3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari
Psixologik maslahat tashkiliy tizim sifatida
Download 101.92 Kb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari
3.2. Psixologik maslahat tashkiliy tizim sifatida Maslahatchi oliy psixologik ma’lumotga yoki Konsultant mutaxassisligiga ega bo‘lishi kerak. B.D.Karvarskiy tahriri ostidagi psixoterapiya ensiklopediyasidagi psixologik maslahatga berilgan ta’rif bo‘yicha psixologik yordamni nafaqat psixologlar, balki boshqa kasbdagi vakillar ham ko‘rsatishi mumkin. Bunday holatda oliy ma’lumotlilik psixologik maslahat sohasidagi mutaxassis-likning zaruratligi ta’kidlanadi. Konsultantning kasbiy tayyorgarligi bir qator nazariy kom-ponentlardan iborat: Psixologik rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini bilish; shaxs nazariyasi haqidagi asosiy tushuncha; shaxs turlarini bilish; shaxs rivojla-nishining bosqichlari va ushbu bosqichlarning har bir krizisli holat xusu-siyatlariga bog‘liqligi; mazkur bosqichlardagi psixologik tayanch xususiyat-lari. Bundan tashqari, har bir shaxs o‘zining mustaqil mehnat faoliyati boshlanishida ma’lum bir kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Bunda shaxs o‘zining shaxsiy psixologik muammolari yechimini topish maqsadida shaxs rivojlanishiga oid treninglar orqali “tozalanish” jarayonidan o‘ti-shi foydadan holi emas, chunki boshqalarni “davolashdan” oldin o‘zi kasal-dan forig‘ bo‘lishi kerak. Shunday qilib, Konsultant nafaqat nazariy bilimlar, shu-ning bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni egallashi zarurdir. Kelajakdagi mutaxasssisligini shaklantirishda Konsultant yuqo-rida e’tirof etilgan ikki sohani uyg‘unlashuvi natijasida psixologik yo‘nalishdagi tanlov haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Agar yo‘na-lish tanlovi haqida so‘z borganida, bu boshqa yo‘nalishlardan voz kechilishi emas, aksincha qo‘shimcha tarzda ularning birlashuvini irmoqlarning katta daryoga qo‘shilishiga qiyoslash mumkin. Bunda yo‘nalishning keng tarmog‘ini egallagan mutaxassisning so‘zsiz mijozlari ham ko‘p bo‘ladi. Psixologik maslahat markazini tashkil etish va uning faoliyatini boshlash uchun uchta savolga javob berish kerak: 1)Nima uchun?; “ 2) Nima hisobiga (yoki kimning mablag‘i hisobidan); 3) markaz joylashadigan binoga nisbatan bo‘lgan talablar. Mablag‘ masalasini atroflicha o‘rganish muhim bir o‘rinni egallaydi. Shuni alohida ta’kidlash joizki ushbu markaz shaxsiy bo‘lishi mumkin, shuningdek tarmoqli va davlat mablag‘i hisobidan ham tashkil etilishi mumkin. Markaz binosiga nisbatan ikkita asosiy talablarni ko‘rsatish mumkin: binoning joylashuvi va jihozlanishi. Maslahat markazi joylashuvini tanlashda qo‘yidagi uchta “mumkin emas” ga rioya qilish zarur: 1) Maslahat markazini savdo tashkilotlari ichida va yonida joylash-tirish mumkin emas; 2) Yo‘lovchilar serqatnov va shovqin-suronli binolar yoniga joylash-tirish mumkin emas; 3) Markazga tashrif etilgan mijozlarga noqulaylik kayfiyatini tug‘diruvchi tashkilotlar yonida joylashtirish mumkin emas (masalan ichki ishlar, hushyorxona va boshqa tashkilotlar). Psixologik maslahat markazlarini quyidagi joylarda tashkil etish mumkin: 1) tinch joylarda; 2) transport yo‘nalishi qo‘lay bo‘lgan joylar; 3) uning joylashuvi va tashqi ko‘rinishi mijozlarda yoqimli kayfi-yatni ko‘tarish kerak. Agar maslahat markazi alohida bog‘ bilan o‘ralgan binoda joylashgan bo‘lsa maqsadga muvofiq bular edi. Download 101.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling