3-mavzu. Korxonaining aylanma mablag‘lari
-rasm. Aylanma mablag‘lar tarkibi
Download 51.4 Kb.
|
3 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar.
3.1-rasm. Aylanma mablag‘lar tarkibi
3.3. Aylanma mablag‘larini me’yorlashtirish. Aylanma mablag‘larini aylanishini tezlashtirish. Aylanma mablag‘lar me’yorlashtiriluvchi va me’yorlashtirilmaydigan turlarga bo‘linadi. Me’yorlashtiriluvchi aylanma mablag‘lar-korxona omborlaridagi ishlab chiqarish zahiralari (xomashyo, materiallar, yoqilg‘i), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va tayyor mahsulotlar. Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar - xaridorga berib yuborilgan tayyor mahsulotlar, hisob raqamidagi pul mablag‘lari. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini aniqlashda ifodalanadi. Aylanma mablag‘larning me'yori quyidagi formula bilan hisoblanadi: Bu yerda: Nich.z – ishlab chiqarish zahiralari; Nt.ich – tugallanmagan ishlab chiqarish; Nt.m – tayyor mahsulot; Nk.d.x. – kelgusi davr xarajatlari. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni sarflash me’yorlarini belgilashda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim: me’yorlarning progressivligi va dinamikligi; me’yorning iqtisodiy va ishlab chiqarish-texnikaviy jihatdan asoslanganligi; xomashyo, material, yoqilg‘i, elektr energiyasi va boshqa resurslar o‘lchamini to‘g‘ri tanlash; chiqish va yo‘qotishlarning oldini olish; eskirgan me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish hamda ularni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga mos holga keltirish. Resurslarni me’yorlashtirishda bir nechta usullar qo‘llaniladi: – o‘tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarini o‘rganish hamda bir necha yillar davomida ro‘y bergan pasayishlarni hisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli; – laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar va yordamchi materiallar sarflanishi me'yorini aniqlashda qo‘llanuvchi laboratoriya-texnikaviy usul; – yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashqari boshqa korxonalarning ilg‘or tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish imkonini beruvchi, moddiy resurslardan foydalanishni me’yorlashtirishning mukammalroq usuli hisoblanuvchi hisob-tahliliy usul. Aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish tadbirlari ishlab chiqarish zahiralarini me’yorlashtirish, tugallanmagan ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor mahsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog‘liq vazifalarni yechishga yordam beradi. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichi: aylanish koeffitsiyenti; yuklanish koeffitsiyenti; bir marta aylanish davomiyligi. Aylanish koeffitsiyenti aylanma mablag‘larning ma’lum bir vaqt davomida amalga oshiruvchi aylanishini ifodalaydi yoki aylanma mablag‘larning xar bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi sotilgan mahsulotlarni ko‘rsatadi. Bu yerda: Ka - aylanish koeffitsiyenti Sm - sotilgan mahsulot hajmi,so‘m ; Qa - aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldiq hajmi, so‘m . Korxonaning bir yil mobaynida sotilgan mahsulotlari hajmi 1000000 so‘mni tashkil qiladi. Aylanma mablag‘lar me’yori 250000 so‘m, aylanish koeffitsiyenti Ka = 4. Aylanma mablag‘larning yuklanish koeffitsiyenti sotilgan har 1 so‘m mahsulotga sarflangan aylanma mablag‘ni ifodalaydi.
Bir marta aylanish davomiyligi kunlarda o‘lchanadi hamda shu davrdagi kunlar sonini aylanish koeffitsiyentiga nisbati orqali hisoblanadi.
Bu yerda: K –kunlar soni (360, 90). Aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashtirish, ulardan samarali foydalanish quyidagilarni talab qiladi: fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini keng qo‘llash; ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jihatdan asoslangan me’yor va me'yoriylar tizimini yaratish; korxonalarni uzoq muddatli xo‘jalik aloqalari yuritishga o‘tkazish; mahsulotlar, moliyaviy, moddiy va kuch-quvvat resurslarining sifat balansini tuzish; boshqarish tizimini tashkil etishning va rag‘batlantirishning optimal shakllarini qo‘llash; texnologik jarayonlarni yaxshilash; xom ashyoni kompleks qayta ishlash usullarini rivojlantirish; ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash. Aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashtirish uchun ularni ishlab chiqarish va muomalada bo‘lish muddatini qisqartirish kerak. Aylanma mablag‘lardan foydalanishni yaxshilash, ularning aylanishini tezlashtirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Misol: korxona 10 mln. so‘m lik aylanuvchi mablag‘ga ega. Bitta aylanish davomiyligi 90 kun. Demak, aylanma mablag‘larning aylanish darajasi Ka = 4 ga teng. Aylanma mablag‘larning 1 so‘miga 4 so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi, korxona yil davomida 40 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi. Agar korxona bir aylanish davomiyligini 10 kunga qisqartirsa, ya’ni T - bir aylanishning davom etishi 90 kun emas ,80 kun bo‘lsa, unda aylanish darajasi Ka = 4,5 ga teng. Korxona yil davomida 45 mln. so‘m lik mahsulot ishlab chiqaradi. Agar aylanish darajasi yiliga 4,5 ga teng bo‘lganda 40 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lsa, unda kam miqdorda aylanuvchi mablag‘ talab qilinadi. 40 mln.: 4,5 = 8,888 mln.so‘m , ya’ni 1,112 mln.so‘m aylanuvchi mablag‘ bo‘shatib olinadi (10 mln.- 8,888 mln.). Aylanma mablag‘lar mutloq va nisbiy ozod qilinadi. Mutloq ozod qilish korxonaning aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishni ifodalaydi hamda mavjud resurslardan oqilona foydalanishga oid chora-tadbirlar hisobiga amalga oshiriladi. Misol: Korxona aylanma mablag‘larining o‘rtacha miqdori 2020-yilda 20 mln. so‘mni tashkil qilgan. 2021-yilda ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmagan holda 18 mln.so‘m miqdorida ehtiyoj rejalashtirilmoqda. Asosiy vositalarning mutloq ozod qilinishi 2 mln.so‘ ni tashkil etadi. Nisbiy ozod qilish aylanma mablag‘lar hajmining o‘zgarishini hamda sotilgan maysulot hajmining o‘zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash uchun hisobot yilida aylanma mablag‘larga ehtiyojni, mahsulotni mazkur davr mobaynida sotish bo‘yicha haqiqiy aylanish hamda o‘tgan davrdagi aylanishini inobatga olgan holda hisoblash zarur. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar. 1. Aylanma mablag‘lar nima? 2. Korxonaning aylanma mablag‘lari qanday fondlarga bo‘linadi? 3. Aylanma ishlab chiqarish fondlari necha guruhga bo‘linadi? 4. Aylanma mablag‘larning to‘liq aylanishi necha bosqichdan iborat? 5. Me’yorlashtiriluvchi va me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar. 6. Me’yorlashtirishda qo‘llaniladigan usullar. 7. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari nima? 8. Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtirsh nimalarni talab qiladi? Download 51.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling