- er-xotin o‘rtasidagi muvofiqlikni buzilishi masalasi bo‘yicha muro-jaat qilishayapti. - Buvaga qizining yangi nikohdagi kuyovi tomonidan nabirasiga bo‘lgan o‘zaro munosabatlar tashvish tug‘dirmoqda. - qiz bola (uning fikricha) ota-onasining qattiqqo‘lligidan arz qil-moqda. 2-vazifa. Psixologik maslahat turlari bo‘yicha bo‘linishning boshqa turlari haqidagi mavzuni yarating. Qanaqa tuzilma Sizda hosil bo‘ldi? Nimani Siz asos qilib oldingiz? E’tiborni shunga qaratish lozimki, qoida bo‘yicha “toza” muammolar bo‘lmaydi. Har qanday muammo murakkab chalkashliklardan iborat. Shuning uchun Konsultantga chalkash tugunlarni kesish emas, yechishda faxrli huquq beriladi. Muqim uchraydigan holatlar yuzasidan mijozlarning psixologik yordamga murojatlari: Holatlar Mijozning muammoga munosabati Inqirozli holat - bunday holatda nima qilishni bilmaydi - muammo yechimini biladi, lekin tayanch izlaydi “Takrorlanuvchi” murakkab davr - bunday holatda nima qilishni bilmaydi - muammo yechimini biladi, lekin tayanch izlaydi - muammoni mustaqil hal etish salohiyatiga ega emas Hissiyotga berilish ahvoli (“oxirgi tomchi”) -bunday holatda nima qilishni bilmaydi Psixologik yakkalanish -muloqot uchun intilish -hamma narsaga qiziqish - “janjal chiqarish” Mijozning qanaqa haqiqiy maqsadlarni ko‘zlashi va qay tarzda o‘zini tutishidan qat’iy nazar, maslahatchi o‘zining kasbiy madaniyatidan kelib chiqqan holda har qanday holatda barchasiga yordam berishi shart. Binobarin, psixologik maslahat jarayonida mutaxassis quyidagi masa-lalarga e’tiborini qaratishi lozim: 1. Mijoz shaxsini o‘rganish; 2. Muammo mohiyatini o‘rganish; 3. Muammoni yechish uchun mijozning imkoniyatlarini aniqlash; 4. Maqsadni aniqlash (mijozning muammoni qanday hal qilinishini tushunishi); 5. Maqsadga erishish tizimini aniqlash; 6. Mazkur muammoning kelib chiqish sababalarini mijoz tomonidan anglanilishi; 7. Istiqbolda shunga o‘xshash muammolar mavjudligi haqida ogohlan-tirish yo‘llarini mijozga o‘rgatish; 8. Mijozga uning shaxsiy xususiyatlari, muammo mohiyati haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling