3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari
Psixologik maslahatni o‘tkazish bosqichlari
Download 101.92 Kb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu. Konsultatsiya bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorgarlik bosqichi
- Moslashish bosqichi
- Tashxis qo‘yish bosqichi
- Tavsiya berish bosqichi
- Nazorat bosqichi
3.3.Psixologik maslahatni o‘tkazish bosqichlari Psixologik maslahatni boshdan oxirigacha bo‘lgan jarayoni ko‘rinishi maslahatni asosiy bosqichlarini ketma-ketlik tarzida tasavvur qilish mumkin va ularni xar biri maslahat jarayonida o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, qandaydir ma’lum bir vazifani bajaradi va o‘ziga xos maxsus xususiyatga ega. Psixologik maslahatni o‘tkazishning asosiy bosqichlari quyidagilar: 1. Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda Konsultant qayd qilish jurnalidagi yozuvlar, shu bilan birga psixologik maslahat o‘tkazish uchun talabnoma qabul qilgan xodimdan olgan ma’lumot asosida mijoz bilan tanishadi. Ishning bu bosqichida Konsultantning o‘zi ham psixologik maslahatni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radi. Bu bosqichda Konsultantning ish vaqti asosan 20-30 minutni tashkil qiladi. 2. Moslashish bosqichi. Bu bosqichda Konsultant shaxsan mijozni kutib oladi, u bilan tanishadi va mijoz bilan hamkorlikda ishlashga tayyorlanadi. Mijoz ham o‘z navbatida xuddi shu jarayonni bajaradi. Agar maslahat o‘tkazish uchun hamma narsa tayyorlangan bo‘lsa, bu bosqich o‘rtacha 5-7 daqiqa vaqtni olishi mumkin. 3. Tashxis qo‘yish bosqichi. Bu bosqichda Konsultant mijozni muammosini eshitadi va uni tahlili asosida mijozni muammosini aniqlaydi. Ushbu bosqichning asosiy mazmuni mijoz o‘zi va muammosi haqida, shu bilan birga mijozni psixodiagnostika tekshiruvdan o‘tkazish (agar bunga zarurat bo‘lib, mijozni muammosini aniqlash va uni optimal yechimini topish uchun). Bu bosqichda psixologik maslahatni o‘tkazish uchun zarur vaqtni va muddatni aniq belgilash imkoni bo‘lmaydi, chunki uni aniqlash mizojning muammosini o‘ziga xosligi va uning individual xususiyatlariga bog‘liq. Bu vaqt amaliy jihatdan psixologik test o‘tkazish vaqtni hisobga olmagan holda kam deganda bir soatni tashkil qiladi. Ba’zan bu psixologik maslahatning bu bosqichi 4 soatdan 6-8 soat vaqtni olishi mumkin. 4. Tavsiya berish bosqichi. Konsultant oldingi bosqichlarda mijoz va uning muammolari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni to‘plab, bu bosqichda mijoz bilan birgalikda uning muammosi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi. Bunda bu tavsiyalar aniqlashtiriladi, barcha mayda-chuyda vaziyatlar konkretlashtiriladi. Psixologik maslahatning bu bosqichini o‘tkazishda asosan o‘rtacha vaqt 40 daqiqadan 1 soatni tashkil qiladi. 5. Nazorat bosqichi. Bu bosqichda Konsultant va mijoz olingan amaliy maslahat va tavsiyalar mijoz tomonidan amaliy jihatdan amalga oshirilayotgani va uni baholanishi qanday nazorat qilinishi borasida o‘zaro kelishib oladilar. Shu yerda Konsultant va mijoz tavsiyalarni bajarish jarayonida yuzaga keladigan savollarni qachon, qaerda va qanday xal qilish masalasini kelishib oladilar. Bu bosqichni yakunida agar zarurat tug‘ilsa, Konsultant va mijoz keyingi safar qachon va qaerda uchrashishni ham kelishib oladilar. Psixologik maslahatning ushbu yakuniy bosqichi o‘rtacha 20-30 daqiqa vaqt ichida o‘tkaziladi. Agarda yuqoridagilarni jamlaganda aytish mumkinki, psixologik maslahatni o‘tkazishning besh bosqichiga o‘rtacha 2-3 soatdan 10-12 soatgacha vaqt ketishi mumkin (psixologik testga ajratilgan soatdan tashqari). Psixologik yordamning asosiy xususiyatlaridan biri psixolog-masla-hatchi mijoz bilan rejalashtirilgan uchrashuvga oldindan tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishidir. Mijoz uchun uchrashuvni tayyorlash bir necha bosqichlardan iborat: 1. Mijoz va uning muammosi haqida dastlabki ma’lumotlarni to‘plash. Ushbu ma’lumotlar maslahatchiga maslahatni keyingi bosqichlariga tayyorgarlik ko‘rishida zarur ahamiyatga ega. Ma’lumotlarni esa quyidagi manbalardan olish mumkin: - Qayd qilish kitobi; - Boshqa maslahatchi tomonidan qayd etilgan mijoz haqidagi taassurot (tashqi ko‘rinishi va hokazo); - Hisobda turgan varaqa orqali mijoz haqidagi ma’lumot. Qayd qilish kitobining namunaviy jadvali quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin. Download 101.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling