3-mavzu. Korxonaining aylanma mablag‘lari
Download 51.4 Kb.
|
3 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari
Yarim tayyor mahsulotlar – texnologiya jarayonlarining ayrim bosqichlarini o‘tgan, lekin tayyor mahsulotga aylanishi uchun keyingi bitta yoki bir nechta ishlov berish va yig‘ish bosqichlarini talab qiluvchi mehnat buyumlari.
Kelgusi davr xarajatlari – ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash xarajatlari (asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlashga sarflanuvchi xarajatlar yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, tayyorlash va o‘zlashtirish, mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash xonalarini ijaraga olish). Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot zahirasini yaratish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari, chek va veksellar, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Muomala fondlari va aylanma fondlari birgalikda korxonaning aylanma mablag‘larini tashkil qiladi. 2. Aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari Aylanma mablag‘lardan quyidagi hollarda foydalaniladi: xomashyo, material, ehtiyot qismlar hamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda zarur bo‘lgan mehnat predmetlari sotib olishda; ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinuvchi elektr energiyasi, yoqilg‘i kabi resurslar uchun haq to‘lashda; korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish haqi to‘lanishi; soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashda. Aylanma ishlab chiqarish fondlari tarkibiy qismlari yoki elementlari o‘rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o‘zaro munosabatlar aylanma ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlari o‘rtasidagi foizlardagi munosabatlar korxona aylanma mablag‘larining tuzilmasi deb ataladi. Aylanma mablag‘larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi. aylanma mablag‘lar pul shaklidan tovar zahiralariga aylanadi (P–T); ishlab chiqarish, ya’ni mahsulotni tayyorlash jarayoni (T); tovar sotiladi va yana pul shaklini oladi (T – P) . Aylanma mablag‘lar shakllanish manbaiga ko‘ra xususiy va qarz mablag‘larga bo‘linadi. Xususiy aylanma mablag‘lar doimo korxona ixtiyorida bo‘lib, xususiy resurslar, foyda hisobiga shakllanadi (ish haqi bo‘yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki hamkorlar qarzlari, buyurtmachilar to‘lagan pullar). Qarzga olingan aylanma mablag‘lar doimo xarakatda bo‘lmaydi hamda korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi (bank kreditlari, kreditorlik qarzlari). Download 51.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling