B. XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTNING MOLIYA-
XO’JALIK FAOLIYATI BILAN BOG’LIQ
XARAJATLAR RO’YXATI
(O’zR VM 11.03.2009 y. 63-son Qarori tahriridagi bo’lim)
Mazkur Nizomga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar va davr xarajatlari ro’yxati:
- xo’jalik yurituvchi sub’yekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo’jalik yurituvchi sub’yektda paydo bo’ladigan barcha xarajatlar to’g’risida buxgalteriya hisobi schyotlarida to’liq va aniq axborot shakllantirilishi;
- soliq solinadigan bazani to’g’ri aniqlash maqsadida belgilanadi.
Mazkur Nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
- mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatlariga ega bo’lgan ustama xarajatlar;
- ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
- xo’jalik yurituvchi sub’yektning umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo’jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlari:
a) foizlar bo’yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo’yicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar;
Favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to’langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
1. MAHSULOT (ISHLAR, XIZMATLAR)NING ISHLAB
Do'stlaringiz bilan baham: |