3-mavzu. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish. Reja


Download 107.38 Kb.
bet17/22
Sana26.02.2023
Hajmi107.38 Kb.
#1232947
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
3 MAVZU KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH 1

UMUMIY QOIDALAR

Mazkur Nizom xo’jalik yurituvchi sub’yektlar-yuridik shaxslarning, shuningdek, yuridik shaxs bo’lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.


Nizom buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida xarajatlarni hisoblab chiqishda paydo bo’ladigan tafovutlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning raqobatbardoshliligini aniqlash maqsadida ular faoliyatining xarajatlarini hisoblab chiqish va moliyaviy natijalarini aniqlash buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi hisoblanadi.

O’zR VM 11.03.2009 y. 63-son Qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshining uchinchi jumlasi chiqarib tashlangan


Soliq solinadigan daromad (foyda) xo’jalik yurituvchi sub’yektlar xarajatlarining ayrim moddalarini soliq haqidagi qonunlarga muvofiq soliq solinadigan bazaga kiritish yo’li bilan aniqlanadi.


Nizomda xarajatlarni guruhlash va moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy qoidalari mavjuddir.


O’zR VM 11.03.2009 y. 63-son Qaroriga muvofiq to’rtinchi xatboshi chiqarib tashlangan


1-ilovada hisobot davridagi sof foydani hisoblab chiqishda korxona daromadlaridan chiqarib tashlanadigan, biroq soliq haqidagi qonunlarga muvofiq daromad (foyda)dan olinadigan soliqni hisoblab chiqishda xo’jalik yurituvchi sub’yektning soliq solinadigan bazasiga kiritiladigan xarajatlar moddalari keltirilgan.


O’zR VM 11.03.2009 y. 63-son Qaroriga muvofiq to’rtinchi xatboshi chiqarib tashlangan


2-ilovada ular paydo bo’lgan paytda soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanmaydigan, biroq keyingiyoki ancha keyingi davrlarda (vaqtdagi tafovut) chiqarib tashlanadigan xarajatlar ro’yxati beriladi.


Mazkur Nizom asosida ayrim tarmoqlar xarajatlari tarkibi va ularni hisobga olish xususiyatlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi bilan kelishilgan holda tegishli vazirliklar va idoralar, xo’jalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalari va boshqalar) tomonidan aniqlanadi. (O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi xatboshi)



Download 107.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling