3-mavzu. Korxonaining aylanma mablag‘lari


Download 51.4 Kb.
bet1/3
Sana19.12.2022
Hajmi51.4 Kb.
#1033632
  1   2   3
Bog'liq
3 мавзу


3-mavzu. KORXONAINING AYLANMA MABLAG‘LARI
1. Korxonaning aylanma mablag‘lari tushunchasi, tasnifi, tarkibi
2. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari
3. Aylanma mablag‘larini me’yorlashtirish. Aylanma mablag‘larini
aylanishini tezlashtirish.


3.1. Korxonaning aylanma mablag‘lari tushunchasi, tasnifi, tarkibi

Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan pul mablag‘laridan iborat. Aylanma mablag‘lar korxonaning hisob raqamida naqd pul ko‘rinishida jamg‘ariladi. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta’minlashning moddiy asosi hisoblanadi.


Aylanma ishlab chiqarish fondlari uch guruhga bo‘linadi:

  • ishlab chiqarish zahiralari;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar;

  • kelgusi davr xarajatlari.

Ishlab chiqarish zahiralari – ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar, qadoqlash va o‘rov materiallari, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallaridan iborat mehnat predmetlari.
Xomashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma’lum darajada mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir qadar o‘zgargan mehnat buyumiga aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xomashyo tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat hosil qiladi.
Xomashyo resurslarini xomashyodan farq qilmoq kerak. Xomashyo resurslariga mamlakatdagi foydali qazilma konlari, o‘rmon maydonlari, uy hayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chiqarilgan yoki ishlab chiqarish uchun mehnat sarflangandagina (Mehnat vositasi yordamida ovlangan xayvonlar, qazib olingan ma’danlar, kesil­gan da­raxt­lar va bosh­qalar) xomashyoga aylanishi mumkin.
Tugallanmagan ishlab chiqarish – ishlab chiqarish jarayoniga kirgan turli bosqichlarni o‘tayotgan hali to‘liq mahsulot holiga kelmagan materiallar.

Download 51.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling